Taʼziya

276
0

Taʼziya

Hijriy 1445-yil 17 muharram, milodiy 2023 yil 4 avgust juma kuni birodarimiz Dadoboev Ismoil Sharifjonovich uzoq davom etgan xastalikdan soʼng hayotdan koʼz yumganini chuqur qaygʼu bilan maʼlum qilamiz. Birodarimiz 1972 yilda Tojikistonning Xoʼjand shahrida tugʼilgan edi, ortidan koʼz yosh toʼkib olti farzandi qoldi.
Ismoil birodarimiz Hizbut Tahrir safida malomatchining malomatidan qoʼrqmay, zolimlarning zulmiga qarshi turib, daʼvat yoʼlida qatʼiyligini koʼrsatgan daʼvatchilardan edi. Birodarimiz ikki marta sudlanib, hayotining oʼn sakkiz yilini zolimlar zindonida oʼtkazdi. Zindondagi zulmlar uning sogʼligʼini zarar yetkazgan boʼlsa-da, aslo daʼvat yoʼlidagi sobit qadamligini sindira olmadi!
Ismoil zulmga qarshi mardonavor va haq ustida sabot bilan turar edi, uni na musibatlar, na togʼutlarning quvgʼini va na zindondagi zulmlar hizb faoliyatidan toʼxtata oldi, aksincha, kuchiga kuch, gʼayratiga gʼayrat qoʼshdi. Birodarimiz 2019 yilda ozodlikka chiqishi bilanoq, safimizda daʼvatini davom ettirdi. Umrining soʼnggi nafasigacha Roshid xalifalik barpo etish yoʼlida ixlos va fidoyilik bilan harakat qildi.
Аlloh birodarimizni rahmatiga olsin, Qiyomatda oʼzining keng jannatidan joy berib, paygʼambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlar bilan birga qilsin, ular naqadar goʼzal hamrohdirlar! Birodarimizning oila aʼzolari va yaqinlariga sabru jamil tilaymiz va chuqur hamdardlik bildiramiz. Аlloh Subhanahudan Ismoil birodarimizni magʼfirat qilishini, solih amallarini oʼziga hamroh qilishini soʼrab qolamiz.
Safimizdagi bir birodarimizdan ayrilish bizni qanchalik chuqur qaygʼuga solmasin, faqat Аlloh rozi boʼladigan soʼzni aytamiz:
إِنَّا للهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ
“Аlbatta biz Аllohning bandalarimiz va albatta Oʼziga qaytajakmiz” [2:156]

Xizb ut-Taxrir Tojikiston

05. 08. 23

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.