Qirgʼizistonda Qizil-Ompol masalasi yana dolzarb mavzuga aylandi

239
0

Qirgʼizistonda Qizil-Ompol masalasi yana dolzarb mavzuga aylandi

  Prezident Sadir Japarovning Issiqkoʼl viloyati Tong tumanidagi “Qizil-Ompol” koni boʼyicha mahalliy aholi bilan uchrashuvidan soʼng mamlakatda konni ishga tushirish yoki tushirmaslik masalasi qizgʼin muhokama qilinmoqda. Muxolifat mazkur konning ishga tushirmaslik masalasini koʼtarib, jamoatchilik fikrini shakllantirishga harakat qilmoqda. Hukumat esa konni davlat oʼzi boshqarishini, daʼvo qilib, qonunni oʼzgartirishga harakat qilmoqda. Bu masalaning xalqaro siyosatga bogʼliq jihati ham yoʼq emas albatta. Quyida mana shu holatlar va qazilma boyliklarga nisbatan Islomning pozitsiyasiga toʼxtalib oʼtamiz.

Qizil-Ompol koni

Tong tumanidagi Qizil-Ompol koni 1951 yilda ochilgan. Mintaqada beshta asosiy kon qazib olinadigan hudud mavjud boʼlib, ularning asosiy qismi Tosh-Buloq hududida joylashgan. 2019 yilda “YurАzia” kompaniyasi mazkur hududda qidiruv ishlarini boshlagan. SSSR davrida olib borilgan qidiruv ishlari davomida unda 13 ming tonna uran borligi tasdiqlangan. Bu yerda uran boʼyicha yuqoridagi koʼrsatkichning atigi 3080 tonnasi oʼrganib chiqilgan. Biroq, yangi tadqiqotlar natijasida Tosh-Buloq hududining oʼzida 3519 tonna uran zaxirasi borligi aniqlangan. Uran va uning birikmalari asosan atom elektr stantsiyalarida reaktor yoqilgʼisi sifatida hamda yadroviy qurol va bombalar ishlab chiqarishda portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Uning narxi bundan 5-10 yil avval bir kilogrammi 300 dollarga yetgan boʼlsa, hozir 100 dollar atrofida baholanmoqda. Ukraina va boshqa bir qancha mintaqalarda urush avj olgani sababli uranning narxi koʼtarilishi kutilmoqda.

Qizil-Ompolda toriyning taxminiy zaxirasi 29 ming 252 tonnani tashkil etadi. Shundan 6880 tonnasi hozirda qazib olinishi mumkin boʼlgan zaxiralardir. Uning 3390 tonnasi Tosh-Buloq hududiga toʼgʼri keladi. Boshqa maʼlumotlarga koʼra, Tosh-Buloqning oʼzida 8499 tonna zahira bor. Toriy ham uran kabi radioaktiv modda boʼlib, oʼzining yuqori energiya quvvati tufayli atom energiyasining kelajagi hisoblanadi. Аniqroq aytganda, bu moddaning bir tonnasi 200 tonna uran yoki uch million tonna koʼmirga teng energiya chiqaradi. Hozircha uning narxi, bir kilogrammi 100 dollar atrofida. Аtom energiyasidan tashqari u metallurgiya, samolyot va generator ishlab chiqarishda qoʼllaniladi. Uran bilan birga kosmik kemalar va suv osti kemalari uchun yoqilgʼi sifatida ham ishlatiladi.

Sirkoniy yoki sirkon oksidi (dioksid) Qizil-Ompolda 287 ming 636 tonna deb hisoblangan. Bundan 94 ming 441 tonnasi qazib olish mumkin boʼlgan zaxiradir. Uning 34 ming tonnasi Tosh-Buloqqa toʼgʼri keladi. Sirkoniy ham koʼpincha atom energetikasida uran va boshqa radioaktiv moddalarni ishlatish uchun qoʼllaniladi. U qurilish, tibbiyot va metallurgiyada keng foydalanib kelinadi. Uran va toriyga qaraganda radioaktivligi kamroq, ammo sirkoniy ham zaharlidir. Turiga qarab, kilogrammi 100 dollardan 500-600 dollargacha baholanadi.

Qizil-Ompolda jami yarim million tonna fosfor oksidi mavjud. Bundan 124 ming 645 tonnasi real zaxiradir. Uning atigi 10 ming tonnasi Tosh-Buloq hududida joylashgan. Fosfordan asosan mineral oʼgʼitlarni boyitishda foydalaniladi. Fosfor zaharli emas. Аmmo uran bilan birgalikda boyitilsa, bu ham radioaktiv xususiyatga ega boʼlib qoladi. Uning narxi moddadan nima tayyorlanishiga qarab turlicha baholanadi.

Ushbu hududdagi titan-magnetit miqdori esa 14 million tonnani tashkil qiladi. Bundan atigi 2,6 million tonnasi qazib olinishi mumkin boʼlgan zaxiradir. Uning 1,6 million tonnasi Tosh-Buloq hududida joylashgan. Titan moddasi avtomobillar, kemalar, samolyotlar va raketalar ishlab chiqarishda, kimyoviy qurilishda, konstruktiv materiallarda, ingotlarda, boʼyoq olishda, radioelektronikada va boshqa sohalarda qoʼllaniladi. Titanning narxi tozaligiga qarab bir kilogrammi 5-6 dollardan 20 dollargacha yetadi. Yuqoridagi konlarning foiz nisbatiga nazar tashlasak, rudaning 95 foizini titanomagnetit, 3 foizini fosfor, 2 foizini sirkoniy, 0,22 foizini toriy, 0,17 foizini uran tashkil etadi.

Demak, oʼz-oʼzidan maʼlumki, Qizil-Ompoldagi konlarning real foyda olish mumkin boʼlgan zahiralari juda kam. Yaʼni, Bosh vazir Аqilbek Japarovning 300 milliard dollargacha yetadigan yer osti boyliklari bor, deb ogʼiz koʼpirtirgan gaplari haqiqatga ziddir. Zero, ayrim chuqur konlarni qazib olish oʼz xarajatini oqlamasligi aniq.

Siyosiy jihat

Maʼlumki, Qizil-Ompol boʼyicha bahslar 2019 yilda kuchaydi. Oʼsha yilda Putin boshchiligidagi rus delegatsiyasi davlat tashrifi bilan Qirgʼizistonga kelgan edi. Tashrif chogʼida koʼplab ochiq va maxfiy kelishuvlar amalga oshirildi. Natijada, iqtisodiy jihatdan barcha mineral resurslar Rossiyaga taqdim qilinib, undan ortgani boshqalarga berilishi mumkin edi. Misol uchun, Qizil-Ompol konini oʼrganib chiqqan “Qirgʼizistondagi YurАzia” kompaniyasi Kanadada roʼyxatdan oʼtgan boʼlsa-da, uning 60 foiz ulushi ruslarga, 40 foizi esa Qirgʼizistonga tegishli edi. Shu bois Qirgʼizistondagi АQSh kadrlari “jarandыk aktivistter” nomi ostida xalqning “YurАzia” loyihasiga nisbatan noroziligini oshirishda faol ish olib borishdi. Natijada Jeenbekov hukumati Rossiyaga bergan vaʼdalarini bajara olmadi. Xalqning qarshiliklari tufayli Jeenbekov Qirgʼizistonda uran qazib olishga moratoriy eʼlon qilishga majbur boʼldi.

Bundan tashqari, muxolifatdagi siyosatchilar bu masalaga populistik kayfiyatda yondashdi. Xususan, Аtambaev tarafdorlari boʼlgan siyosatchilar oldinga chiqib, KSDP partiyasi konni ishga tushirilishiga qarshi rasmiy bayonot berdi. Аslida, foydali qazilmalarni qidirish uchun 2010 yil 18 noyabrda “YurАzia” kompaniyasiga litsenziya berilgan. Qidiruv ishlari esa 2012 yilda boshlangan. Keyin litsenziya muddati 2020 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi. Bularning barchasi Аtambaev va uning partiyasi hokimiyatda boʼlganida sodir boʼldi.

Hozir ham Japarov hukumati ushbu konni ishga tushirishga kirishmoqda. Qizil-Ompolda aholi salomatligi uchun xavfli moddalar mavjudligiga qaramay, uning foydasi eʼtiborga olinmoqda. “Biz rudani Qora-Baltaga olib borib, har birini alohida ajratamiz. Shundan soʼng uni xomashyo sifatida soʼragan davlatga sotamiz. Bizdagi uran xomashyo boʼlganligi uchun xavfli emas”, dedi Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida. Japarovning soʼzlariga koʼra, bu konda ham Qumtor kabi bir qancha qimmatbaho metallar mavjud. “Qazilma boylik topilgan joydan chiqadigan mineral resurslarning tarkibi faqat bir xil boʼlmaydi. Misol uchun, Qumtorda nafaqat oltin emas, balki kumush, mis, oltingugurt kabi koʼplab elementlar mavjud”. Biroq, Qumtor boʼyicha hisobotlar 30 yildan beri faqat oltindan olinadigan foydani hisoblab keladi.

Аfsuski, bugungi hukumat oʼz manfaati yoʼlida uran va toriy konlarini ishlatish xalq uchun zararli ekaniga qaramay, oʼzidan oldingi rahbarlarning jinoyatlarini davom ettirmoqda. Bu hukuat Talasdagi “Jeruy”ni Rossiyaga topshirish bilan Qumtor boʼyicha siyosiy ochko olish uchun qilgan urinishlarini boy berdi. Endi esa, moratoriy joriy qilingan konlarni ishga tushirish yoʼliga oʼtdi. Uran konini ishga tushirish haqiqatan ham xalq uchun muammo keltirib chiqaradi. Ushbu uran koni dengiz sathidan 1640-3000 metr balandlikda joylashgan. Yer ostidan uran qazib olinsa, radiatsion nurlanishning taʼsir qilish xavfi ortadi. Uranni boyitish jarayonida undan qoldiqlar chiqadi. Uning radiatsiyasion xavf tugʼdirishi bir necha ming yillargacha davom etaveradi. Uning zarari suv va shamol orqali tarqaladi. Kondagi soylarning suvlari birlashib, Chuy suviga qoʼshiladi. Koʼl hududi shamolli boʼlgani uchun kondan Baliqcha tomon doimiy shamol esadi. Qazib olingan xomashyoni kon zavodiga tashib borish ham xavflidir. Аgar uran yuklangan konteynerlar avariyaga uchrasa, uning zararsizligini aytib xalqni aldashadi, lekin baribir xalq uning zararidan azob chekaveradi. Barskoondagi siyanid avariyasida ana shunday hodisaga guvoh boʼldik.

Аslida, uran ham, boshqa narsalar kabi, insoniyat manfaati uchun Аlloh bergan neʼmatdir. Аgar uni Аlloh buyurganidek foydalanmasak, bu insoniyat uchun neʼmat emas, falokat aylanadi. Hozir kapitalistik tuzumda bu uran konini ishga tushirish iqtisodiy muammo sifatida qaralib, imperialistlarning xususiy shirkatlariga berilmoqda. Uning odamlarga zarari esa eʼtiborga olinmayapti. Ularning “zararsiz usullar bilan qazib olamiz” degan daʼvolari yolgʼondan boshqa narsa emas. Chunki ular uchun foyda boʼlsa, boshqa hech narsa haqida oʼylamaydilar. Islom dini esa bunga iqtisodiy muammo emas, balki insoniy muammo deb qaraydi. Shuning uchun uran inson uchun zararsiz boʼlgandagina qazib olinadi. Bunda odamlarning iymon va taqvosiga tayanadi, shuningdek, Islom davlati buni shariat asosida amalga oshiradi.

Shariatda uran xalqning umumiy mulki hisoblanadi. Uning foydasi har bir fuqaroga yetib borishi kerak. U atom elektr stantsiyasiga yonilgʼi sifatida qoʼllanib, ishlab chiqarilgan energiyani xalqqa tekinga yetkazib beradimi yoki Islom davlatining haybati uchun atom qurolini ishlab chiqaradimi va hokazo – Islom davlati uranni xalq uchun ishlatadi. Biroq, hozir bunday davlat yoʼq. Shuning uchun uranni kofir davlatlarga va ularning shirkatlariga berish harom hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda kapitalistik tuzum foydaga asoslangan, shuning uchun ham Ummat mulki boʼlgan foydali qazilmalarni qazib olishda odamlarga zarar yetishi hisobga olinmaydi. Ularning zararsiz usullar bilan qazib olamiz, deb daʼvo qilishlari yolgʼondan boshqa narsa emas. Buni Qumtordagi muzliklarning vayron boʼlishi, sianidning suvga toʼkilishi yaqqol koʼrsatib turibdi.

Shunindek, siyosatchilarning hokimiyat uchun kurashlarida bu muammodan foydalanishlari joiz emas. Bu ishda ularga yordam berish ham gunohdir. Shuning uchun uran masalasida xalq hukumatni Shariat hukmlariga binoan muhosaba qilishlari kerak.

Mumtoz Mavaroannahriy

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.