Qirgʼizistonda Islom akademiyasi tashkil etiladi
Qirgʼizistonda Islom akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqida taʼlim va fan vazirligi maʼlum qildi. 9 yanvar kuni vazirlik saytida eʼlon qilingan xabarga koʼra, prezident Sadir Japarov Islom akademiyasiga tegishli qarorni 2023 yil 28 dekabrь kuni imzolagan.
Xabarda qayd etilishicha, mazkur Islom akademiyasi diniy taʼlim tizimini takomillashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sohasida jahonda raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Islom akademiyasiga oʼqishga qabul qilish va kadrlar tayyorlash respublika byudjetidan ajratiladigan hamda oliy taʼlim muassasalariga ajratiladigan grantlar hisobidan amalga oshiriladi.
Qirgʼizistonda jami 3,5 mingdan ortiq diniy tashkilot roʼyxatga olingan. Mamlakatda 2,6 mingga yaqin masjid, 100 ga yaqin madrasa, 10 ta islom instituti mavjud. Xristianlik yoʼnalishidagi tashkilotlar soni 399 tani tashkil etadi.
Izoh: Kapitalistik tuzum asosida boshqariladigan va Islom tuzumi asosidagi boshqaruvni qatʼiyyan rad etadigan hukumatning “Islom akademiyasi”ni tashkil qilishdan maqsadi, shubhasiz, demokratik boshqaruvni oqlaydigan “ahli ilm”lar yetishtirib chiqarishdir. Chunki hukumat bunday akademiyalarda taʼlim olayotgan musulmon yoshlarga “dinni hayotdan ajratish” kabi Gʼarb tushunchalarini tiqishtirishga bor kuchini sarflaydi.
Аlbatta bundan koʼzlangan maqsad sof islomiy fikrlarga qarshi kurash olib boradigan yoshlar qatlamini shakllantirib olishdir. Bu bilan musulmon yoshlarni sof Islomdan chalgʼitib, Gʼarb koʼtarib chiqayotgan “dinlararo muloqot” hamda “boshqa dinlarni xurmat qilish” kabi tushunchalarni oʼz ichiga olgan “moʼʼtadil Islom”ni taʼlim beradi. Chunki “moʼʼtadil Islom” Musulmonlarni mavjud kufr jamiyati bilan hamohang yashashga targʼib qiladi. Natijada yangi yil va navroʼz kabi bayramlarni nishonlash harom emasligi yoki muslima qizlarning maktab kiyinish qoidalariga amal qilishi kerakligini sharʼiy taʼvillar bilan isbotlashga harakat qiladigan “diniy ulamolar” yetishib chiqadi. Bundan ham yomoni, Gʼazoda boʼlayotgani kabi musulmonlar ommaviy qatliom qilinsa ham, sukut saqlab turadigan, Oyat va Hadislarni taʼvil qilib, hukumatning nosharʼiy ishlariga sharʼiy yoʼllar izlab topishga harakat qiladigan fatvochi ulamolar yetishib chiqadi.
Qolaversa, bugungi kunda Qirgʼiz hukumati Islomni toʼliq koʼtarib chiqayotgan musulmonlarga qarshi kurash uchun demokratik boshqaruvni tan oladigan ahli ilmlar va diniy yetakchilarga oʼta muhtoj. Chunki ular hamkorligida musulmon xalqqa demokratik boshqaruvni Islomga zid emas, deb singdirish, shuningdek demokratik boshqaruvni rad etib, Islomiy boshqaruvni talab qilib chiqayotgan musulmonlarga qarshi “radikal Islomchi” yoki “ekstremistik Islomchi” nomi ostida kurash olib borish oson boʼladi.
Bu bilan biz Islomiy taʼlim maskanlarining koʼpayishiga qarshilik qilmoqchi emasmiz. Faqat u yerda Islom qay tarzda oʼrgatilayotganiga eʼtibor qaratishga chaqirmoqchimiz xolos. Chunki Robbul olamin nozil qilgan Islom bitta boʼlib, undan boshqa “radikal Islom”, “ekstremistik Islom” va “moʼʼtadil Islom”, degan atamalar musulmonlarni chalgʼitish uchun Gʼarb tomonidan oʼylab topilgan hiyla-nayranglardir. Shunday ekan, musulmonlar bunday loihaning qurbonlariga aylanib qomasligi uchun har xil siyosiy nayranglarga aldanmasliklari, balki dinlarini yaxshi oʼrganib, turli xil tafriqalarga sabab boʼladigan loyihalarning mohiyatini anglab yetishlari lozim. Bu esa, barcha musulmonlardan xolislik bilan iymoniy muhitni mahkam ushlashni talab qiladi.
Аbdurahmon Odilov