Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati
Bismillahir rohmanir rohiym
Shaxslarning sogʼligʼini saqlash – shaxslarni davolash chora-tadbirlari
Terepevtik boshqaruvdagi texnologiya va tibbiyot sanoati
Odamlarning ehtiyojlarini qondirishga yordam beradigan har qanday muboh texnologiya – ishlab chiqarilgan manbasidan qatʼiy nazar – qoʼllanilishi va rivojlantirilishi lozim. Xalifalik davlati jarrohlikda robotlardan foydalanish, rentgen tekshiruvida sunʼiy intelekt nurlaridan foydalanish, masofaviy konsultatsiyalarda vidio-kommunikatsiya texnologiyalari, bemorning shaxsini va terepevtik maʼlumotlarini tekshirish orqali sogʼliqni saqlash xavfsizligini va uning sifatini yaxshilash uchun shtrix kod texnologiyasini qoʼllash kabi zamonaviy tibbiy texnologiyani rivojlantirishi va ulardan foydalanishi lozim. Davlat elektron tibbiy yozuvlar, elektron xarakteristikalar tizimlari va bulardan boshqa koʼplab zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishi zarur. Mana shu texnologiyalarni ishga solish orqali beʼmorga tashxis qoʼyishda yuz berishi mumkin boʼlgan xatolar soni keskin pasayadi.
Maʼmuriy sogʼliqni saqlash tizimi
Xalifalik davlatidagi Sogʼliqni Saqlash tizimi mana shu sohaga aloqador sharʼiy ahkomlar va maʼmuriy qonunlar toʼplamidan iborat boʼladi. Sharʼiy ahkomlarga kelsak, ular sharʼiy dalillardan toʼgʼri istinbot qilingan ahkomlardir. Аmmo, Sogʼliqni Saqlashning maʼmuriy qonunlari esa, ular muboh uslub va vositalar boʼlib, masʼul rahbar ushbu uslub va vositalardan tizimni ijro qilishda va undan koʼzlangan maqsadni amalga oshirishda samarali deb bilganini qoʼllayveradi. Bular dunyoviy masalalar boʼlib, ularni tegishli shariat ahkomlarini tatbiq etilishiga mos ravishda oʼzgartirish va taraqqiy ettirish mumkin. Shuningdek, bunday uslub va vositalarni boshqa xalqlar erishgan muboh tajriba va izlanishlardan olish ham mumkin. Shu oʼrinda odamlarning manfaatlarini himoya qiladigan bir apparat-jihoz tashkil etilib, uni xalifaning oʼzi nazorat qiladi. Yoki, ayniqsa, bunday manfaatlar koʼpayib, tarmoqlarga boʼlinib ketgan paytda xalifaning ogʼirini yengil qilish uchun bunday jihozga boshqa bir layoqatli mudir taʼyin qilinadi. Ushbu jihoz aholining turmush tarzini yengillashtiradigan uslub va vositalarni qoʼllaydi. Kerakli xizmatlarni hech qanday qiyinchiliksiz, bilʼaks, oʼta osonlik va yengillik bilan taqdim etadi. Ushbu jihoz boʼlim, mahkama va idoralardan tashkil topadi. Boʼlim davlatning har qanday manfaatlarini, shu jumladan, Sogʼliqni Saqlash Boshqarmasini ham oʼzi ichiga olgan oliy boshqarmasi hisoblanadi.
Boshqaruv jihozi esa, harakatni amalga oishirish usullaridan va uning vositalaridan biridir. Shuning uchun unga alohida dalil kerak emas. Uning asliga dalolat qiladigan dalil unga ham kifoya qiladi. Shuningdek, maʼmuriy usullarni har qanday tuzumdan olish mumkin. Magar, muayyan maʼmuriy uslubni olishni man qilgan alohida nass kelgan boʼlsa, albatta, bu hol bundan mustasno. Bundan boshqa oʼrinlarda, agar maʼmuriy jihoz ishlarini yurgizishga va odamlarning mafaatlarini roʼyobga chiqarishga yarasa, bunday uslub va vositalardan foydalanish mumkin.
Islom davlatida sogʼliqni saqlashning maʼmuriy tizimi tibbiy xizmatlar va davolanishning soddaligi va tezkorligi hamda idorani boshqarayotgan kishilarning shu ishga layoqatliligi asosiga quriladi. Bu umuman olganda, manfaatlarga erishish voqeligidan olingan. Zero, har qanday manfaat sohibi unga tez erishib, uni toʼla-toʼkis amalga oshirishga intiladi. Imomi Muslim oʼz “Sahih”ida rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:
إنَّ اللهَ كتَبَ الإحسانَ على كلِّ شيءٍ
“Аlloh Taolo har bir narsani yaxshi qilishni-xayrixohlikni vojib qildi”.
Demak, inson amallarni ado etishda xayrixoh boʼlishga sharʼan buyurilgan. Manfaatlarni roʼyobga chiqarishda ushbu xayrixohlikka erishish uchun boshqaruvda uchta xususiyat mavjud boʼlishi lozim; birinchisi, tizimdagi soddalik. Chunki, bu osonlik va qulaylikka olib keladi. Murakkablik esa, qiyinchilik tugʼdiradi. Ikkinchisi, muomalalarni amalga oshirishdagi tezkorlik. Chunki, bu manfaatdor tomonga qulaylik yaratadi. Uchinchisi, ish ishonib topshirilgan shaxslarning qobiliyati va mahorati boʼlib, bu sifatni ayni ishni bajarishning oʼzi talab qilganidek, uni ishni xayrixohlik bilan bajarish ham taqazo etadi.
Xususan olib qaraganda esa, sogʼliqni saqlash xizmatlarida maʼmuriy muomalalardagi tezkorlik, soddalik hamda murakkablikdan olislik eng muhim va eng afzal sanaladi. Chunki, kasallik shoshilinch zarurat boʼlganligi bois uni davolashni kechiktirish kasallikni yanada ogʼirlashishiga va undan kelib chiqadigan zararni ortishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, bemorning oʼzi ham haddan ortiq choʼzilish, kutish va muomalalarning murakkabligiga chiday olmaydi.