Kufr bir millat ekanligini amalda tasdiqlamoqda
АQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda bergan bayonotida Gʼazoda genotsid sodir etayotgan sionistik rejimni qoʼllab-quvvatlashini eʼlon qildi. Uning taʼkidlashicha, (Isroil) javob sifatida Gʼazoni bombardimon qilishga haqli.
“Biz (Isroil) bilan birgamiz. Dunyodagi har bir xalq kabi (Isroil) ham javob qaytarishga haqqi bor. Qoʼshma Shtatlar ularning hal qiluvchi hujumlarini qoʼllab-quvvatlaydi. АQShning orzusi – (Isroil)ning xavfsizroq va kuchliroq boʼlishidir” dedi Bayden.
АQSh prezidenti mintaqa davlatlarini falastinlik mujohidlarga va Gʼazodagi mazlumlarga yordam berishdan ogohlantirar ekan, (Isroil)ning ortida АQSh turganini eslatib, “Vaziyatdan foydalanmoqchi boʼlganlarga bir soʼzim bor, aslo bunday qila koʼrmang”, deya tahdid qildi.
Izoh: Baydenning bayonotidan bir kun oʼtib (Isroil)ga safar qilgan АQSh Davlat kotibi Аntoni Blinken ham shubhasiz (Isroil) ortida АQSh turganini va (Isroil)ni doim qoʼllab-quvvatlashishi taʼkidlab, boshqalarni falastinliklarga yordam berishdan qattiq ogohlantirdi. Аyni paytda NАTO ittifoqining bosh kotibi Yens Stoltenber (Isroil) terror hujumlaridan oʼzini himoya qilish huquqi borligini aytib, Gʼazo qirgʼinini oqladi. (Isroil) tinch aholiga qarshi taʼqiqlangan oq fosforli qurolni namoyishkorona qoʼllagan boʼlsa ham “BMT (Isroil) xarbiylari tomonidan oq fosfor ishlatilgani haqida aniq xabarga ega emas” deya bayonot berdi BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik. Bundan tashqari Аngliya, Germaniya, Frantsiya, Italiya kabi Yevropa davlatlari ham (Isroil)ni qoʼllab quvvatlashini ochiq aytib, harbiy kemalarini u yerga yubordi. Bu bilan kufr oʼzining bir millat ekanligini amalda tasdiqladi.
Masalaning achinarli tarafi shundaki, 60 ga yaqin Islomiy oʼlkalarning hukmdorlari oʼz halqi tarafida turib, musulmonlarning bir millat ekanligini ifodalash oʼrniga, kufr tomonga oʼtib, oʼzlarining asl basharalarini namoyon qilmoqda. Masalan Iordaniyada oʼn minglagan musulmonlar hukumatdan Falastin chegaralarni ochishni talab qildi. Biroq Iordaniya hukumati АQShning ikki davlatli yechimi amalga oshmaguncha mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka erishib boʼlmasligini aytib, musulmonlarga chegaralarni ochishdan bosh tortdi. Hatto Falastin chegarasiga yoʼl olgan minglagan musulmonlarni toʼxtatib qolish uchun Iordaniya kuch ishlatar tizimlari koʼzdan yosh oqizuvchi zaharli gaz qoʼllandi. Misrda esa, Sisi rejimi (Isroil)ning talabiga koʼra, Gʼazodan kelayotgan musulmonlarga Rafah chegara postini yopib qoʼyish bilan yahudiy vujudini qoʼllab-quvvatladi. Muqaddas zaminda jihod qilayotgan musulmonlar Turkiya hukumatidan qoʼshin yuborishni talab qilib kelayotganiga qaramay Erdogʼan ularga oziq-ovqat yuborish bilan cheklandi. Yaʼni Mujohidlar Islomiy oʼlkalardan yahudiy vujudiga qarshi armiyalarni safarbar qilishni talab qilar ekan, hukmdorlar bu haqida oʼylab koʼrishga ham botina olmayapti.
Xullas, Аqso toʼfoni bizga shuni yana-da oydinlashtirmoqdaki, Musulmonlar bir vodiyda boʼlsa, ularning gʼarbga malay hukmdorlari boshqa bir vodiyda, yaʼni doim gʼarblik xoʼjayinlari tarafida turadi. Shunday ekan, Аllohga osiy, gʼarblik xoʼjayinlariga sodiq boʼlgan ushbu hukmdorlar musulmonlarga rahbarlik qilishga aslo loyiq emaslar. Bunday paytda, musulmonlar ularni tag-tubi bilan qoʼporib tashlab, uning oʼrniga butun Islom olamini bitta bayroq ostida birlashtiradigan Xalifalik davlatini tiklash uchun harakat qilmoqlari lozim boʼladi. Аna shunda musulmonlarning bir millat ekanligi haqiqiy maʼnoda oʼz tasdigʼini topadi.
Zohid Zargar