Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasi

246
0

Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati

Bismillahir rohmanir rohiym

Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasi

Umumxalq Sogʼligʼini saqlash Boshqarmasi Xalifalik davlatida Sogʼliqni saqlash siyosatini boshqarish va uni amalda tatbiq etish bilan shugʼillanadi. Bu Boshqarma jamiyat va jismoniy shaxslar uchun sogʼliqni saqlash, davolanish va riobilitatsiya xizmatlarini taqdim etish orqali omma sogʼligʼini muhofaza etish ishlarini olib boradi. Ushbu Boshqarma oʼziga tobe boʼlgan barcha idora va boʼlimlar ustidan nazorat qiladi. Har bir idora va boʼlim uchun mudir tayinlaydi. Bu mudir bevosta ushbu idoralardan va ularning tarmoq va qismlaridan javobgar boʼladi. Shuningdek, Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi Islom davlatidagi barcha Sogʼliqni saqlash muassasalarini nazorat qiladi. Sogʼliqni saqlashga aloqador boʼlgan boshqa tarmoqlarni muvofiqlashtirishni oʼz qoʼliga oladi. Ushbu boʼlimning masʼuliyati ostiga sogʼliqni saqlash ishlarini tartibga soladigan boshqa idoralar ham kiradi. Masalan, shu sohaga aloqador muassasalar bilan hamkorlik qiluvchi “Inqiroz va tabiiy ofatlar idoralari”, “Аxborot-texnologiyalari Banki”, “ Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi Ogohlantirish va Sogʼliqni saqlash axborot vositalari”, “Sogʼliqni saqlash va davolash standartlari”, “Yoʼriqnomalar boʼyicha ekspert kompaniyalari”, “Tibbiy taʼlim va Sogʼliqni saqlash kasb-xunar taʼlimi metodologiyasi”, “Tibbiy litsenziyalash va sifat nazorati boʼlimi”, “Sogʼliqni saqlash byudjeti Departamenti”, “Moliya va xaridlar, Harbiy boʼlim bilan muvofiqlashtirilgan dori-darmon va farmatseftika sanoati Boshqarmasi”, “Hisba apparati bilan hamkorlikdagi Xalq salomatligi nazorati” shular jumlasidandir. Shuningdek, Sogʼliqni saqlash boʼlimi Jahon Sogʼliqni saqlash Departamentini nazorat qiladi. Ilmiy masalalardagi, tibbiy texnologiyalardagi va Jahon Sogʼliqni saqlash tendentsiyalaridagi oʼzgarishlarni kuzatib boradi.

Islom davlatida Sogʼliqni saqlashning maʼmuriy tizimi tuzilishi

1 – Sogʼliqni saqlash Boshqarmasining bosh direktori. U Sogʼliqni saqlash siyosatini amalga oshirishdan umumiy masʼuldir. Islom davlatida sogʼlikni saqlash xizmatlarini va tibbiy obʼektlarni Sogʼliqni saqlash boʼlimining umumiy yetakchiligi ostida bitta jixozga birlashtirish Sogʼliqni saqlash idorasining maʼmuriy buyruqbozlik va chigalliklarini kamaytiradi.
2 – Boʼlimlar direktorlari. Maʼmuriy zinapoyada Sogʼliqni saqlash bosh direktoridan keyin viloyatlarga boʼlingan boʼlim derektorlari turadi.
3- Tumanlar boʼyicha boʼlingan boʼlim rahbarlari. Shunday qilib, Sogʼliqni saqlash Boshqarmasi boshqarma ishlarini ham, oʼziga qarashli mahkama va idoralarni ham boshqaradi. Idora esa, idora ishlarini ham, viloyat tumanlarida oʼzidan ajralib chiqqan idoralarni ham boshqaradi.
Oila shifokorlari, maktab hamshiralari, onalar va bolalar markazlari, sogʼliqni saqlash markazlari, kasalxonalar, dorixonalar va boshqa barcha sogʼliqni saqlash muassasalari oʼzlari boʼysunayotgan tumandagi idora boshligʼi oldida javobgardirlar. Ushbu idora boshliqlari esa, vazifalari yuzasidan oʼz boʼlim, idora va mahkamalarini eng yuqori boshqaruvini oʼz zimmasiga olgan kimsa oldida javobgar boʼladilar. Hamda ular, umumiy ahkom va nizomlarga boʼysunish yuzasidan voliy va hokim oldida javobgar boʼladilar.
Аholining barchasini zarur boʼlgan tibbiy xizmatlardan foydalanishiga imkon yaratish uchun quyidagilar talab qilinadi:
Har bir tumanda oilaviy shifokorlar, hamshiralar, dorixona, shoshilinch tibbiy yordam xodimlari, asosiy tahlillarni oʼtkazish uchun laborotoriyalar va tez tibbiy yordam mashinalari boʼlgan bir qator biramchi sogʼliqni saqlash markazlari mavjud boʼlishi lozim. Har bir tumanda ichki kasalliklar, jarrohlik, bolalarlar shifokorlari va genekologiyadan iborat toʼrtta asosiy mutuxassislik boʼyicha zarur jixozlar bilan jixozlangan qator umumiy tibbiy markazlar mavjud boʼlishi lozim. Yana ushbu markazlar hamshiralik, farmatsevtika va laborotoriyalar kabi boshqa zaruriy jixozlar bilan taʼminlangan boʼlishi lozim.
Bunday birlamchi va umumiy markazlarning soni har bir tumanda aholi soniga va turar joy – massivlarning bir-biridan uzoqligiga mutanosib boʼladi. Shunda oilaviy shifokor yoki mutaxassisga koʼp sonli bemorlar yogʼilib kelmaydi. U holda shifokor ularga tez va sifatli tibbiy yordam koʼrsata olmaydi. Tibbiy markaz bemordan juda olisda ham boʼlmaydi. Аgar aholining birortasini turar joyi izolatsiyalangan boʼlsa yoki eng yaqin turar joy- massivlardan uzoqda boʼlsa, unga yaqin tibbiy markazga bemorni istalagan paytda har qanday tibbiy xizmatni olishi uchun markazga yetkazishni taʼminlaydigan yoki unga dori darmon yetkazishni taʼminlaydigan uchoq yoki boshqa zarur transport vositalari beriladi. Kim favqulodda, shoshilinch boʼlmagan tibbiy xizmatdan foydalanishni istasa, u oilaviy shifokorga murojaat qilishi mumkin boʼladi. Аgar oʼzinig mutaxassisligi va bilimi sohasiga tegishli boʼlsa, oilaviy shifokor bu xizmatni koʼrsatadi. Аksincha boʼlsa, u bemorni sogʼligʼi muammosi va zaruratiga koʼra kompleks markazdagi boshqa mutaxassisga yoki shifokorga yuboradi. Kimda qonli diabet, qon bosimi, yurak va boʼgʼim xastaliklari kabi surunkali kasalliklar boʼlsa, u doimiy ravishda mana shu surunkali kasallik boʼyicha mutaxassis shifokor nazorati ostida boʼladi. Oilaviy shifokor ham mutaxassis shifokorning hisobotlariga qarab bemorni doimiy ravishda kuzatib boradi.
Kim shoshilinch tibbiy yordam xizmatini xohlasa, u tez yordam chaqiradi va eng yaqin tez yordam brigadasi unga dastlabki yordamni koʼrsatadi, bemorni darhol kasalxonaga yetkazadi. Davlat har bir tumanda loaqal bitta ichki kasalliklar, jarrohlik, ginekologiya va boshqa mutaxassisliklarni qamragan hamda qisman favqulodda vaziyatlar uchun xizmat qiladigan shifoxona ochishi lozim. Davlat yana har bir viloyatda loaqal bitta asosiy ixtisosliklarga qoʼshimcha kichik mutaxassisliklar va noyob kasalliklar boʼlimlarini qamragan shifoxona ochishga eʼtibor qaratishi lozim. Bu boʼlimlar oʼsha viloyatda mavjud kasalliklarga qarab belgilanadi. Chunki, bir mintaqada mavjud kasallik boshqa mintaqada topilmasligi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.