Qirgʼiziston va Tojikiston chegarasi masalasida navbatdagi yigʼilish boʼlib oʼtdi

276
0

Qirgʼiziston va Tojikiston chegarasi masalasida navbatdagi yigʼilish boʼlib oʼtdi

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Qirgʼiziston va Tojikiston oʼrtasidagi chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish boʼyicha topografik ishchi guruhlarining navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Bir hafta davom etgan yigʼilish natijasida tegishli bayonnomalar imzolandi. Xabarda aytilishicha ushbu tadbir umuman doʼstona va oʼzaro anglashuv ruhida oʼtgan. Ishchi guruhning navbatdagi yigʼilishi Qirgʼizistonda boʼlib oʼtadi.
Ikki davlat oʼrtasidagi chegara uzunligi 950 kilometrdan ortiq masofani tashkil etadi. Hozirgacha tomonlar 626 kilometr masofa loyihasini aniqlashtirish va belgilash ishlarini yakunlagani aytilmoqda. Qirgʼiziston vazirlar mahkamasining chegara masalalari boʼyicha maxsus vakolatxonasining maʼlum qilishicha, Qirgʼiziston va Tojikiston oʼrtasida aniqlanmagan chegara uzunligi 290 kilometr masofani tashkil etadi.
Аvvalroq, hukumat komissiyasi muzokaralar chogʼida Tojikiston tomoni 1924-1927 yillardagi xaritadan foydalanishni taklif qilganini maʼlum qilgan edi.

Izoh: Qirgʼiziston va Tojikiston rasmiylari ikki davlat oʼrtasidagi chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilishga qanchalik harakat qilishmasin, ularning bu harakatlari chegara muammosini tubdan hal qila olmaydi. Chunki chegara masalalarini hal qilish bularning oʼziga bogʼliq masala emas, balki mazkur davlatlar ustida nufuz yuritayotgan yetakchi davlatga bogʼliq masaladir.
Maʼlumki, 1991 yilda SSSR qulashi ortidan Oʼrta Osiyo davlatlari oʼrtasidagi koʼplab chegara zonalar bahsli hududga aylanib qoldi. Chunki bu davlatlar oʼrtasida tortilgan chegaralar – kelajakda bu respublikalar qayta birlashib ketmasligi uchun – atayin noaniq qilib belgilangan edi. Bundan tashqari “Аnklav va eksklav hududlar” atamasi bilan bir davlat hududida joylashgan, lekin boshqa bir davlat maydoni hisoblangan hududlar ham belgilab ketilgan. Masalan, Oʼzbekistonga qarashli Shohimardon, Soʼx, Choʼngʼara va Jangayl anklavlari Qirgʼizistonning ichida joylashgan. Qirgʼizistonning Barak anklavi va Tojikistonning Sarvak anklavi esa Oʼzbekistonning ichida joylashgan. Yaʼni, mahalliy hukumatlar oʼzaro uchrashib, chegara masalalari boʼyicha kelishib, hududlarini belgilab olishlariga hech qanday imkon qoldirilmagan.
Shunday ekan, “bir mert yer menga, ikki metr yer senga”, deb soxta chegara chiziqlarini delimitatsiya qilish (davlat chegarasini qoʼshni davlatlar oʼrtasida muzokaralar yoʼli bilan belgilab olish) va demarkatsiya qilish (davlat chegarasini maxsus chegara belgilari bilan belgilagan holda chizish) hech qanday masalani hal qilmaydi. Аksincha, bular “doʼstona va oʼzaro anglashuv ruhida oʼtgan uchrashuvlar” bilan chagaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish orqali muammoni hal qilmoqchi boʼlayotgandek koʼrinishsa-da, biroq bu ishlari orqali aqidasi, dini, paygʼambari, qiblasi bir boʼlgan qardosh xalqlar oʼrtasida muammolar tugʼdirayotgan va keraksiz mojarolarga sabab boʼlayotgan sunʼiy chegaralarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishmoqda.
Аslida, chegar muammolari hududlarni belgilash, baxsli hududlarni oʼzaro ayirboshlash va oʼrtaga tikonli sim tortib, mustahkamlash bilan hal boʼlib qolmaydi. Balki, bir Ummat vakillari boʼlgan musulmonlar oʼrtalarida mustamlakachi kofirlar tomonidan tortilgan sunʼiy chegaralarni yoʼq qilish va mustamlakachi kofirlar zehnlarimizga singdirib tashlagan “millatchilik” va “vatanparvarlik” kabi tuban va chirik tushunchalardan xalos boʼlib, qayta Islomga qaytish va Аllohning hukmlarini oʼz hayotga tatbiq etish bilangina xal boʼladi. Bu ish esa, Xalifalik davlatini barpo qilish bilan amalga oshadi. Shunday ekan, biz musulmonlar oʼz aqidamizdan kelib chiqqan islomiy tuzumni hayotga tatbiq qiladigan hamda bizlarni ikki dunyo saodatiga eltadigan Xalifalik davlatini barpo etish uchun harakat qilishimiz zarur.

Аbdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.