Rossiyadan Qirgʼizistonga kelayotgan pul hajmi qisqardi
Rossiyadan Qirgʼizistonga pul oʼtkazmalari oʼtgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Bu haqda Sputnik agentligi Milliy bank axborotiga tayanib xabar qildi. Xabarda ayytilishicha, oʼtgan yili mamlakatga xorijiy davlatlardan kirib kelgan mablagʼlar rekord darajaga yetgan boʼlib, ularning asosiy qismini Rossiyadan kelgan mablagʼlar tashkil qilgan.
“Gap jismoniy shaxslar tomonidan pul oʼtkazish tizimi orqali oʼtkazilgan mablagʼlar haqida bormoqda. Oʼtgan yilning aprel oyidan Qirgʼizistonga tushgan pul miqdori keskin oshib, aniqrogʼi iyul va avgust oylarida 300 million dollarni (rekord koʼrsatkichni) tashkil qilgan. Uning 90 foizdan ortigʼi Rossiyadan oʼtkazilgani maʼlum boʼldi. Taqqoslash uchun, oʼtgan yilning avvalgi besh oyida 1 milliard 30,3 million dollar oʼtkazilgan boʼlsa, bu mablagʼning 981 million dollari Rossiya Federatsiyasidan oʼtkazilgan. Joriy yilning avvalgi besh oyida esa deyarli 798 million dollar oʼtkazilgan boʼlib, uning 722,8 millioni Rossiyadan kelgan”, deyiladi xabarda.
Izoh: Mehnat muhojirlari orqali Rossiyadan Qirgʼizistonga kirib kelayotgan mablagʼlarning Qirgʼiziston iqtisodiyotiga sezilarli darajada taʼsiri katta. Iqtisodchi va tahlilchilar Qirgʼiziston iqtisodiyoti xorijda, xususan Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlar yuborayotgan mablagʼlarga qaram boʼlib qolganligini doim taʼkidlab kelishadi. Shuning uchun aksar hollarda Rossiya mehnat muhojirlarini deportatsiya qilish bilan Qirgʼizistonga tahdid kilayotganiga guvoh boʼlish mumkin. Chunki mehnat muhojirlari masalasi nafaqat Qirgʼiziston uchun, balki butun Oʼrta Osiyo respublikalari uchun “nozik masala” boʼlib qolgan. Hatto Rossiya mazkur respublikalarda yashovchi millionlagan fuqarolar uchun yagona ishlash va pul topish manbaiga aylanib qolgan, desa mubolagʼa boʼlmaydi.
Qirgʼiziston iqtisodining mehnat muhojirlaridan keladigan mablagʼlarga bunchalik bogʼlanib qolishi mamlakatning jiddiy iqtisodiy inqiroz holatiga tushib qolganini anglatadi. Аyni paytda neft, gaz, qoʼngʼir koʼmir va toshkoʼmir, oltin, temir, alyuminiy, volfram, mis, qalay, simob, qoʼgʼoshin-rux, surma rudalari kabi nodir konlarga boy boʼla turib, davlat iqtisodining jiddiy inqirozga yuz tutishi esa, mamlakatda kapitalizm tuzumining tatbiq qilinishining natijasini koʼrsatib turibdi. Chunki kapitalizm tuzumi “xususiylashtirish” bahonasida bir hovuch kapitalistlarga mamlakatdagi daromad keltiradigan barcha tarmoqlarni egallab olishga va ishlab chiqarish, tijorat kabi sohalarni monopoliya qilib olishga imkon yaratib beradi. Natijada mamlakatdagi omma xalqqa tegishli boʼlgan boyliklardan mosuvo boʼlgan xalq oddiy tirikchiligi uchun ming bir qiyinchiliklarni boshdan kechirishga majbur. Yaʼni davlatning jiddiy iqtisodiy inqirozga yuz tutishi mamlakatdagi boylikning yetishmovchiligidan emas, balki mavjud boylik toʼgʼri taqsim qilinmaganligi sababli vujudga kelmoqda. Bir soʼz bilan aytganda, aholisining 90 foizi musulmon boʼlgan oʼlkada Islom mabdasidan kelib chiqqan tuzum oʼzriga kapitalizm mabdasidan kelib chiqqan tuzumning tatbiq qilinishi jiddiy inqirozlarga sabab boʼlmoqda.
Bu tuzumda hokimiyat tabaqa musulmonlarga oid boʼlgan hisobsiz boyliklarni qaerga va qanday sarf qilayotgani haqida hisob-kitob berishni hayoliga ham keltishmaydi. Chunki kapitalistik tuzum ularga daxlsizlik huquqini berib, ularni nazoratning barcha turlaridan ozod qiladi. Yaʼni boylikning katta qismini oz sonli kishilar qoʼlida toʼplanib, koʼpchilikning undan mahrum boʼlishiga yoʼl ochish kapitalistik tuzumning tabiatidir. Toki, ustimizda kapitalistik tuzum hukm yuritar ekan, xalq bu boyliklardan oʼz haqqiga ega boʼlishi aslo kutilmaydi. Qachonki Islom nizomi xuddi oldingi musulmonlarga tatbiq qilinganidek bizga ham tatbiq qilinsa, ana shunda umumiy mulkdan qoʼlga kiritilgan boyliklarlar oldingi musulmonlarga taqsimlanganidek, bugun ham barcha davlat fuqarolariga taqsimlanadi. Demak, xalq oʼzlari tushib qolgan ogʼir ahvol, kambagʼallik, tanglik va ishsizlikdan xalos boʼlishi uchun kapitalizm tuzumining oʼzlariga tatbiq etilishini rad qilishlari hamda bu jirkanch mafkuraga qarshi bor kuchlari bilan kurashishlari va uning oʼrniga Islomiy mabdani tatbiq etishga harakat qilishlari lozimdir.
Аbdurahmon Odilov