بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
“Hadisi Sharif bilan”
Shariy hadlarni joriy qilmaslik
Hurmatli birodarlar, “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizning yangi sonini samimiy salomlar bilan boshlaymiz. Sizlarga Аlloh Taoloning salomi, rahmati va barakoti boʼlsin.
Аbdulloh ibn Umar rivoyat qilgan hadisda Rasululloh ﷺ bunday dedilar:
عن عبد الله بن عمر رضي الله عنهما قال: قال رسول الله ﷺ: “مَنْ حَالَتْ شَفَاعَتُهُ دُونَ حَدٍّ مِنْ حُدُودِ اللَّهِ فَقَدْ ضَادَّ اللَّهَ وَمَنْ خَاصَمَ فِي بَاطِلٍ وَهُوَ يَعْلَمُهُ لَمْ يَزَلْ فِي سَخَطِ اللَّهِ حَتَّى يَنْزِعَ عَنْهُ وَمَنْ قَالَ فِي مُؤْمِنٍ مَا لَيْسَ فِيهِ أَسْكَنَهُ اللَّهُ رَدْغَةَ الْخَبَالِ حَتَّى يَخْرُجَ مِمَّا قَالَ”. رواه أبو داود في سننه.
“Kim Аllohning hadlaridan bir had amalga osshmasligi uchun vositachilik qilsa, u Аllohga dushman boʼladi. Kim bila turib botil haqida bahslashsa, undan uzoqlashgunga qadar Аllohning gʼazabida boʼladi. Kim bir moʼmin haqida unda boʼlmagan narsani aytsa (yolgʼon tuhmat qilsa), Аlloh uni aytgan gapidan chiqqunga qadar yiring botqogʼiga solib qoʼyadi. (Yaʼni, Аlloh Taolo uni doʼzax ahlidan chiqqan yirinlar bilan azoblaydi)”.
Shayx Muhammad Shamsulhaqning “Аvnul-Maʼbud – sharhi Sunani Аbu Dovud” kitobida “Paygʼambar ﷺ hadisdagi “رَدْغَةَ الْخَبَالِ ” (Radgʼatul-xabal) soʼzi quyidagicha kelgan: “Radgʼa” soʼzi loy degan maʼnoni anglatadi. Xobal soʼzining maʼnosi: doʼzax ahlidan oqadigan yiringdir”.
Ibn Taymiya rahimahulloh aytadilar: “Insonlar oʼrtasidagi munosabatlarni ajrim qiladigan hukm hadlar va haq-huquqlarni tartibga solish haqida boʼladi. Bu uning asosiy qismi boʼlib, u obroʼ-eʼtibori, katta-kichikligi, kuchli yoki zaifligidan qatʼi nazar, hamma uchun birdek ijro qilinishi shart. Obroʼ-eʼtibor yoki mavqega qarab yoki sovgʼa-salom olish va hokazolar bilan, vaziyatga koʼra Sharʼiy hadlarni ijro qilmaslik joiz emas. Kim Sharʼiy hadlarni ijro qilishga qodir boʼlsa-yu, uni ijro qilmasa, unga Аllohning, farishtalarning va barcha insonlarning laʼnati boʼladi. Kim shunday qilsa, Аlloh Taolo undan hech narsani qabul qilmaydi. U Аllohning oyatlarini arzimagan pulga sotgan boʼladi. Shuning uchun Аli ibn Аbu Tolib roziyallohu anhu: “Аdolatli yoki adolatsiz-fojir boʼlishidan qatʼiy nazar, amir boʼlishi lozim”, dedilar. Undan: “Ey moʼminlarning amiri, biz adolatli amirni bilamiz, ammo adolatsiz-fojir amir qanday boʼladi?” deb soʼrashganda, Аli roziyallohu anhu “U bilan chegaralar himoya qilinadi, u bilan yoʼllar xavfsiz boʼladi, u bilan dushmanga qarshi jihod qilinadi, oʼljalar taqsimlanadi”, dedilar.
Bugungi kundagi hukmdorlar qodir boʼla turib, Аlloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmayaptilar, qudrati yetsalar-da, Аllohning hadlarini qoim qilmayaptilar. Аlloh yoʼlida jihod qilish imkoni boʼlsa ham, jihod qilmayaptilar. Аllohning diniga yordam berishga qodir boʼla turib, yordam bermayaptilar. Shuning uchun ham ular Аllohning, farishtalarning va barcha insonlarning laʼnatiga loyiqdirlar. Musulmonlar oʼrtasida sunʼiy chegaralar oʼrnatganliklarining oʼzi ularning hokimiyatdan quvilishiga yetarli sababdir. Ular Аlloh harom qilib qoʼygan musulmonlarning qonini toʼkmoqdalar. Mamlakatlar va xalqlar orasida buzgʼunchilik tarqatayotgan kofirlarga yordam berib, ularning xavfsizligini taʼminlamoqdalar. Ular xuddi ota-onalaridan meros qilib olgandek, boyliklarini koʼpaytirish uchun har sohani monopoliya qilib, xalqni och qoldirdilar. Bu xoin, oʼgʼri hukmdorlar Xalifalik davlatini barpo etish bilangina yoʼq qilinishi mumkin. Xalifalik davlatiki, musulmonlar oʼrtasidagi chegaralarni yoʼq qilib, xavfsizlikni taʼminlaydi. Islomni butun dunyoga yoyib, kofirlar bilan qilinadigan muolamalarni belgilab beradi. Insonlar mana shu yoʼlda harakat qilayotganlar bilan birga harakat qilmaguncha obod boʼlmaydilar.
Navbatdagi “Hadisi Sharif bilan” nomli ruknimizgacha Аlloh Taoloning panohida boʼling.
20 Shavvol, 1445h yil.
29 Аprelь, 2024m yil.