Masxara qilish va fiat pul tizimida qolish oʼrniga oltin va kumush tizimiga oʼtishingiz kerak emasmi?!

116
0

Matbuot bayonoti

Masxara qilish va fiat pul tizimida qolish oʼrniga oltin va kumush tizimiga oʼtishingiz kerak emasmi?!

Hijriy 1445 yil 20 ramazon, milodiy 2024 yil 30 mart shanba kuni Sanʼodagi markaziy bank direktori Hoshim Ismoil matbuot anjumani oʼtkazib, unda qadrsizlangan 100 riyal oʼrniga yangi 100lik tanga chiqarilganini eʼlon qildi. Yangi tanganing hijriy 1445 yil 21 ramazon yakshanba kundan kuchga kirishini, uni odamlar qoʼlidagi eski valyuta oʼrniga ayirboshlash uchun markazlar ochilganini bildirdi. Bank direktori yangi pul birligi shariat asosida emas, eng yuqori xalqaro standartlar asosida chiqarilganini eʼtirof etdi. Zero, ikkalasi oʼrtasida katta farq mavjud!

Shu tariqa, Husiylar juda koʼp muammolar keltirib chiqargan va oʼzlari oʼzgartirdik deb daʼvo qilishgan kapitalistik valyuta tizimini tatbiq qilib, oltin va kumushga aloqasi boʼlmagan va ularning oʼrnini bosmagan fiat pul (oltin va boshqa qimmatbaho metallar bilan taʼminlanmagan qogʼoz pul) tizimiga amal qilishda davom etishyapti. Fiat pullari ularni bosib chiqargan bank tomonidan belgilangan nominal qiymatga ega valyuta boʼlib, u bilan muomala qilishni odamlarga oʼtkazish uchun qonun chiqariladi. Uning qonun kuchidan boshqa hech qanday qiymati mavjud emas. Xarid qobiliyati doimiy ravishda pasaygani bois fiat pullari odamlarning pullarini yemirib boraveradi. Аytaylik, bir kishi 10 dinor oltinni, ikkinchi kishi uning qiymatiga teng qogʼoz pulni bir yerga qoʼyib ketsa, soʼng yigirma yildan keyin qaytib kelishsa nimani topadilar? Shubhasiz, dinor oʼz qiymatini saqlab turgan boʼladi, qogʼoz pul esa qiymatini keskin ravishda yoʼqotgan boʼladi.

Nega Husiylar oltin va kumush pul tizimiga oʼtishmayapti hamda odamlar xohlagan vaqtda bankdan oltin va kumushga almashtira oladigan oltin va kumushning oʼrnini bosadigan banknotlarni bosib chiqarishmayapti?!

Pul deganda odamlarning tovarlar, mehnat va xizmatlar narxini aniqlashda kelishilgan narsasi hamda barcha tovarlar, mehnat va xizmatlar oʼlchanadigan narsa tushuniladi. Pul ayirboshlash vositasi boʼlib, Islom uni oltin va kumush bilan belgiladi. Zakot nisobini ham oltin va kumushga asosladi, bu ikkisini xazina qilib toʼplashni harom qildi. Diya ahkomlari va oʼgʼrining qoʼlini kesish ahkomlarini shu ikkisiga bogʼladi. Oltin dinor 4,25 grammga, kumush dirham esa 2,975 grammga teng. Islom qimmatbaho qogʼozlarni, aktsiyalarni va shunga oʼxshashlarni pul deb hisoblamaydi. Pulning ikki turi mavjud: metall va qogʼoz. Qogʼoz pullar orasida oltin yoki kumushning oʼrnini bosadigan qogʼoz pullar boʼladi. Yana bir turi toʼliq yoki qisman oltin yoki kumushga asoslangan boʼladi. Boshqa bir turi esa, umuman oltin va kumushga asoslanmagan boʼladi. Pul tizimi oʼz nomini ishlatiladigan asosiy valyutadan oladi. Аgar asosiy valyuta oltin boʼlsa, u oltin tizim yoki oltin standart, deb ataladi. Аgar asosiy valyuta qiymati barqaror ravishda oltin yoki kumushga bogʼlanmagan boʼlsa, bu tizim fiat pul tizimi deb ataladi. Zero, hozirgi kundagi mavjud davlatlardagi pul tizimi fiat pul tizimidir.

Pul muomalasida oltin va kumush standartiga qaytilsa, bu uning bugungi kundagi eng kuchli valyutalar ham yoʼliqayotgan tebranishlarga duchor boʼlishining oldini oladi. Zotan mollari havoga sovurilgan insonlar yana barqarorlikka qaytishlari uchun oltin va kumush pul tizimiga qaytish zarur. Valyuta devalvatsiyasining eng yomon oqibatlaridan biri inflyatsiyadir. Inflyatsiya natijasida valyuta oʼz qiymatini yoʼqotadi va uning xarid qobiliyati zaiflashadi. Oʼz navbatida, bundan narx-navoning oshishi, savdo-sotiqning kasodga uchrashi va umumiy oʼsishning sekinlashishi kelib chiqadi. Qolaversa, bu narsa sharʼiy ahkomlarga ham zid keladi. Bu muammolar, aslida, iqtisodiyotga halokat boʼlib, davlatlar iqtisodini holdan toydirmoqda, boyliklarini vayron etmoqda hamda ularning istagini boshqa davlatlarga garov qilib qoʼymoqda, ayniqsa agar ular kichik va zaif davlatlar boʼlsa. Oltin standartiga qaytish uchun oltin standartdan voz kechishga olib kelgan sabablarni yoʼq qilish kerak. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir ayni muammolarni hal qilish uchun amaliy manhajni qabul qilgan. Bu manhaj Аllohning izni ila yaqinda barpo boʼlajak Xalifalik davlatida tatbiq qilinadi. Hizb, shuningdek, «Xalifalalik davlatida mollar» kitobida moliyaviy masalalarni bayon qilib oʼtgan.

Kapitalistik iqtisod nizomi, shu jumladan fiat pul tizimi butun dunyo uchun falokatdir… Kapitalistik tuzumdan kelib chiqqan hamma narsa odamlarni tegirmon kabi yanchib kelmoqda. U butun dunyoni krizislar domiga tortdi. 2008 yil krizisi ana shu krizislarning navbatdagisi boʼlgan. Musulmonlarning Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi oʼzlarining nizomlariga qaytish vaqti keldi. Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:

«ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ»

«Keyin Paygʼambarlik minhoji asosida Xalifalik boʼladi». (Imom Аhmad rivoyati).

Hizb ut-Tahrirning Yaman

viloyatidagi matbuot boʼlimi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.