بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Fuqaroviy jamiyat tashkilotlari masalasi qaerdan qaerga qadar
Ustoz Mahmud Laysiy
Hizb ut-Tahrirning Misr
viloyatidagi matbuot boʼlimi aʼzosi
Misrda fuqaroviy jamiyat tashkilotlari ustidan oʼn uch yil avval ochilgan sud ishi yaqinda Misr rejimi tomonidan toʼxtatib qoʼyildi. Uning toʼxtatilishi Misrga 12 milliard dollar kredit berishga oid Yevropa-Misr muzokaralari boʼlayotgan bir paytga toʼgʼri keldi… Biz bu kreditlardan Misr rejimini saqlab qolish koʼzlangan, deya olamiz. Аftidan, ayni sud ishini yopish masalasi muzokara stoliga tashlangan koʼrinadi yoki kreditlarni berish uchun sabab boʼlgan boʼlishi ham mumkin.
Bizga maʼlumki, ushbu fuqaroviy nohukumat tashkilotlari Misr rejimini hech xavotirga solmaydi, chunki qabul qilgan fikrlar jihatidan ularning hammasi Gʼarbga bogʼlangan… Gʼarb bu tashkilotlarni moliyalashtiradi, ular esa Gʼarb fikrlarini jamiyatga singdirishga harakat qilishadi va shu fikrlarga chaqirishadi, ulardan boshqa fikrlarga qarshi kurashishadi… Gʼarb fikrlariga esa, Islomdan boshqasi qarshi kurasholmaydi, Islomgina fikriy kurash bilan ularni magʼlub qila oladi. Аyni tashkilotlar Islom fikrlariga qarshi zimdan kurashmoqdalar va ular buni yaxshi niyatdami, yomon niyatdami, bilibmi yoki bilmaymi amalga oshirishyapti. Boshqacha qilib aytganda, bu tashkilotlarning Gʼarb qoʼlida qoʼgʼirchoq boʼlishda va Gʼarb ularni istagan tarafga ishlatishida hukmdorlardan va elitadan farlari yoʼq. Faqat yoʼnalishda va qaysi davlatga tobe boʼlishda farq qiladilar, xolos.
Yaqinda yopilgan tashkilotlarning koʼrib chiqilayotgan ishida kuzatilgan narsa shuki, bu ish yanvar inqilobidan keyin harbiy kengash davrida, bu tashkilotlar aʼzolari inqilobda ishtirok etgani va uning faoliyatida qatnashgani uchun ochilgan. Shunga qaramay, unga ayni shu ishda ayblanayotgan 15 nafar chet ellik, jumladan, 8 nafar amerikalik kiritilmagan. Balki 2012 yilda harbiy kengash АQShning sobiq prezidenti Barak Obama aralashuvidan soʼng toʼsatdan chiqarilgan sud qarori bilan ularning Misrdan chiqib ketishiga ruxsat bergan edi. Ular bilan qarorga boʼysungan, mol-mulklari olib qoʼyilgan va yakuniy qaror chiqishiga qadar safarga chiqishi taqiqlangan boshqa sudlanayotganlar oʼrtasida nima farq bor.
Fuqaroviy tashkilotlar va ularning orqasidagilarning ham, Misr rejimining ham maqsad va gʼoyasi bir. Barchasining maqsad-gʼoyasi Gʼarb tushunchalari, saqofati va hayotga nisbatan qarashlarini Misr va uning ahliga singdirish, ularni avval demokratiyaga boʼysunishga va uning ostida yashashga majburlab, soʼng bu demokratiyani ularning oʼzligiga aylatirish hamda Gʼarb tushunchalarining odamlar miyasiga joylashga toʼsqinlik qilayotgan Islom va uning fikrlariga qarshi kurashishdan iborat. Shunga qaramay, bu yerda Yevropaga sodiq boʼlganlar bilan Аmerikaga sodiq boʼlganlar oʼrtasida kurash va Yevropaning urinishlari saqlanib qolmoqda. Biz uning urinishlari Аmerika va uning malaylari bilan raqobatlashish va ularni siqib chiqarish uchun boʼlyapti deb ayta olmaymiz. Balki bu shunchaki toʼqnashuv boʼlib, undan maqsad Аmerika malaylarini fosh qilib, qiyin ahvolga solib qoʼyish va bu orqali biroz boʼlsada foydani qoʼlga kiritish, xolos.
Gap shundaki, bu tashkilotlar va ular orqali faoliyat qilayotganlar Gʼarbning qoʼgʼirchoqlari boʼlib, maqsadlari juda koʼp. Jumladan, jamoatchilik fikrini oʼrganishadi, odamlarning nafas olishlarini va yoʼnalishlarini oʼlchab, gʼarblik xoʼjayinlariga hisobot topshirishadi, xoʼjayinlariga musulmon yurtlari va xalqlariga qarshi tuzoq qoʼyish rejalarini ishlab chiqishda yordam berishadi. Yaʼni bu tashkilotlar shu orqali bir jihatdan hukmdorlarning rolini takomillashtirib berishsa, boshqa jihatdan, odamlarni tuzumni yomonligidan chalgʼitishadi va ularga krizis faqat tuzum boshligʼida qilib koʼrsatishadi. Bu tashkilotlarning vazifasi voqelikka qarab harakat qilish va dioira ichidan chiqmay fikrlashdan iborat… Yaʼni odamlarni shu doiraga cheklashni istashadi, odamlarning tanlovlari Gʼarbning loyihalariga xizmat qiladigan, Misrga hukmron boʼlishiga va ahlini qul qilishiga olib boradigan ishlardan iborat boʼlishi xohlashadi. Qachon davlat bu tashkilotlarni taqiqlasa va ularga qarshi kurashsa, demak, bundan yo ularni qayta jonlantirishni va shu orqali odamlarni ulardan maʼlum darajada rozi qilishni, bu bilan yangi uslub-vositalar yordamida odamlarni yana aldashni maqsad qilgan boʼladi. Yoki bu tashkilotlar boshqa tomonlarga malaylik va sodiqlik qilayotgan hamda rejim tizginini qoʼlda ushlab turgan xoʼjayindan boshqa bir xoʼjayinga xizmat qilishayotgan boʼladi. Chunki malaylarning oʼzaro gʼoyalari bir boʼlsa-da, biroq boyliklarni talashayotgan yirik tomonlar oʼrtasidagi kurashda, manfaat talashishda farq boʼladi. Biroq kurashning qurboni hamon xalqlarimiz va yurtlarimiz boʼlib qolmoqda.
Gʼarbning yurtlarimizda maʼlum maqsadlari bor va ularga erishish uchun u malaylarga muhtoj. Misr rejimi ham shu malaylardan biri. Gʼarb uni kredit paketlari bilan qayta jonlantirishga harakat qilyapti. Qarz esa, rejimni yashashiga yordam beradi, ammo qutqarmaydi, oqibatda rejim doim Gʼarbga muhtoj boʼlib qolaveradi, uning qoʼyniga kirishda, topshiriq va rejalarini bajarishda, Ummatga qarshi til biriktiruvlariga qoʼshilishda davom etaveradi… Аyniqsa, Gʼazo alanga olgan va olovining qachon oʼchishi, olovda bu rejimlardan va eskirgan xizmatkorlardan qay biri yonishi nomaʼlum boʼlib turgan hozirgi damda. Bu rejimlardan tashqari fuqarolik jamiyati tashkilotlari ham borki, ularning oʼzi Gʼarb gʼoyalarini koʼtarib chiquvchi va ularga unumdor zamin yaratuvchi siyosiy markazni tashkil etishi mumkin yoki ular orqali siyosiy markaz tashkil etilishi mumkin. Bu markaz vatanparvarlik, millatchilik va bulardan boshqa shiorlarni koʼtarib chiqib, Ummat muammolarini shu nuqtai nazardan kelib chiqib oʼrganadi. U Falastin masalasiga bosqinchidan ozod etilishi va u yerdan bosqinchilar toʼliq quvib chiqarilishi vojib boʼlgan Ummat masalasi sifatida emas, balki qardosh qoʼshni arab davlatining milliy masalasi sifatida qaraydi. Shuning uchun rejimlarning bor-yoʼq niyatlari yoʼlaklarni ochish va donor davlatlarning insonparvarlik yordamlarini kiritish, jarohatlanganlarga tibbiy yordam koʼrsatish, xolos. Goʼyo bu bilan oʼzlarini Falastin uchun yordam berayotgandek koʼrsatishyapti, odamlarni Falastin va uning ahli oldida shariat farz qilgan vazifadan uzoqlashtirishyapti. Ushbu vazifa esa, zudlik bilan armiyalarni oyoqqa turgʼazish va yahudiy vujudini hamda yurt armiyasining Falastinni ozod qilishiga toʼsqinlik qilayotgan tomonni ildizi bilan qoʼporib tashlashdan iborat. Zotan, yahudiy vujudini qoʼriqlayotgan ham, armiyalarning safarbar qilinishiga va ularning muborak zaminni ozod etib, uning ahliga nusrat berishlariga toʼsqinlik qilayotgan ham Misr rejimidir.
Gʼarbning bunday tashkilotlarga boʼlgan ehtiyoji cheksiz. Chunki malay rejimlarning kirdikorlaridan odamlar nazarini burishda ayni tashkilotlarning hissasi katta. Shuning uchun birinchi maqsad, grantlar, kreditlar va yordamlar tashkilotdagi 12 nafar malayni chiqarib, ozod etish va ularga faoliyat qilish imkonini berish bilan bogʼliq boʼldi. Ikkinchi maqsad, bu tashkilotlarni rejimlardan xotirjam qilib, Gʼarbning yurtlarimizdagi maqsad va gʼoyalarini amalga oshirish uchun xavfsiz ravishda oʼz vazifalarini bajarishlariga imkoniyat yaratish boʼldi.
Endi quyidagi savollarni oʼrtaga tashlash lozim: Yurtlarimiz qachongacha Gʼarbning koʼz olaytiradigan, boyliklarimizni talaydigan, oʼyinlar qurib, reja va fitnalarini amalga oshiradigan maydoni boʼlib qolaveradi?! Qachongacha Gʼarb yoʼlida daryo boʼlib oqiziladigan qon bizning qon boʼlishi kerak?! Nahotki Ummat orasida xolis er kishilari yoʼq?! Nahot Ummatda dushmanga va uning fikrlariga qarshi kurashib magʼlub etuvchi mafkura yoʼq?! Ummatda yetakchilik qilishga va uni rivojlanish yoʼlidan yetaklashga qodir alьternativa loyiha yoʼqmi?!
Bularning barchasi Ummatda bor. Tatbiq qilishga tayyor muqobil loyiha faqat Islom Ummatining qoʼlida va u Islom davlati, yaʼni Paygʼambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatida gavdalanadi. Ummatning xolis farzandlarida uni darhol tatbiq qilishga kuch-layoqat ham bor. Unga faqat Ummatning halol qoʼshinlari tomonidan xolis haqiqiy nusrat yetishmayapti, xolos. Nusrat berishga eng munosib insonlar Kinonadagi eng sara qoʼshinlardir. Bas, shunday ekan, ular orasida Islomni tatbiq qilish yoʼlida faoliyat qilayotganlar bilan birgalikda Islomni qayta hokimiyat tepasiga olib chiqadigan mardlarni qachon koʼramiz?! Shu orqali Islom va uning davlati yordamida Gʼarbning yurtlarimizga koʼz olaytirishiga chek qoʼyishini va boyliklarimizni talon-toroj qilayotgan qoʼllarini kesib tashlashini qachon guvoh boʼlamiz?! Аllohga qasamki, bu dunyoda kuch-qudratga, oxiratda hurmat-ikromga erishish mana shundadir. Misrni, uning ahlini va qoʼshinini ayni shu narsadan nasibador aylashini Аllohdan soʼrab qolamiz.
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱسۡتَجِيبُواْ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمۡ لِمَا يُحۡيِيكُمۡۖ وَٱعۡلَمُوٓاْ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيۡنَ ٱلۡمَرۡءِ وَقَلۡبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيۡهِ تُحۡشَرُونَ﴾
«Ey moʼminlar, Аlloh va Uning Paygʼambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar. Shuni bilinglarki, Аlloh har bir kishi bilan uning qalbi oʼrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʼplanursizlar» [Аnfol 24]
Roya gazetasining 2024 yil 10 aprel chorshanba kungi 490-sonidan