بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Zulmatli tunda toʼlin oyga muhtoj boʼlinadi
Ummat ham uni halokatdan qutqaruvchi xolis yetakchilikka muhtoj
Ustoz Muhammadjome (Аbu Аyman)
Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi
rasmiy notigʼi yordamchisi
Shubhasiz, bu ogʼir zamonda Ummat avvalo yomon hukmdorlar balosidan qiynalmoqda. Qolaversa, Аllohning marhamatiga erishgan ulamolardan tashqari, oʼz jonlarini afzal koʼrayotgan «ulamolar» balosidan ham aziyat chekmoqda. Zero, bu ulamolar hukmdorlarning malaylik qilishlarining hamda mustamlakachi davlatlar rejalariga boʼysunib, demokratiya, ilmoniylik va dinni davlatdan ajratish kabi kufr tuzumlarini tatbiq qilishlarining sharʼiy hukmini bayon qilib berish oʼrniga sukutni afzal koʼrdilar. Ular, shuningdek, turli rahbarlar yetakchiligidagi qurolli harakatlarning va qoʼshinlarning xilma-xil tus olib, boʼlinib ketishiga ham sukut qilishdi. Holbuki, bu harakat va qoʼshinlar Ummatni boʼlib tashlab, qurol yetkazib bergan tomonlarga qaram boʼlib qolishgan. Bundan tashqari, bu ulamolar musulmonlarning bir-birlarini oʼldirishlari harom, degan sharʼiy hukmni bayon qilib berish oʼrniga sukutni tanlashdi. Hatto ularning baʼzilari bunday janglarni jihod, deb hisoblab, davom ettirish kerakligini aytishdi. Vaholanki, Nabiy ﷺ
«إِذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ»
«Аgar ikki musulmon bir-biriga qurol koʼtarsa, oʼldirgan ham, oʼldirilgan ham doʼzaxdadir», deganlar. (Buxoriy va Muslim rivoyati). Yana marhamat qilganlar:
«لَزَوَالُ الدُّنْيَا أَهْوَنُ عَلَى اللهِ مِنْ قَتْلِ مُؤْمِنٍ بِغَيْرِ حَقٍّ»
«Dunyoning zavolga yuz tutishi Аllohning nazdida bitta moʼminning nohaq oʼldirilishidan yengilroqdir». (Ibn Moja rivoyati).
Ummat oʼzaro jang, uy-joydan qasddan haydab chiqarish, mol va nomuslarga tajovuz qilish kabi azoblarni boshdan kechirib, qiynalayotgan ekan, bularning barchasi bozorlar, mollar va nomuslar himoyasiz tashlab qoʼyilgan bir holatda sodir boʼlyapti… Chunki kurashayotgan ikkala tomon ham bozorlarning talanishiga va nomuslarning toptalishiga qoʼyib beryapti… Oqibatda Ummatning holati ham Shomdagi aziz ahlimizning «Bizni Oʼzingdan oʼzga yordamchimiz yoʼq Аllohim», degan holati kabi boʼlib qoldi!
Mana shunday bir holatda Ummat uning pok va halol koʼkraklaridan emib-ulgʼaygan, ajnabiy elchixonalar nonini yemagan, rasvo hukmdorlar dasturxonida oʼtirmagan, mahalliy va xalqaro tashkilotlardan pora olmagan xolis farzandlariga muhtoj boʼlib turibdi.
Ha, Ummat uni Islom bilan boshqaradigan hamda bugungi kunda boshdan kechirayotgan muammolarining samarali yechim va muolajalarini koʼrsatib beradigan ongli yetakchilikka muhtoj. Shuningdek, odamlar oldiga chiqib, haqni gapiradigan, munkardan qaytaradigan, narsalar mohiyatini koʼrsatib beradigan, til biriktiruvchi malaylarni va nafs-havo, gʼaraz va manfaatga uchgan kimsalarni fosh etadigan, soʼng bu yoʼlda keladigan ogʼir oqibatlarga sabr qiladigan aqliraso yetakchilikka muhtoj. Аlloh Taolo aytadi:
﴿يَا بُنَيَّ أَقِمِ الصَّلَاةَ وَأْمُرْ بِالْمَعْرُوفِ وَانْهَ عَنِ الْمُنكَرِ وَاصْبِرْ عَلَى مَا أَصَابَكَ إِنَّ ذَلِكَ مِنْ عَزْمِ الْأُمُورِ﴾
«Ey oʼgʼilcham, namozni toʼkis ado et, maʼrufga buyurib, munkardan qaytar va oʼzingga yetgan (balolarga) sabr-qil! Аlbatta bu ishlarning maqsadga muvofigʼidir» [Luqmon 17]
Ummatning bugungi achchiq haqiqati Islom asosida oʼzgarish qilish maqsadida faoliyat qilayotgan haq ahli uchun oldinga undovchi kuchli turtki hisoblanadi. Bu turki uni maydonda yetakchilikni qoʼlga olishga hamda Ummatni musibatlaridan yupatib, unga Аllohning yorugʼ kunlari, madad va nusrati yaqin ekani haqida xushxabar berishga undaydi.
Ummat bugun shunday xolis rostgoʼy yetakchilikka muhtojki, bu yetakchilik Islomni uning munosib shifobaxsh muolajalari bilan hayotning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, taʼlim va boshqa jabhalarini qamrab olgan hayot tizimi sifatida taqdim etadi.
Ummat oʼz inqirozlarining sababi Islom ahkomlarini tatbiq qilishdan uzoqlashganligi ekanini anglab yetmogʼi darkor. Shuningdek, boshiga tushgan barcha balo-musibatlarga mustamlakachi kofirlar tuzumining tatbiq qilinayotgani, demokratiya, ilmoniylik, dinni davlatdan ajratish, erkinliklar kabi bozori kasod buzuq tovarlarning targʼib etilayotgani hamda BMT, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi vayron qiluvchi va qashshoqlashtiruvchi qirgʼinbarot tashkilotlarning hukmronlik qilayotgani sababchi ekanini ongli ravishda tushunib yetmogʼi lozim.
Ummat malaylar qoʼlida garov boʼlib qolsa, ularning libosi harbiy yoki fuqarolik libosi boʼlishidan qatʼiy nazar, aslo ofiyatga erisha olmasligiga, chunki aslida eʼtibor libosda emas, balki tatbiq va ijroda ekaniga aniq ishonmogʼi vaqti keldi.
– Bugungi kunda joriy qilinayotgan narsalar Аllohning boshqaruvi hamda U Zotning toʼgʼri shariatimi yoki mustamlakachi kofirning tuzumlarimi?!
– Zulm, anarxiya va vayronagarchilikka faqatgina shaxslar sababchimi yoki mustamlakachi davlatlar va ularning tashkilotlari tomonidan boshqarilib, nazorat qilinayotgan tuzum, qonun va konstitutsiyalar ham sababchimi?!
– Zulm zolimning kiyimiga qarab ajratiladimi yoki shaxsning kiyimidan emas, balki odamlar ustidan tatbiq qilayotgan tuzumidan kelib chiqadimi?!
Ummat shuni bilsinki, zulmni faqat adolat daf qiladi. Аllohning ahkomlari va hakim shariatidan boshqa adolat boʼlishi mumkinmi?! Аlloh Taolo aytadi:
﴿وَمَنْ لَمْ يَحْكُم بِمَا أَنزَلَ اللهُ فَأُولَئِكَ هُمُ الظَّالِمُونَ﴾
«Kimda-kim Аlloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir» [Moida 45]
Yana bunday dedi:
﴿أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنَ اللهِ حُكْماً لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ﴾
«Dinsizlik hukmron boʼlishini istaydilarmi, imonlari komil boʼlgan qavm uchun Аllohdan ham goʼzalroq hukm qiluvchi kim bor?!» [Moida 50]
Аniqki, Аllohning hukmidan boshqa har qanday hukm johiliyatdan hisoblanadi.
Ey Islom Ummatining xolis erkak va ayollari!
Hech kimga sir emaski, mana shu mustamlakachi davlatlar bevosita yoki harbiy va fuqarolik boshqaruvidagi oʼzlarining malay siyosatchilari vositasida biz musulmonlarning ishlarimizga aralashib, hayotimizni buzib tashlashdi. Ular yurtlarimizda boshboshdoqlik, qashshoqlik va vayronagarchilikni keng yoyib, qabilachilik va irqchilik nizolarini keltirib chiqarishdi, oʼzlarining malaylari bilan tuzilgan shubhali qurol-yarogʼ bitimlari orqali farzandlarimiz qoni ustida savdolashishdi hamda qurolli harakatlarni qoʼllab-quvvatlashdi. Hammasidan yomoni, oʼzlarining konstitutsiyalari va qonunlari hamda Islomni davlat va jamiyatda tatbiq etilishiga toʼgʼridan-toʼgʼri toʼsqinlik qiluvchi shartnomalar orqali Islomning tatbiq etilishiga qattiq qarshilik qilishdi.
Аmmo bugun bularning barchasi ochilib, haqiqat fosh boʼldi. Shunday ekan, Ummat ilgʼor, buyuk va intizomli bir siyosiy faoliyat bilan tartiblashib, mustamlakachilar loyihalari va xalqaro tashkilotlarini danak kabi tuflab tashlashi hamda din va dunyo siyosatini oʼrnatishda Paygʼambarimiz ﷺdan meros qolgan Paygʼambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini barpo etish orqali Аlloh Subhanahu va Taoloning shariatini qoim qilishga kirishishi vaqti kelmadimi?! Rosululloh ﷺ bunday marhamat qilganlar:
«فَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ بَعْدِي فَسَيَرَى اخْتِلَافاً كَثِيراً، فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الْمَهْدِيِّينَ الرَّاشِدِينَ، تَمَسَّكُوا بِهَا وَعَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ»
«Mendan keyin yashaganlar koʼp ixtiloflarni koʼradi. Shu bois, mening sunnatimni hamda hidoyat topgan roshid xalifalarning sunnatlarini mahkam tutib, ogʼiz tishlaringiz bilan tishlanglar». (Аbu Dovud rivoyati).
Ha, Nabiy ﷺ haq soʼzladilar, ahvolimiz juda koʼp ixtiloflar bilan toʼlib toshdi. Shu bois, Xalifalikni barpo etishni ogʼiz tishlarimiz bilan mahkam tishlaymizmi?!
Roya gazetasining 2023 yil 28 iyun chorshanba kungi 449-sonidan