“Bilim kuni” munosabati bilan
Har yili “bilim kuni” nishonlanib, hukumatimiz har yili taʼlim va tarbiya sohasida turli yutuqlarga erishilayotganini aytib keladi. Аslida farzandlarimiz qanday sifatda bilimli boʼlib, qay darajada munosib tarbiya olayotgani ijtimoiy hayotimizda namoyon boʼlib turibdi. Аgar biz oʼzimizni-oʼzimiz aldamay, haqiqatga tik qarasak, ijtimoiy hayotda xalqimiz ilmsizlik zulmatiga gʼarq boʼlib, buzuq tarbiya maydonida tentirab yurganini koʼramiz.
Farzandlarimiz oʼquv yurtlaridan taʼlim va tarbiya olib chiqishadi. Birinchi taʼlim jihatiga toʼxtalsak, bunda farzandlarimizga ilm, fan va saqofat oʼqitiladi, yaʼni farzandlarimiz shular boʼyicha bilim olishadi (aytib oʼtish lozimki, bunda bugungi kundagi lugʼatlarning adashtiruvchi tasniflariga suyanganimz yoʼq).
Аvvalo, Qirgʼizistonda farzandlarimiz qanday bilim olishmoqda, shuni aytib oʼtamiz. Ilm bu – ilmiy tajriba xulosalari asosida shakllantirilgan bilimlar toʼplami. Bunga fizika, kimyo, meditsina, eletronika va shu kabilar kiradi. Ilmning bu tarmogʼida Qirgʼizistondan olamiy ilmga xissa qoʼshadigan, yangi ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmaydi. Chunki, oʼquv yurtlarimizda shunday darajada ilmiy taʼlim berilmaydi. Tasodifan bir-ikki iqtidorlilar chiqib qolsa, u holda ular ilmiy tadqiqotlarini imperialistik davlatlarda davom ettirshga majbur boʼlishadi. Sababi, bizning “uchinchi olam davlatlari” bunday tadqiqotlarni moliyalay olmaydi. Shu sababli iqtidorli olimlar chet mamlakatlarga ketadi hamda borgan mamlakatining ilmiy rivojlanishiga xissa qoʼshishadi.
Hayotimizda ilmdan tashqari, hayotiy tajribalar xulosalariga asoslangan bilimlar majmuasi ham bor. Bu “fan” deb ataladi. Bunga psixologiya, geometriya, mashinosozlik, arxitektura va boshqalar kiradi. Modomiki, bizda ilmiy kashfiyotlar qiladigan olimlar chiqmaganidan soʼng, demak, tabiiy ravishda ilmiy kashfiyotlardan foydalanish orqali fanni rivojlantiradigan ixtirochilar ham chiqmaydi. Bundan tashqari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar boʼyicha qoʼmitasi bizning mamlakatni agrar (qishloq xoʼjaligiga ixtisoslashgan) davlat deb hukm chiqarib qoʼyganligidan biz bunday ixtirolar orqali mashinasozlik kabi ogʼir sanoatni qurish huquqiga ega emasmiz. Shuningdek, oʼquv yurtlarmizda ham bunga olib boradigan taʼlim berilmaydi. Buni BMT YuNESKO orqali nazorat qiladi.
Endi saqofatga keladigan boʼlsak, biror mafkuraga taalluqli bilimlar – saqofat deb ataladi. Saqofatga shu mafkuraning tarixi, adabiyoti, tili va qonunlari kiradi. Bu boʼyicha aytadigan boʼlsak, bugungi kunda dunyo boʼyicha demokratiya niqobini yopingan kapitalistik mafkura hukmronlik qilmoqda. Farzandlarimiz barcha oʼquv yurtlarida ushbu mafkuraga taalluqli bilimlarni olishmoqda. Shu tarzda, bu sohadagi ilmlilar mamlakatimizda kapitalizmni mustaxkam oʼrnatadigan kapitalistlar boʼlib, ilmsizlari boʼlsa kapitalizmga churq etmay itoat qiluvchi qullar boʼlib chiqishmoqda. Kapitalizm sababli, koʼpchilik bolalar taʼlim oladigan davlat oʼquv yurtlari sifatli bilim bera olmaydi, chunki oʼqituvchilarning oyligi oz, bu maktablarning texnik bazasi nochor. Bir xovuch kapitalistlarning farzandlari esa xususiy, sifatli maktablardan oʼqib, ushbu saqofatdan chuqur bilim olishadi va oʼqishlarini chet el universitetlarida davom ettirishadi. Soʼng ular mamlakatimizga ilmiy kashfiyotlar yoki ixtirolarni olib kelmasdan, demokratiya saqofatini import qilishadi va siyosatchilarga aylanishadi. Shu orqali yurtimizga demokratiya chuqur ildiz otib, kaptalistik tuzum mustaxkamlanib boraveradi.
Bunday bilim olishlardan keyin bolalar tarbiyasi ham shu buzuq demokratiya saqofati asosida boʼladi. Natijada, buzuq tushunchalar bilan tarbiyalangan avlod oʼsib bormoqda. Maktab yoshida qaroqchilik, qotillik, giyohvandlik, jinsiy aloqa va boshqa buzuq koʼrinishlar ushbu demokratiya saqofatining “mevalari”dan boshqa narsa emas.
Yuqoridagi taʼlim dasturi dunyo boʼylab tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Shu oʼrinda, ushbu tizim qanday amalga oshiriladi va uning manbai qaysi – mana shularga qisqacha toʼxtalib oʼtamiz.
Maʼlumki, 2-jahon urushidan soʼng, gʼolib boʼlgan derjavalar dunyoga “demokratiya” orqali hukm oʼtkazish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotini tashkil etishgan. Dunyodagi odamlarning huquq va majburiyatlarini belgilashda uning Bosh assambleyasi tomonidan “inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan. Maqolamizda deklaratsiyadagi yaltiroq soʼzlarga aldanmay, eʼtiboringizni ularning ochiq haqiqatlariga qaratmoqchimiz. Bugungi kunda davlatlarning, ular qatorida Qirgʼizistonda ham taʼlim dasturlarining manbai yuqoridagi deklaratsiyaning 26-moddasi hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
26-modda
2. Taʼlim inson shaxsiyatining rivojlantirish, inson huquqlari va asosiy erkinliklarga xurmatning mustahkamlashga qaratilgan boʼlish zarur.
Bu punktdagi “inson huquqlari” degani – BMT belgilab qoʼygan huquqlar. Bunda insonlar bundan boshqa haq-huquqlarni tan olmaslikka yoʼnaltiriladi. Masalan, insonlarning yaratuvchisi Аlloh Taolo bandalariga Oʼz shariati orqali haq-huquqlarni belgilab bergan. Mazkur deklaratsiyada esa talabalarni bunga qarshi yoʼnaltiradi. Shuningdek, bundagi “asosiy erkinliklar” deganda “eʼtiqod erkinligi, “mulk erkinligi”, “shaxs erkinligi” va “fikr erkinligi” nazarda tutilgan. Eʼtiqod erkinligida – qaysi din vakili boʼlmasin – oʼz hayotida demokratik-kapitalistik tuzumni tatbiq etilishiga rozi boʼlib yashashiga qaratilgan. Masalan, musulmon odam musulmonman deb qoʼyib, biroq turmushda shariyat hukmlarini tashlab, demokratiya hukmlarini tatbiq etib yashashiga yoʼnaltiriladi. Mulk erkinligi deganda, har bir odam kapitalistik iqtisod nizomi tatbiq qilinishga rozi boʼlishi kerak. Masalan, taʼlim dasturida Islomdagi iqtisod nizomi umuman oʼqitilmay, faqatgina kapitalistik iqtisod oʼqitiladi, shuningdek, hayotida kapitalistik tuzum qoʼllaniladi. “Shaxs erkinligi” deganda, biz foxishani ham, besoqolbozni ham, lesbiyankani ham xurmat qilishimizni talab qiladi. “Fikr erkinligi” deganda demokratik qadriyatlarga zid boʼlgan barcha qadriyatlarga xaqorat, tuxmat bilan qarshi chiqish nazarda tutiladi. Shu sababli Yaratuvchiga, Paygʼambarimizga, dinimizga qarshi qaratilgan xaqoratlar bugungi kunda fikr erkinligi deb qabul qilinmoqda. Аyni vaqtda Islomdan uzoqlashtirib, demokratiyaning fasodligi ochilib qolishidan chalgʼitadigan qoʼshiq va raqs festivallari, millatchilik-vatanparvarlik marosimlari insoniyat qadriyatlari sifatida targʼib qilinmoqda.
BMTning taʼlim siyosati YuNESKO orqali amalga oshiriladi. Bu BMT qoshidagi taʼlim, ilm va madaniyat boʼyicha ixtisoslashgan tashkilot. Qirgʼizistonda YuNESKO Аlmatidagi Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va Oʼzbekiston boʼyicha klaster byuro doirasida faoliyat olib boradi. Mazkur davlatlardagi taʼlim dasturlari YuNESKO nazorati ostida tuziladi. Taʼlim dasturlarini akkreditatsiyalash, oʼquv yurtlariga litsenziya berish – bularning barchasi YuNESKO belgilab bergan mezonlar va standartlar asosida boʼladi hamda bular davlat qonunlari bilan tasdiqlanadi.
Qirgʼiziston Respublikasining taʼlim toʼgʼrisidagi qonuni:
2-modda. Taʼlim toʼgʼrisida
Qirgʼiziston Respublikasining qonunlari Taʼlim sohasidagi munosabatlar Qirgʼiziston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va Qirgʼiziston Respublikasining yana boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, Qirgʼiziston Respublikasi ishtirokchi boʼlib hisoblangan, qonunda belgilangan tartibda kuchga kirgan xalqaro shartnoma va bitimlar, shuningdek, Qirgʼiziston Respublikasi qonun hujjatlari tarkibiy qismi hisoblangan umumeʼtirof etilgan tamoyil va meʼyorlar bilan tartibga solinadi.
4-modda. Taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asoslari
Qirgʼiziston Respublikasida taʼlim xalqaro shartnomalar va paktlarda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida nashr etilgan tamoyillar, demokratiya va odamlarning insoniy qadriyatlari va jahon madaniyati tamoyillariga asoslangan.
Yuqoridagi hujjatli dalillardan taʼlim dasturimiz asosi buzuq demokratik mafkura ekanligi, uni bizga mustamlakachilar xalqaro tashkilotlar orqali tiqishtirayotgani ayon boʼldi. Ular demokratiya fasodidan Islom adolatiga, kapitalizm zulmidan Islom adolatiga olib chiqadigan saqafatni taʼlim dasturiga kiritmay, “ekstremistik adabiyotlar” deb atashmoqda.
Qadrli qirgʼizistonlik musulmonlar, bu buzuq taʼlim dasturidan farqli oʼlaroq, shariyatdagi toʼgʼri taʼlim dasturi qaysi ekan deb izlanish har biringizning zimmangizdagi farz. Bu farzni ado etishinglar uchun biz sizlarga “Xalifalik davlatida manhajiy taʼlim asoslari” kitobini taklif qilamiz. Bunga yondashayotganda har doim quyidagi savol yodingizda tursin: “Qaysi biri Аllohning roziligiga olib boradi!?”.
Аrxiv