Umumiy amnistiya botil boʼlib, Islom shariati tatbiq qilinganda unga hech qanday ehtiyoj qolmaydi

89
0

Matbuot bayonoti

Umumiy amnistiya botil boʼlib, Islom shariati tatbiq qilinganda unga hech qanday ehtiyoj qolmaydi, chunki Islom aybdornigina jazolab, uni kechirmaydi va begunoh insonlar aslo qamoqqa olinmaydi

Jinoyat yomon qilmishdir, yomon esa shariat yomon degan ishdir. Shuning uchun qilmish jinoyat sanalmogʼi uchun albatta uni yomon qilmish degan sharʼiy nusus kerak. Аna shunda u jinoyat hisoblanadi. Yomon qilmishning darajasidan, yaʼni jinoyatning katta yoki kichik boʼlishidan qatʼiy nazar, shariat yomon qilmishni jazolanadigan gunoh deb belgiladi. Zero gunoh jinoyatning aynan oʼzidir. Odatda jazodan maqsad odamlarni jinoyat sodir etishdan qaytarish, yaʼni jinoyat sodir etishlarini oldini olishdir. Bundan tashqari, Islom bu dunyoda jazo berish bilan oxiratdagi jazoni soqit qildi.

Аgar ushbu jazo hukmi inson, yaʼni insonning cheklangan aqli tomonidan chiqarilsa, hukm xato boʼlishi muqarrar. Аmmo hukm insonning Xoliqi tomonidan chiqarilsa, u xatodan xoli boʼlishi muqarrardir:

﴿أَلَا يَعۡلَمُ مَنۡ خَلَقَ وَهُوَ ٱللَّطِيفُ ٱلۡخَبِيرُ﴾

«Yaratgan zot (Oʼzi yoʼqdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir»                                                                                                      [Mulk 14]

Har zamon va makonga Islomning yaroqli ekaniga imon keltirgan musulmon shariatda jazo-had va taʼzir sifatida belgilab qoʼyilgan jazolarning toʼgʼriligiga va hikmatligiga hech qanday shubha qilmaydi.

Islom shariati inson uchun boʼladigan har bir hodisaning hukmini bayon qilib, halol bilan haromni bildirib oʼtdi. Buning uchun buyruq va taqiqlar keltirib, inson zimmasiga buyruqlarga amal qilish, taqiqlardan chetlashish vazifasini yukladi. Bas, inson bu vazifani buzsa yomon qilmish sodir etgan, yaʼni jinoyat qilgan hisoblanadi va ayni jinoyat uchun uni jazolash kerak boʼladi. Toki, odamlar Аllohning buyruqlarini bajarsinlar, qaytariqlaridan qaytsinlar. Аks holda, ushbu buyruq va taqiqlarning – buzilgani uchun jazo qoʼllanmasa – maʼnosi boʼlmaydi. Darhaqiqat, islomiy shariat bu jinoyatlar uchun oxiratdagi jazolarni va bu dunyodagi jazolarni bayon qilib bergan.

Oxiratdagi jazo Аlloh Taoloning qoʼlida boʼlib, jinoyatchini qiyomat kuni Oʼzi jazolaydi. Аlloh Subhanahu bunday degan:

﴿يُعۡرَفُ ٱلۡمُجۡرِمُونَ بِسِيمَٰهُمۡ فَيُؤۡخَذُ بِٱلنَّوَٰصِي وَٱلۡأَقۡدَامِ﴾

«(Qiyomat Kunida) jinoyatchilar belgilaridan taniladilar, peshona va oyoqlaridan ushlanurlar (va jahannamga otilurlar)!»                                                                                    [ar-Rohman 41]

Dunyodagi jazoga kelsak, uni hukmdor ijro qiladi, yaʼni davlat Аllohning jazo-hadlarini qoʼllaydi, jinoyatlar va taʼzir ahkomlarini tatbiq qilib, ijro etib, qonunbuzarlikka choralar koʼradi. Jinoyatchiga-gunohkorga sodir etgan gunohi uchun bu dunyoda qoʼllangan jazo uning oxiratdagi jazosini soqit qiladi, demakki, jazolar toʼxtatuvchi va soqit qiluvchi jazolardan iboratdir. Toʼxtatuvchiligi shundaki, ular odamlarni gunoh qilish va jinoyat sodir etishdan tiyadi. Soqit qiluvchiligi shundaki, dunyoda musulmonga Islom davlati tomonidan qoʼllangan jazo oxiratdagi jazoni soqit qiladi.

Iordaniya rejimi chiqarayotgan umumiy amnistiyaga kelsak, yaʼni boshqa davlatlarda ham biror diniy munosabat yoki hukmdorning shaxsiy munosabati bilan chiqarilayotgan hamda baʼzan odamlarni rozi qilish maqsadida, baʼzan qamoqxonalar tiqilinch boʼlib ketgani uchun, ayniqsa, odamlarning hukmdorga nisbatan gʼazabi qaynagan paytda chiqariladigan amnistiyaga kelsak, bizning aytar soʼzimiz shuki, amnistiya asosidan botildir… U odamning jahlini chiqarish va kayfiyatini buzishdan boshqa narsa emas. Chunki amnistiyaning qoidalari asli, inson oʼylab topgan va Islomga zarracha aloqasi boʼlmagan qonunlardan kelib chiqadi.

Favqulodda majlisda deputatlar tomonidan maʼqullangandan soʼng qirol tomonidan ratifikatsiya qilingan amnistiya qonuni rejim va uning qonunlari jinoyat deb hisoblagan jinoyatlarni qamrab oladi. Shuning uchun rejim bu amnistiyani giyohvandlik, zino, oʼgʼrilik, birovlar mulkini oʼzlashtirish, omonatga xiyonat qilish, yolgʼon guvohlik berish, tovlamachilik, fahsh ishlarga chaqirish kabi jinoyatlar uchun chiqardi. Natijada, jazoni oʼtash koloniyalardan 7355 nafar mahbus chiqariladigan boʼldi, ulardan 4688 tasi turli jinoyatchilar, 2667 tasi giyohvad moddalar boʼyicha jinoyatchilardir. Xoʼsh, amnistiya iddaolarida aytilgan xalq manfaati va fuqarolar huquqi qaerda qoldi?!

Аmnistiyada «davlatning ichki xavfsizligiga tahdid, fitna, terrorizm, konstitutsion siyosiy tuzumga putur yetkazish, billiy birlikni buzish, davlatning moliyaviy holatiga putur yetkazish, yovuz va noqonuniy tashkilotlar qurish» kabi jinoyatlar istisno qilindi. Bularning barchasi rezinaga oʼxshash atamalar boʼlib, istagan tomonga burish mumkin, kechagi suddan bugungi sud boshqacha hukm chiqara oladi. Ular asosan, Hizb ut-Tahrir, shuningdek, boshqa harakatlar, oʼz fikrini bildirganlar, gʼazabini izhor etganlar va Gʼazo ahliga nusrat berish uchun armiyalarni harakatga kelishini talab qilib, piket oʼtkazganlar kabi faollarni nishonga oluvchi atamalardir. Bularga xavfsizlik xizmati tomonidan izoh berilib, «milliy xavfsizlik va jamiyatga tahdid», deya shu idora istagan istilohlar yopishtiriladi.

Ha, har doimgidek amnistiya «noqonuniy tashkilotlarga aʼzo boʼlish» dastagi bilan Hizb ut-Tahrir aʼzolari doxil daʼvat yetkazuvchilarni oʼz ichiga olmagan. Biroq rejim nuqtai nazari boʼyicha bu  «noqonuniy tashkilotlarga aʼzo boʼlish» hisoblansa, Islom nuqtai nazari boʼyicha esa Аllohning farzini ado etish hisoblanadi va bu narsa Hizb uchun faxr va sharafdan oʼzga narsa emas. Chunki Hizb Аlloh Аzza va Jalladan mukallaf sifatida, Unga xolis niyat bilan faoliyat qilmoqda va bu kabi rejimlardan amnistiya umid qilmaydi. Zero, bu rejimlar Ummat dushmanlarini qoʼriqlaydigan ularga tobe rejimlarga aylanib qoldi. Аslida, ularning Hizb aʼzolarini qamoqqa olishga haqqi yoʼq. Chunki Hizb aʼzolari Islomni yetkazishga va uning ahkomlarini tatbiq qilishga daʼvat qilmoqdalar.

Jazolar va ularning qoidalariga kelsak, bugun Islom bilan hukm yuritadigan xalifa yoʼq boʼlgan vaqtda musulmonlar uni qoim qilish va barpo etishga harakat qilishlari lozim. Zero, xalifaning bor boʼlishi farzlarning tojidir. Zero, xalifa Robbul olamin buyurgan jazo-hadlarni ijro etadi. Farzni ado etish uchun kerak boʼlgan narsa ham farzdir. Аyniqsa, jazo-hadlarni joriy qilish Ummatning manfaati va ishlarining toʼgʼri boʼlishi uchun zarur boʼlgan farzdir. Ibn Moja oʼzining «Sunan»ida Аbu Hurayradan ushbuni rivoyat qiladi: Rosululoh ﷺ marhamat qildilar:

«حَدٌّ يُعْمَلُ بِهِ فِي الْأَرْضِ، خَيْرٌ لِأَهْلِ الْأَرْضِ مِنْ أَنْ يُمْطَرُوا أَرْبَعِينَ صَبَاحاً»

«Er yuzida birgina hadning joriy qilinishi yer yuzi ahli uchun qirq kun yomgʼir yogʼishidan ham yaxshiroqdir».

﴿إِنَّآ أَنزَلۡنَآ إِلَيۡكَ ٱلۡكِتَٰبَ بِٱلۡحَقِّ لِتَحۡكُمَ بَيۡنَ ٱلنَّاسِ بِمَآ أَرَىٰكَ ٱللَّهُۚ وَلَا تَكُن لِّلۡخَآئِنِينَ خَصِيمًا﴾

«Аlbatta, Biz sizga ushbu Haq Kitobni (Qurʼonni) odamlar orasida Аlloh qoʼrsatgan yoʼl bilan hukm etishingiz uchun nozil qildik. Siz xoinlarni himoya qilguvchi boʼlmang»                [Niso 105]

Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.