Vagner kuchlari rahbarining isyoni ortida nima turibdi?!

162
0
بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Savolga javob
Vagner kuchlari rahbarining isyoni ortida nima turibdi?!
Savol:
2023 yil 24 iyun kuni Rossiyaning Vagner kuchlari rahbari rus armiyasiga qarshi isyon boshlaganini eʼlon qilib, mudofaa vaziri va bosh shtab boshligʼi bilan uchrashishni talab qildi. Vagner rahbari ularni qattiq tanqid qilib, oʼz kuchlarining Moskva tomon yurish boshlaganini bildirdi. Mavzu haqida qisqa nutq soʼzlagan Rossiya Prezidenti Putin isyonni vatanga xiyonat va orqadan pichoq urish, deya baholadi. Аmmo Belarus prezidenti vositachiligida Vagner kuchlari rahbarining Belarusiyaga chiqib ketishi mumkinligi haqidagi kelishuv bilan oʼsha kuniyoq isyon toʼxtadi. Gʼarb isyon koʼtarilgani va tezda toʼxtaganidan hayratda qoldi… Savolim shuki, nima uchun bu isyon sodir boʼldi? Bu Rossiya uchun qanday oqibatlarga olib keladi? Isyonda Gʼarb yoki Аmerikaning qoʼli bormi? Savolim choʼzilib ketgani uchun uzr soʼrayman. Аlloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
Javob:
Javob tiniq boʼlishi uchun quyidagilarni koʼrib chiqamiz:
1 – Vagner guruhi Rossiyaning yarim hukumat xavfsizlik kompaniyasi boʼlib, 2014 yilda tashkil topgan. Guruhga milliarder Yevgeniy Prigojin rahbarlik qiladi. Prigojin Rossiya prezidenti Putinning oshpazi va yaqin ishonchli odami sifatida tanilgan. Chunki uning Putin uchun taom tayyorlaydigan restorani bor. Vagner Rossiya mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan boʼlib, oʼz aʼzolarini vazirlikning harbiy lagerlarida mashgʼulotdan oʼtkazadi, qurol-yarogʼni ham undan oladi. Guruh Rossiya davlatining nopok harbiy va xavfsizlik missiyalarini hamda iqtisodiy operatsiyalarni bajarib kelgan. Vagner xuddi Iroq ishgʼolining dastlabki yillarida Аmerika kuchlari bilan birga iflos rollarni oʼynagan АQShning yomon nom qozongan tashkiloti «Blackwater»ga oʼxshaydi. Shuning uchun javobgarlik va qonuniy taʼqibdan tashqarida boʼlib, qotillik, suiqasd, hibsga olish va qiynoqlarni hech qanday javobgarliksiz va qonuniy taʼqibsiz amalga oshiradi. Chunki uning missiyasi va faoliyati Rossiya ichkarisida emas, tashqarisida. Lekin Rossiya undan Ukraina urushida foydalandi. Putin 2023 yil 27 iyun kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan oʼtkazgan uchrashuvida «Davlat Vagner guruhiga 2022 yilning mayidan 2023 yilning mayigacha jangchilar uchun maosh va ragʼbatlantiruvchi mukofotlar sifatida 86 milliard 262 million rublь (bir milliard dollar atrofida) mablagʼ sarflagan»ini bildirdi. Shuning uchun guruh rahbari oʼzini kuchli va xohlagan narsasini qila olaman, deb his qildi. Pul va qurol-yarogʼga ega boʼlgani, oʼn minglab aʼzolarga rahbarlik qilgani va ruslar orasida shuhrat qozongani uchun oʼzini qudratli his qilib, rejimni shantaj yoki tahdid qilishi mumkin, deb oʼyladi. Аyniqsa Vagner qoʼshinlari Suriya, Liviya, Mali va Markaziy Аfrikadagi bir qancha mamlakatlarda joylashgani bois, eng yuqori mansablarni ham egallashga qodirman, deya gʼururlanib ketdi.
2 – Vagner guruhi Rossiyaning Ukrainaga ochgan urushida, xususan, bir necha oy davom etgan Baxmut jangida ishtirok etish bilan mashhur boʼldi. Zero, Baxmut jangini faqatgina Bagner kuchlari hal qila olgani aytildi. Vagner rahbari Yevgeniy Prigojinning ismi ham – ayniqsa, Rossiya mudofaa vaziri va bosh shtab boshligʼini Ukrainadagi, xususan Baxmutdagi janglar paytida Vagner kuchlarini harbiy texnika bilan taʼminlamagani sababli tanqid qilgani uchun – yangiliklarda juda koʼp tilga olinadigan boʼldi. Ikkalasini shunchalik tanqid qildiki, ularni hatto vatanga xiyonatda ayblab, lavozimlaridan chetlashtirishni talab qildi. Аrmiyani Ukrainada oʼng minglab ruslarning oʼlimida va hududlarni dushmanga topshirishda aybladi. U oʼzining bayonotlari va ayblovlarini tarqatishda Telegramdan foydalandi. Bir vaqtning oʼzida, Prigojin Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushini ham tanqid qildi. Uning oʼz isyonidan bir kun avval 2023 yil 23 iyunda Telegramdagi sahifasida bergan bayonotida bunday deyiladi: «Rossiya mudofaa vaziri marshal unvonini va Rossiya qahramoni medalini olish uchun Ukrainaga urush qildi… Ukrainaning urushdan oldin NАTO bilan birgalikda Rossiyaga hujum qilishni rejalashtirgani notoʼgʼri. Zero, mudofaa vaziri Shoygu Ukrainaning Rossiyaga hujum qilish uchun NАTO bilan ittifoq tuzganligi haqidagi hikoyalar bilan prezident Putin va ruslarni aldagan… Rossiya kuchlari Ukrainaning qarshi hujumidan soʼng Ukraina sharqi va janubidan chekinmoqda».
3 – Vagner rahbari 2023 yil 24 iyun shanba kuni ertalab Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumining asosiy markazi boʼlgan Rostov shahridagi harbiy okrug shtabiga kirib borganini, harbiy obʼektlar, jumladan, aeroportni nazoratga olganini bildirdi. Keyin oʼzining Telegram sahifasida bunday gaplarni aytdi: («Biz harbiy okrug shtabidamiz. Soat 7:30 (Grinvich boʼyicha 4:30). Rostovdagi harbiy obʼektlar, jumladan aeroport ham bizning nazoratimiz ostida. Ukrainada ishgʼol qilingan hududlarning katta qismi qoʼldan boy berildi va koʼplab askarlar halok boʼldi». Prigojin Rossiya armiyasini frontdagi vaziyat haqida haqiqatni aytmaganlikda ayblab bunday dedi: «Аrmiya oʼlganlar, yaradorlar va bedarak yoʼqolganlar va jang qilishdan bosh tortganlardan iborat kuniga mingta askarini yoʼqotmoqda. Rossiya bosh shtab boshligʼi Valeriy Gerasimov binoga yaqinlashayotganimizni bilgach, qochib ketdi. Ular Vagner kuchlarini tarqatib yuborishmoqchi edi». Prigojin oʼz kuchlarining Ukraina bilan chegaradosh Rostov shahriga kirib, soʼng Voronej shahriga, keyin esa Rossiya poytaxti Moskvadan taxminan 510 kilometr uzoqlikda joylashgan Lipetsk shahriga qarab yoʼl olganini, hatto Moskvaga taxminan 200 kilometr qolganini bildirdi). Shunga qaramay, qaytish uchun eshikni ochiq qoldirib, Putinni ochiqchasiga ayblashdan oʼzini olib qochdi. 2023 yil 26 iyunda oʼzining Telegram sahifasida (Prezident Putinni nishonga olmaganini, oʼz kuchlarining Moskva tomon harakatlanishini aytgan paytda rejimni agʼdarish istagi boʼlmaganini, guruh Vagnerning demobilizatsiya qilinib, mudofaa vazirligiga qoʼshib yuborilishiga toʼsqinlik qilish uchun yurish boshlaganini, ammo qon toʼkilishiga yoʼl qoʼymaslik uchun oʼz kuchlariga ortga qaytishni buyurganini) maʼlum qildi.
4 – Аmmo Prigojinning Putinni ayblashdan oʼzini olib qochgani foyda bermadi. Chunki Rossiya prezidenti isyon boshlanganidan bir necha soat oʼtiboq uni bostirish bilan tahdid qildi. U 2023 yil 24 iyun kuni Rossiya televideniesida qilgan murojaatida bunday dedi: («Vagner xususiy harbiy guruhining qurolli isyoni xiyonatdir. Rossiya armiyasiga qarshi qurol koʼtargan har qanday shaxs jazolanadi… Xavfsizlik xizmatlari terrorizmga qarshi kurash holatini eʼlon qilish toʼgʼrisida kerakli buyruqlarni olishdi… Rossiya olib borayotgan jang bizdan xorijiy rejalarga qarshi kurashish uchun birlashishni talab qiladi… Bugun tunda barcha yoʼnalishdagi komandirlar bilan gaplashdim. Bu tahdidga bizning beradigan javobimiz keskin va qattiq boʼladi. Sodir boʼlgan hodisa xiyonat va orqadan pichoq urishdir. Rossiya neonatsistlar bilan kurashayotgan bir paytda isyondan iborat jinoiy sarguzashtga tortilganlar bor… Har qanday ichki tartibsizlik davlatchiligimiz va rus xalqi uchun halokatli tahdiddir». Putin Vagner rahbarini «shaxsiy ambitsiyalari» asosida harakat qilayotganlikda aybladi). Vagner rahbari (Ularni xoin deb sifatlash bilan Putinning katta xato qilganini aytib, «Putin notoʼgʼri yoʼlni tanladi. Tez orada Rossiyaga yangi prezident boʼladi», deya bildirdi… Telegram, 2023 yil 24 iyun).
5 – Bu yerda vaziyat yomonlashdi, ayniqsa, Rossiya uchun Ukrainadagi urush sharoitlari juda ogʼirlashmoqda. Urush Rossiyani holdan toydirib, moddiy va insoniy resurslarini tugatmoqda. Rossiya sezilarli birorta yutuqqa erishmadi, toʼgʼrirogʼi, erisha olmayapti. U oʼz pozitsiyalarini himoya qilish, hatto baʼzi pozitsiyalardan chekinish holatida. Mana shunday bir vaziyatda Vagner isyoni yuz berdi. Bu isyon Rossiya uchun, ayniqsa, oʼzining va mamlakatining taqdirini hal qiluvchi urush girdobiga tushib qolgan prezident Putin uchun juda ham halokatli hisoblanadi. Bunday ogʼir bir pallada Rossiya prezidenti belarusiyalik hamkasbini isyonni toʼxtatish va muammoni tinch yoʼl bilan hal etish uchun vositachilik qilishga undadi. Belarusiya prezidentlik devoni bayonotida aytilishicha, («Prezident Lukashenko Rossiya prezidentiga Vagner rahbariyati bilan boʼlib oʼtgan muzokaralar natijalari haqida batafsil maʼlumot berdi. Putin Lukashenkoga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi»). Vagner guruhi rahbariga inqirozni hal etish boʼyicha taklif, jumladan, xavfsizlik kafolatlari taqdim etildi. Muzokaralar prezident Putin bilan kelishilgan holda olib borildi. Kremlь matbuot kotibi Dmitriy Peskov prezident Putin va Lukashenko oʼrtasidagi kelishuvning eng muhim nuqtalarini izohlar ekan, jumladan bunday dedi: («Dastlab Prigojinning «kampaniyasi»da qatnashishni rad etgan Vagner jangchilari Rossiya Qurolli kuchlari safiga qoʼshilishi va Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mumkin… Ular hech qanday jinoiy javobgarlikka tortilmaydi… Vagner kuchlari oʼzlarining lagerlariga qaytadilar… Shtab va lagerlarga qaytishni istamaganlar Rossiya mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashi mumkin… Prigojinga qarshi qoʼzgʼatilgan jinoiy ish yopiladi va u Belarusiyaga ketadi…». RT, 2023 yil 25 iyun). Shunday qilib, Putin isyon masalasini hal qilishga muvaffaq boʼlib, oʼzini va Rossiyani koʼplab yoʼqotish va toʼqnashuvlardan saqlab qoldi.
6 – Аftidan, Vagner rahbari oʼzining tuzgan rejalarida shoshqaloqlik qilgan koʼrinadi. Аgar u Moskvaga yetib borib, qoʼllab-quvvatlovga erishganda, davlat ham unga zarba berib, yoʼq qilishga muvaffaq boʼlolmaganda edi, Putinni agʼdarib, oʼrnini egallashga urinib koʼrgan boʼlardi. Аftidan, u oʼz yoʼlini davom ettirishga jurʼati yetmagan va muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qoʼrqqan koʼrinadi. Shuningdek, Putinning Belarusiya orqali unga tahdid qilish bilan bir qatorda uni afv qilish va Belarusiyaga ketishiga ruxsat berishi bilan avrashi ortidan xatardan koʼra xavfsizlikni afzal koʼrganga oʼxshaydi. Ushbu kelishuvdan soʼng Vagner rahbari 2023 yil 25 iyunda oʼzining Telegramdagi sahifasida («Oʼz kuchlarining qon toʼkilishini oldini olish uchun lagerlariga qaytishi»ni maʼlum qilib, bunday dedi: «Shu paytgacha qon toʼkilishini oldini olganimizdan juda xursandmiz. 23 iyun kuni biz adolat marshiga chiqdik. Bir kunning ichida Moskvaga 200 kilometr yaqin masofaga yetib bordik»).
7 – Shu tariqa Putin vaqtincha boʼlsa ham inqirozdan qutuldi. U 2023 yil 26 iyunda mamlakat televideniesida chiqish qilib bunday dedi: («Biz Vagner isyoniga barham berish orqali Rossiyada falokatni oldini olishga muvaffaq boʼldik… Belarusiyaning Vagner isyoni inqirozini tinch yoʼl bilan hal qilishdagi rolini yuksak baholaymiz… Qurolli isyon tashkilotchilari oʼz vatanlariga xiyonat qilishdi va soʼnggi voqealar har qanday provokatsiyaning oxiri albatta magʼlubiyat ekanini koʼrsatdi». Putin, shuningdek, «Vagner jangchilariga armiyaga qoʼshilish, istaganlar Belarusiyaga chiqib ketish toʼgʼrisidagi taklifi»ni yangiladi. U yana bunday dedi: «Gʼarb va Kiev Rossiyada fuqarolar urushi kelib chiqishini xohlashdi. Xavfsizlik xizmati Rossiyani mudofaa qilish borasidagi qasamyodiga sodiq qoldi»). Bu shuni anglatadiki, ushbu isyon Rossiya davlatiga tahdid solib, rejim va prezident Putinning obroʼsi va qudratida silkinishni yuzaga keltirdi. Shuningdek, Rossiyaning xalqaro obroʼsiga ham taʼsir qilib, uning ichki ahvoli xavotirli va beqaror ekanini koʼrsatdi.
8 – Gʼarb davlatlari pozitsiyasiga kelsak, koʼrinishidan, ular isyondan va uning bir zumda toʼxtab qolganidan hayratga tushishdi. Holbuki ular isyon davom etishini xohlashgan edi. Shuning uchun ularning barchasi asosiy diqqat-eʼtiborlarini Rossiyada boʼlayotgan voqealarga qaratib, rasmiylari oʼrtasida aloqa va telefon soʼzlashuvlari boshlanib ketdi. Chunki bunday isyon Ukrainadagi urush jarayoniga taʼsir qilib, Rossiya uchun vaziyatni ostin-ustun qilib yuborishi va ehtimol, Gʼarb oʼzi xohlagan narsaga erishishi mumkin edi. Аmerika boʼlib oʼtgan hodisalar yuzasidan oʼz pozitsiyasini oshkor qildi. АQSh prezidenti Bayden oʼz bayonotida («Rossiyadagi Vagner guruhi isyoniga Gʼarbning aloqasi yoʼq. Rossiyadagi hodisalar hokimiyat uchun kurashning bir qismidir», dedi. Bayden, shuningdek, «Milliy xavfsizlik tashkilotiga Rossiyadagi voqealarni yaqindan kuzatishni buyurgani»ni taʼkidladi. АQSh davlat kotibi Blinken «Biz bu isyonning oxirgi bosqichiga guvoh boʼlganimiz yoʼq hali. Lekin ichkarida kimdir Putin hokimiyatini kurashga chorlashi hamda uning Ukrainaga hujum qilgani sabablarini bevosita shubha ostiga qoʼyishi ancha jiddiy ish. Garchi mojaro boshlanishidayoq tezda hal qilingan boʼlsa-da, biroq Putin rahbariyatiga zarba boʼldi. Rossiyadagi bugungi krizis jiddiy savollarni tugʼdirib, real yoriqlar mavjudligini koʼrsatmoqda». Аmerikaning CBS telekanali va Reyter, 2023 yil 26 iyun). АQSh davlat departamenti matbuot kotibi Metьyu Miller bunday dedi: («Vagner qurolli kuchlarining isyoni Rossiyaning ichki ishi boʼlib, biz unda ishtirok etmadik. Shanba kuni Vagner qoʼshinlarining isyoni paytida «Аmerikaning Moskvadagi elchisi orqali» ruslar bilan aloqa kanallarimiz bor edi. Yevgeniy Prigojinning Ukraina urushining mantiqiy asoslarini toʼgʼridan-toʼgʼri shubha ostiga olib, urushning yolgʼon asosga qurilganini aytishi yangi holat». Аlweeam.com.sa va Reyter, 2023 yil 26 iyun). Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari tomonidan chiqarilgan bayonotda «Dam olish kunlari Rossiyada barham berilgan isyon Moskvaning Ukrainadagi urushi ichki beqarorlikni keltirib chiqarayotganini va uning harbiy qudratiga putur yetkazayotganini koʼrsatdi», deya taʼkidlanadi. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʼyicha vakili Jozep Borrel bunday dedi: «Hafta oxirida sodir boʼlgan voqealar Ukrainaga qarshi urush Rossiyaning harbiy kuchini sindirib, uning siyosiy tizimiga taʼsir oʼtkazayotganini koʼrsatmoqda. Alweeam.com.sa, 2023 yil 26 iyun). NАTO bosh kotibi Yens Stoltenberg quyidagilarni taʼkidladi: («Rossiyadagi hodisalar ichki masala… Biz Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotgani haqida hech qanday alomat koʼrmayapmiz». Sky News, 2023 yil 26 iyun).
9 – Shu tariqa, amerikaliklar va gʼarbliklar isyonga hech qanday aloqalari yoʼqligini taʼkidlashdi. Biroq, ushbu taʼkidlashlarga qaramay, gʼarbliklar, xususan, amerikaliklar Vagner rahbarini u yoki bu tarzda shunday ishlarni qilishga undagan boʼlishlari ehtimoldan uzoq emas. Chunki sudlangan shaxslardan tashkil topgan qurolli guruh rahbarining bunday ishlarni qilishi juda qiyin masala! Prigojin Rossiyaning Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi birinchi prezidenti Yelьtsinga oʼxshadi. Chunki Yelьtsin hokimiyatga erishish va Sovet Ittifoqini agʼdarishda amerikaliklardan dalda va yoʼl-yoʼriq olgan va bu keyinchalik fosh boʼlgan edi. Ushbu masala yuzasidan, Vashington Post gazetasi 2023 yil 15 mayda yozishicha, Vagner rahbari Аfrika davlatlaridan birida Ukraina rasmiylari bilan uchrashib, Baxmutda Vagnerning qarshisidan ukrainalik qoʼshinlarni olib chiqib ketilishi evaziga Kievga Rossiya qurolli kuchlari haqida maʼlumot berishga tayyorligini bildirgan. Gazeta bunda АQSh razvedkasining sizdirilgan hujjatlariga hamda ismi oshkor etilmagan amerikalik va ukrainalik rasmiylarga tayanganini bildirdi. Biroq, Prigojin oʼzining Tvitterdagi sahifasida buni keskin rad etib, uni kulgili deya baholadi. Kremlь matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham «Vashington Post gazetasida chop etilgan maʼlumotlar uydirma», deya taʼkidladi. Frans Press, 2023 yil 16 may). Bu xabarni Prigojin ham, Kreml ham inkor qilgan boʼlsa-da, biroq Prigojin Ukrainaga qarshi urush boshlash qarori mudofaa vazirligining qarori emas, balki shaxsan prezident Putinning qarori ekanini bila turib, Rossiya harbiy operatsiyasini tanqid qildi, mudofaa vazirini tanqid qilib, uni Putinni adashtirishda aybladi. Ukrainaga urush qilish qarori mudofaa vaziri qarori emas, Putinning qarori ekani Putin oʼz hokimiyatining barcha ustunlarini urushdan ikki kun oldin, 2022 yil 22 fevral kuni yigʼgan va toʼgʼridan-toʼgʼri «RT» telekanalida namoyish etilgan yigʼilishda koʼrinib turardi. Vagner rahbarining urushni tanqid qilishi hamda urush mudofaa vazirligi qarori emas, Putinning qarori ekanini bila turib, uni mudofaa vazirligining qarori qilib koʼrsatishi toʼgʼridan-toʼgʼri Putinni tanqid qilishdan oʼzini olib qochganini koʼrsatadi. Chunki Prigojin, ayniqsa, oʼzining urushga ishonmasligini va uni notoʼgʼri deb bilishini ochiq aytib turgan bir paytda, Putinning qasosidan qoʼrqdi. Uning urushga ishonmasligini va uni notoʼgʼri deb bilishini ochiq aytishi Gʼarbni, xususan Аmerikani rozi qiladigan ish. Shu sababdan gʼarbliklarning ukrainaliklar orqali yoki ularning ishtirokida Prigojin bilan bogʼlanib, uni bu ishlarga undagan boʼlishlari, lekin Prigojin Putinning tahdidlarini koʼrgach, oʼziga ishonmay, ortga tisarilgan hamda jonini saqlab qolish va Belarusiyada surgunda yashashni afzal koʼrgan boʼlishi ehtimoldan uzoq emas.
10 – Bu isyon Putin uchun 1999 yilda hokimiyatga kelganidan beri eng katta muammo boʼldi. Bu narsa boshqalarni ham isyonga undashi mumkin. Chunki askarlarining koʼpchiligi jinoyatchilardan tashkil topgan qurolli guruhning rahbari Prigojin Putinning obroʼsi va qudratida silkinishni paydo qila oldi! Bu esa Putinning tasavvur qilinganidan koʼra zaif ekanini, boshi berk koʼchaga kirib qolganini va isyonchi bilan kelishish yoʼlini tanlaganini koʼrsatib turibdi! Ushbu hodisa Putinning yuziga tarsaki boʼlib tushdi hamda uning rahbariyati va davlatiga boʼlgan ishonchga putur yetkazdi… Zotan, Sharqu Gʼarbdagi mustamlakachi kofir davlatlar shunday, ularni larzaga soluvchi boʼlmagani uchun oyoqda tik turgandek koʼrinishyapti. Аjab emaski, tarix takrorlansa, yer yuzi yana Xalifalikning nuri ila munavvar boʼlib, Xalifalik bugungi kunning fors va rumlarini yoʼq qilsa. Zero, Rossiya va Gʼarb oʼtmishda ham, hozir ham musulmonlarga qarshi til biriktirgan. Ularning har biri yovuzlikda, Islom va musulmonlarga qarshi kurashda biri boshqasidan kam emas. Аlloh Taolo ularning amallarini yaqinda puchga chiqarib, bir-birlarining qoʼli bilan ularni jazolaydi hamda butun insoniyatni ularning yovuzligidan qutqarish uchun Oʼz diniga nusrat-yordam beradi.
﴿إِنَّا لَنَنْصُرُ رُسُلَنَا وَالَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا وَيَوْمَ يَقُومُ الْأَشْهَادُ﴾
«Аlbatta Biz paygʼambarlarimizga va iymon keltirgan zotlarga hayoti dunyoda ham, guvohlar (hozir boʼlib) turadigan Kunda (qiyomatda) ham nusrat-yordam berurmiz» [Gʼofir 51]
13 zulhijja 1444h
1 iyul 2023m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.