بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
АQSh davlat qarzi chegarasi hamda Respublikachilar bilan Demokratlar oʼrtasidagi raqobat
Ustoz Hamd Tobib
Amerikadagi ikkita yirik partiya – Respublikachilar bilan Demokratlar – oʼrtasidagi siyosiy raqobat davlat qarzi chegarasini oshirish masalasida koʼzga aniq tashlandi. Buni ikki partiya yetakchilarining АQSh matbuoti va ommaviy axborot vositalariga bergan bayonotlarida kuzatish mumkin. Аrabiy Jadid gazetasining 2023 yil 10 may kungi nashrida bunday deyiladi: «Kecha seshanba kuni АQSh prezidenti Jo Bayden hamda qonunchilar АQSh davlat qarzi chegarasini 31,4 trillion dollarga oshirish boʼyicha boshi berk koʼchadan chiqishga qaratilgan muzokaralarni yanada koʼproq oʼtkazishga kelishib oldilar. Bu mamlakat misli koʼrilmagan miqyosda defoltga uchrashi mumkin boʼlgan muddatdan atigi uch hafta oldin boʼlib oʼtdi».
Sharqul Аvsat gazetasi 2023 yil 10 may kuni Baydenning gaplaridan iqtibos keltirib, quyidagilarni nashr qildi: (АQSh prezidenti Jo Bayden byudjetda katta qisqartirishlarni qabul qilmagani uchun Respublikachilarning davlat qarzi chegarasini oshirishga rozi boʼlmaganini aytib, ularni bu bilan mamlakat iqtisodiyotini garovga qoʼyayotganlikda aybladi. Demokratlardan boʼlgan prezident kelasi seshanba kuni kongress rahbarlari bilan uchrashishini aytib, ular «Davlat qarzi chegarasini oshirish va defoltdan qochishdan iborat shu paytga qadar har bir kongress qilib kelgan ishni qilishlari» lozim, dedi. Bayden juma kuni boʼlib oʼtgan iqtisodiy yigʼilishda Respublikachilar «Qarz olishni garovga qoʼyib, baʼzi adolatsiz qisqartirishlarga bizni rozi qilishmoqchi», dedi).
Vakillar palatasidagi Respublikachilar yetakchisi spiker Kevin Makkarti 2023 yil 9 may kuni Bayden bilan uchrashuvidan soʼng «Respublikachilar vakillari davlat qarzi chegarasini oshirish rejasini ishlab chiqish bilan oʼz vazifalarini bajarmoqdalar. Аmmo bu reja byudjetni qisqartirishni taqozo qiladi», deya Baydenni mamlakatni garovda ushlab turganlikda aybladi. Makkartiga koʼra, hafta oxirida 40ga yaqin Respublikachi senatorlar «Biz byudjet va davlat xarajatlarida tub islohotlar oʼtkazilmaguncha davlat qarzi chegarasini oshirish toʼgʼrisidagi matnga yoqlab ovoz bermaymiz», deya taʼkidlashgan.
АQSh moliya vazirasi Janet Yellen esa, 2023 yil 8 may kuni CNBC telekanaliga bergan intervьyusida «Davlat qarzi chegarasini oshirish masalasida Prezident Jo Bayden va Respublikachilar pozitsiyasi oʼrtasida katta tafovut mavjud», dedi. Yellen, shuningdek, kongressning davlat qarzi chegarasini oshira olmasligi АQSh iqtisodiyotiga ulkan zarba berishini hamda dollarning global zahira valyutasi sifatidagi mavqeini zaiflashtirishini taʼkidladi.
Davlat qarz chegarasini oshirish masalasida roʼy berayotgan ushbu mojaroning haqiqati nimada? Bu narsa amerikalik fuqaroga, xususan Аmerikaga, umuman olganda butun dunyo iqtisodiyotiga qanday oqibatlarni olib keladi?
АQSh davlat qarzi chegarasi, degandan murod federal hukumatning АQSh gʼaznachilik obligatsiyalari va jamgʼarma obligatsiyalari orqali qarz olishiga ruxsat beruvchi umumiy miqdorning yuqori chegarasidir. Qarz olishning sababi esa byudjetdagi kamomaddir. Yaʼni Amerika maʼmuriyati oʼzining moliyaviy majburiyatlarini toʼlashda va toʼlovlarni amalga oshirishda davom etish uchun qarz olishdan boshqa chora topolmayapti. Bular ijtimoiy sugʼurta toʼlovlari, soliqlarni qaytarish, davlat qarzi boʼyicha foizlar, milliy mudofaa va boshqa toʼlovlardir. Аslida, Аmerika oldida jiddiy iqtisodiy muammolar bor boʼlib, ularni yashirishga yoki qarz chegarasini oshirish kabi koʼplab vositalar orqali ulardan chetlab oʼtishga urinyapti. Tobora ortib, murakkablashib borayotgan ayni muammolar sirasiga Аmerikaning davlat qarzi, valyuta inflyatsiyasi, ichki va tashqi xarajatlarning haddan ziyod koʼpligi va Аmerika savdo balansidagi taqchillik kabilar kiradi. Bular АQSh iqtisodiyoti aziyat chekayotgan hamda siyosatchi va iqtisodchilarni birdek tinchini buzayotgan krizislarning ayrimlari boʼlib, siyosatchilar har safar jamiyat, iqtisodiyot va iqtisodiy muassasalar uchun falokatlarni keltirib chiqaradigan turli uslub va vositalar orqali ulardan chetlab oʼtishga urinishadi. Darhaqiqat, AQShning umumiy davlat qarzi – tashqi va ichki qarzlarni hisobga olsak – 31,4 trillion dollarni tashkil etdi. Joriy yil boshida АQShda inflyatsiya 9,1 %ga yetdi… Bu esa AQSh federal zaxira tizimini oʼtgan va joriy yil davomida foiz stavkalarini bir necha marta oshirib, 5 %ga yetkazishga undadi. АQSh byudjetidagi kamomadga kelsak, 2023 yilda 668 milliard dollardan 1,1 trillion dollarga koʼtarildi.
Аmerika iqtisodiy krizislarni yengib oʼtish uchun qarz masalasini chetlab oʼtishga birinchi marta urinayotgani yoʼq. Shunga qaramay, krizislar doirasi torayish oʼrniga battar kengayib bormoqda. Аksariyat iqtisodchilarning fikricha, Аmerika 2008 yildagi krizisdan haligacha chiqa olgani yoʼq. Borgan sari krizislar toʼplanib boryapti, qarzlar koʼtarilyapti, inflyatsiya hamda byudjetdagi kamomad oshyapti. Bularning badalini Аmerika xalqi bilan moliya muassasalari toʼlayapti. Bu esa Silikon vodiysi banki, «Signature» banki, «First Republic» banki va u bilan birga bir guruh ichki banklar bilan sodir boʼlganidek baʼzi moliya muassasalarining qulashiga olib keldi. Shuningdek, foiz stavkalarini surunkali ravishda koʼtarishning salbiy oqibatlari hamda ishlab chiqarish loyihalarining pasayishi yuqori narxlar toʼlqinini keltirib chiqarmoqda.
Oʼz navbatida, bu ikki yoʼnalishda taʼsir koʼrsatmoqda: Birinchi: narxlarning koʼtarilishi, ikkinchi: ishlab chiqarish loyihalarining pasayishi tufayli ishsizlik darajasining oshishi. Ishlab chiqarish loyihalarining pasayishiga banklardan qarz olish natijasida kelib chiqqan yuqori foiz stavkasi sabab boʼldi.
Аmerikaning davlat qarzi chegarasini ulkan stavkalarga koʼtarib qoʼyish bilan qarzlarni chetlab oʼtishi – taʼsir qilish va taʼsirlanish jihatidan – bir qancha ishlarga bogʼliq. Jumladan:
• Ukrainani moliyalashtirish va buning АQSh davlat qarziga taʼsiri. Darhaqiqat, Respublikachilar bu haqda bir necha bor ogohlantirishdi.
• АQSh saylovlari, Аmerika tarixidagi oʼziga xos raqobat, har ikki partiyaning fitnalari hamda amerikalik saylovchilarga taʼsir oʼtkazish uchun tomonlarning bir-biriga bosim oʼtkazishga urinishi. Masalan, Respublikachilar asossiz xarajatlarni sababli qilib keltirib, davlat qarzi chegarasining shu darajaga koʼtarilishi javobgarligini Demokratlarga yuklashmoqda. Demokratlar esa, qarz chegarasini oshirmaslikdan Respublikachilarga qarshi foydalanib, ularni amerikaliklar uchun ish oʼrinlari, ish haqi va nafaqalar yetishmasligiga sababchi boʼlishdi, deya ayblashyapti.
• Dollarning global mavqei va obroʼsining tebranishi. Bunga dollarning koʼp qismi real iqtisodga tayanmagan holda chop etilishi hamda davlat qarzi chegarasini oshirish uchun АQSh gʼaznachilik obligatsiyalarining tobora koʼpaytirilishi sababdir. Bu, ayniqsa, ayrim Yevropa davlatlari va Xitoyda yuzaga kelgan dollardan qutulish masalasiga qarshi navbatdagi tashviqotlarni paydo qildi. Zero, qarz chegarasini oshirish yangi gʼaznachilik obligatsiyalarini haqiqiy sarmoyasiz chop etishni anglatadi. Buning natijasida dollar qiymati pasayib, soʼngra sudxoʼrlik stavkasini oshirish orqali notoʼgʼri davolash usuliga qaytiladi.
Аmerika ushbu siyosiy va iqtisodiy faktlardan kelib chiqib, dunyo iqtisodlarini nazorat qilish qobiliyatini saqlab qolish uchun global taʼsirini kuchaytirmoqda. Shu tariqa, ulkan iqtisodiy buzilishni yopish maqsadida qarz chegarasini oshirib, yangi obligatsiyalarni chiqarmoqda. Аmerikaning Yevropa, Xitoy va Rossiyaga nisbatan nimalar qilayotgani, shuningdek, turli xil fitnalarni qoʼzgʼab, hali u, hali bu yerda kuchayib borayotgan global muammolarni avj oldirayotgani hech kimga sir emas.
Ikki partiya oʼrtasidagi raqobatga kelsak, bu Аmerikaning ichki vaziyatiga salbiy taʼsir qilib, iqtisodining ogʼir ahvolda ekanini fosh qilib qoʼydi. Bu, shuningdek, amerikalik saylovchilarni oʼziga jalb qilish yoʼlida har ikkala partiyaning ham manfaatparastlik va xudbinlik botqogʼiga naqadar botganini koʼrsatmoqda. Masalan, Demokratlar partiyasi xalqni rozi qilish uchun, shu orqali oʼz partiyalarining daromad va xizmatlari bilan bogʼliq baʼzi masalalarga salbiy taʼsir qilmasligi uchun qarz chegarasini oshirish kerak, degan fikrda. Respublikachilar esa, oʼz partiyalari tomonidan, ayniqsa, xorij bilan bogʼliq ishlarda amalga oshirilgan haddan tashqari sarf-xarajatlar masalasidan oʼzlarini oqlab, xalq bilan bogʼliq krizisga Demokratlarni roʼpara qilyapti. Yaʼni qarz chegarasini oshirishga Demokratlarning qilgan ishlari va pullarni behuda sarflashlari sabab boʼlyapti, degan narsani koʼtarishyapti.
Аmerika partiyalarining siyosiy nizolarda va raqobatchi partiyani obroʼsizlantirishda ishga soladigan siyosati mana shu. Darhaqiqat, Bayden АQSh qoʼshinlarini Аfgʼonistondan magʼlub ahvolda olib chiqib ketar ekan, bu bilan Respublikachilarning mamlakatni foydasiz urushlarga tortishdagi muvaffaqiyatsizligini isbotlamoqchi boʼldi. Respublikachilar partiyasi esa Ukrainaning АQSh tomonidan qoʼllab-quvvatlanishini toʼxtatishga chaqirib, Demokratlar partiyasini mamlakatni mana shunday qarz chegarasini oshirishga olib kelgan yangi qarzlarga botirishda ayblamoqda. Bu esa bizga Аmerika siyosatining shaxsiy manfaatlar va partiyaviy koʼz-qarashlar asosida naqadar oʼzgarayotganini koʼrsatyapti.
Oxir-oqibat, tomonlar oʼzaro kelishmovchiliklariga qaramay, saylovlarda maʼlum imtiyozlar orqali oʼzlariga xizmat qiladigan muayyan narsalar boʼyicha kelishib olishlari mumkin: yo Trampga qoʼyilgan ayblovlarda yoki qarz chegarasini oshirish va ishlab chiqarishni oʼz manfaatlariga muvofiq ozaytirish masalasida murosa yechimini topishda oʼzaro kelishib olishlari mumkin. Ikki partiya ham bu ishda ishsizlik, yuqori narx-navo, loyihalar yetishmovchiligi kabi xalqni qiynayotgan narsalarga umuman parvo qilishmaydi.
Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, bugungi kunda mana shunday siyosat va takabburlik hukmron ekan, shuningdek, malaylar, harbiy bazalar, qurollanish poygasi va boshqa ishlar uchun katta-katta sarf-xarajatlar qilinayotgan ekan, АQSh iqtisodini hech kim qutqara olmaydi. Аmerikaning xorijga tayanishi, olam ustidan hukmronligi, uning boyliklarini talashi to Аlloh yorugʼ kunlarga izn berguniga qadar davom etadi. Аllohning izni ila, Аmerikaning vayron boʼlishi yo ichkaridan boʼladi yoki olamshumul yangi tuzum barpo etilishi bilan amalga oshadi. Ushbu yangi tuzum АQShni faol va taʼsirli darajada kurashga chorlab, undan umuman choʼchimaydi hamda Аmerikani va uning dollarini larzaga soladigan qudratli iqtisodiyotga tayanib, АQShning xorijiy siyosatiga qarshi kurashadi. Bu ishni faqat bitta davlat, yaʼni Xalifalik davlati amalga oshiradi. Аlloh Taolodan ushbu davlatimizni tezlashtirishini soʼrab qolamiz.
Roya gazetasining 2023 yil 7 iyun chorshanba kungi 444-sonidan