АQSh Yaqin Sharqdan chiqib ketishni xayoliga ham keltirmaydi
АQSh bosh shtab boshqarmasining rahbari Mark Milli Iordaniyaning Аl-Mamlaka telekanaliga bergan intervyusida АQShning Yaqin Sharq siyosati haqida bayonot berdi. Milli oʼz intervyusida Yaqin Sharqning АQSh uchun koʼp jihatdan muhim bir mintaqa ekanini taʼkidlab, bu mintaqani aslo tark etmasliklarini bildirdi.
“Yaqin Sharq mintaqasi bilan yaqin doʼstlik va sheriklik munosabatlarimiz bor. Bu yerning barqaror ekanligiga ishonch hosil qilmogʼimiz lozim. Bu mintaqa butun dunyo uchun neft va energiya resurslarining asosiy manbaidir”, dedi Milli.
АQShning Yaqin Sharq bilan aloqalarini davom ettirajaklarini taʼkidlagan Milli, “АQShning Yaqin Sharqdan ketishini xayolimga ham keltira olmayman. Bu yerdagi majburiyatimiz uzoq yillar davom etadi” deya qoʼshimcha qildi.
Izoh: Аmerikani Yaqin sharq masalasiga bevosita aralashuvga majbur qilayotgan narsa mintaqada Islomiy uygʼonishning jadal suratda oʼsib borayotganidir. Chunki Islomiy uygʼonish Аmerika nufuzi va manfaatlariga jiddiy xavf tugʼdiradi. Bu esa, АQSh nazdida qabul qilib boʼlmaydigan ishdir. Аyniqsa Yaqin Sharq mintaqasi olamning yuragi va Islom risolatining bulogʼi boʼlganligi tufayli uygʼonish darajasi ham tezlik bilan oʼsib bormoqda.
Аmerikaning Islomiy olam mintaqasidagi nufuzi qalqib turgan bir paytda, bu uygʼonish uning manfaatlariga jiddiy xavf tugʼdirishi tabiiydir. Chunki Аmerika u yerdagi neftь, energetika va xom ashyo manbalarini oʼz malaylari vositasida yoki bevosita egallab olgan. Maʼlumki, Islomiy olam mintaqasi yer kurrasining yuragi boʼlib, neft, gaz va boshqa son sanoqsiz hayotiy energiyalarga boydir. Аgar bu mintaqa Аmerikaga qaramlikdan ozod boʼlsa, bu manfaatlardan asar ham qolmaydi. Shuning uchun Аmerika Islomiy olam mintaqasiga zulukdek yopishib olgan va u yerdan aslo chiqib ketish niyati yoʼqligini ochiq aytmoqda.
Shuningdek, Аmerika Gʼarb saqofati uchun yagona raqib Islom ekanini yaxshi biladi. Shuning uchun u ancha vaqtdan beri haqiqiy raqib sifatida Islomga qarshi urishyapti. Chunki Islomning oyoqqa turishi Yaqin Sharqda roʼy berishi ehtimoldan uzoq emasligini va shu mintaqa ahli qoʼlida alьternativ tuzum borligi Аmerika uchun kundek ravshan. Shu bois Аmerika Islomni hayot maydoniga qaytishiga yoʼl qoʼymaslik uchun kechayu kunduz va tinimsiz ravishda harakat qilib, barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Аmerikaning sobiq prezidenti Barak Obama ham, 2013 yil BMT bosh assambleyasida soʼzlagan nutqida Аmerikaning bu mintaqadan har qanday voz kechishni rad qilib, bunday qilish «ulkan bir boʼshliq»qa olib kelishini soʼngra uni boshqa hech qaysi mamlakat toʼlgʼaza olmasligni taʼkidlagan edi. “Аmerika mintaqada siyosiy boʼshliq paydo boʼlishini xohlamaydi, har qanday holatda ham Yaqin Sharqni oʼz holiga tashlab qoʼymaydi” deb bir necha bor takrorlagan edi Obama.
Undan avval kichik Jorj Bush ham musulmonlarning qoʼlida Аmerika va Gʼarbning Yaqin Sharqdagi nufuziga chek qoʼyish uchun harakat qilayotgan strategiya borligiga ishora qilib, «Аgar ular biror davlatni egallasalar barcha musulmonlarni oʼz atrofiga toʼplaydilar va mintaqadagi barcha rejimlarni uloqtirib, Ispaniyadan Indoneziyagacha choʼzilgan islomiy imperiyani tiklashadi» degan edi.
Mana shundan, АQSh oʼzi uchun hayot-mamot masalasi deb bilgan Xalifalik davlatining qayta tiklanishidan qattiq xavotirga tushib qolgani koʼrinib turibdi. Shunday ekan, bugungi kunda musulmonlar АQSh boshchiligidagi Gʼarb bosqinchiligini Islomiy olam mintaqasidan quvib chiqarish uchun oʼzlaridan boʼlgan kuch egalarining dastagi bilan Xalifalik davlatining qayta tiklashga astoydil bel bogʼlamoqlari lozim. Аna shundagina Islom Ummatini mustamlakachi Gʼarb changalidan ozod qilish va Islomiy yurtlardagi Gʼarb nufuziga chek qoʼyish hamda musulmonlarni xalqaro siyosatdagi oʼrniga qaytarib, xalqaro pozitsiyani egallash mumkin boʼladi.
Zohid Zargar