Mabdaga asoslanish – xolislik hamda sirotul mustaqimdan ogʼmay yurishdir

231
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Mabdaga asoslanish – xolislik hamda sirotul mustaqimdan ogʼmay yurishdir

Musulmon birodarim, shuni bilingki, aqidangiz – hidoyatingiz nuri, mabdaingiz muqaddimasi, aqlingiz oʼzagi, fikr va saqofatingiz ruhi, nafsiyangiz markazi, shaxsiyatingiz poydevori, taqvoingiz manbai va toʼgʼriligingiz asosidir. Аmmo bu «islomlashgan» kufr va Islom pardasi bilan oʼralgan kofir ilmoniylik esa, sizni diningizdan ajratish uchun qoʼyilgan tuzoq hamda hozir va kelajagingiz uchun tahdid solayotgan dahshatli xatardir. Ushbu tuzoqning xatari uni sizga oʼtkazishni oʼz zimmasiga olgan va oʼzi sizlardan boʼlgan Gʼarb malaylarida oʼz aksini topadi. Ularning orasidagi Islom doirasiga mansub jamoalar, shaxslar, daʼvatchi va siyosatchilar eng xatarlilari hisoblanadi. Chunki ularning odamlar orasida qilayotgan ishlari juda ham zararli va halokatlidir. Bundan ham yomoni shuki, ular oʼzlarining tashqi koʼrinishi, laqabi va ruhoniy siymosi bilan odamlarning ishonchini qozonishdi. Natijada, odamlar ularning yolgʼonlarini tasdiqlashdi. Moʼʼtadil islomiy jamoalarning ilmoniylik sari, ayniqsa, Erdoganning ruhoniylikka burkangan ilmoniyligi sari intilishi buning yorqin isbotidir!
Shu bois, Аlloh xayringizni bersin, shuni unutmangki, mabdaga asoslanish – xolislik hamda sirotul mustaqimdan ogʼmay yurishdir. Zero, u bilan najotga va Robbul olamin rizosiga erishiladi. Moslashuvchanlik esa ogʼish, yoʼldan ayrilish va adashganlar koʼchasida tentirash boʼlib, u bilan – Аlloh asrasin – aniq ziyonga va olamlar Parvardigorining gʼazabiga giriftor boʼlinadi.
﴿أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَى تَقْوَى مِنَ اللهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَم مَّنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىَ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ وَاللهُ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ﴾
«Oʼz binolarini Аllohdan qoʼrqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini poydevor qilib olib, shu sababli oʼzi ham jahannam oʼtiga qulagan kimsami?! Аlloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas» [Tavba 109]

Roya gazetasining 2023 yil 5 iyul chorshanba kungi 450-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.