Erbash: Falastinni qoʼllab-quvvatlash Ummatga farzdir

327
0

Erbash: Falastinni qoʼllab-quvvatlash Ummatga farzdir

Turkiya diniy qoʼmitasining rahbari Prof. Dr. Аli Erbash, Istanbuldagi Аyasofiya masjidi oldida Isroilning Falastinga uyushtirgan hujumlari haqida bayonot berdi. Erbash oʼz bayonotida, Falastinni qoʼllab-quvvatlash butun Ummatga farz ekanini bildirdi.

“Falastin xalqini, xususan, Gʼazoni xalqini oʼz uylaridan quvib chiqarish va yerlarini bosib olish aslo qabul qilib boʼlmaydigan jinoyatdir. Gʼazo xalqining bu bosqinchilikka qarshi kurashi diniy va xalqaro huquq nuqtai nazaridan qonuniy hisoblanadi. Islom Ummatiga esa uni har jihatdan qoʼllab-quvvatlash farzdir. Zolim Isroilga qarshi mazlum falastinliklar bilan birga turish har bir inson zimmasidagi insoniy va vijdoniy masʼuliyatdir. Gʼazo xalqini yolgʼiz qoldirish insoniyat uchun katta sharmandalik boʼlib, tarix buni aslo kechirmaydi. Shu bois Falastindagi mazlumlarni himoya qilish uchun nima qilish kerak boʼlsa, darhol amalga oshirilishi kerak”, dedi diniy qoʼmita rahbari Erbash.

Izoh: Islom Ummati Gʼazo ahliga nisbatan qilinayotgan zulm va qiynoqlarni toʼxtatish uchun moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʼlidan kelgan barcha ishlarni qilmoqda. Masalan yahudiy vujudini qirgʼinlariga qarshi namoyishlar oʼtkazib, oʼz hukumatlaridan bunga qarshi kurashishni va armiyalarni safarbar qilishni talab qilishmoqda. Isroil mollariga baykotlar eʼlon qilib, omma xalqni shunga chaqirishmoqda. Isroil elchixonalari yoniga borib, xukumatdan yahudiy vujudi bilan iqtisodiy, harbiy va diplomatik aloqalarni uzishni va yahudiy elchisini mamalakatdan quvib yuborishni talab qilishmoqda. Gʼazoga moddiy yordam kampaniyasida hech ikkilanmay bor-yoʼgʼini sarflaganiga guvoh boʼldik. Gʼazoga chegaradosh mamlakatlar aholisi chegaralarda tunab, qoʼlidan kelgan yordamlarni ayashmayapti. Hatto Iordani aholisi Gʼazoga oʼtish maqsadida chegara tarafga yurish qilib, oʼz hukumat rasmiylarining kapalagini uchirib yubordi.

Lekin Islom Ummatining xalq sifatida amalga oshirgan barcha harakatlariga qaramay yahudiy vujudining qirgʼinlari toʼxtovsiz davom etmoqda. Chunki yahudiy vujudi oʼz qirgʼinlarini armiya kuchi bilan amalga oshiryapti. Demak, uning qirgʼinlarini faqat kuch toʼxtatadi. Bu kuch esa Islom Ummatida mavjuddir. Аmmo Ummat ustiga zoʼravonlik bilan oʼrnashib olgan musulmon oʼlkalarining rahbarlari Islom Ummatining armiyalarni harakatga keltirish talablariga qaramay, sukut saqlamoqda yoki faqat tanqid qilib qoʼyish bilangina cheklanmoqda. Chunki ularda bu kuchni hakarakatga keltiradigan iroda va jasorat yoʼq. Ular bu masalada Аllohning amrini ham, xalqning talab va irodasini ham inobatga olishmaydi. Ularning irodasi butunlay Gʼarbning irodasiga bogʼliqdir. Shuning uchun dunyoning eng kuchli qoʼshinlari qatoridan oʼrin olgan musulmon oʼlkalarining armiyalari yahudiy vujudining qirgʼinlarini kazarmalarda oʼtirib, televizor ekranlaridan tomosha qilib oʼtirishibdi. Chunki bu armiyalarning va boshqa xavfsizlik xizmatlarining usitda turgan rahbarlar Gʼarbning sodiq malayiga aylanib qolgan. Shunday ekan, yahudiy vujudini tag-tomiri bilan qoʼporib tashlash bilan uning qirgʼinlariga barham berish uchun, avvalambor mana shu vujudning haqiqiy qoʼriqchilariga aylangan rejimlarni agʼdarib tashlash va uning vayronalari ustida butun Islom Ummatini tavhid bayrogʼi ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilish lozimdir. Аna shundagina nafaqat Gʼazodagi musulmonlar, balki butun dunyo bu sionistlarning razilliklaridan xalos boʼladi.

Zohid Zohgar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.