Lavrov: G‘arb Markaziy Osiyoga kirishga urinmoqda
Xabar: G‘arb Markaziy Osiyo mintaqasiga gumanitar va harbiy jihatdan kirishga urinmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Bugun G‘arbning Markaziy Osiyoga shiddat va g‘ayrat bilan, jumladan, gumanitar va harbiy jihatdan kirishga bo‘lgan aniq bir maqsadga qaratilgan sa’y-harakatlari kuzatilmoqda”, – dedi Lavrov Rossiya-Tojikiston universitetida so‘zlagan nutqida.
Lavrov Markaziy Osiyodagi hamkorlarni “G‘arb tomonidan majburan o‘tkazilayotgan ham harbiy sohada, ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini o‘qitish dasturlaridagi hamkorlik sxemalarini” tanqidiy qabul qilishga chaqirdi.
Shuningdek, u G‘arb mamlakatlari tomonidan ilgari surilayotgan rivojlantirishga ko‘maklashish dasturlari aslida Markaziy Osiyo mintaqasini nazorat qilish va siyosiy-iqtisodiy muhitni o‘ziga mos keladigan qayta shakllantirish vositalari ekanini qo‘shimcha qildi.
Izoh: AQSH davlat kotibi Entoni Blinken 28 fevral va1 mart kunlari Markaziy Osiyoga tashrif buyurgandi. Tashrif davomida u Ostonada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojiksiton va Turkmaniston TIV rahbarlari ishtirokida “S5+1” formatida uchrashuv o‘tkazgan, so‘ngra Toshkentga kelib, mamlakat rasmiylari bilan “ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish” borasida muzokaralar o‘tkazgan edi.
Blinkenning ushbu tashrifiga munosabat bildirgan Sergey Lavrov: “Hozir biz nafaqat amerikaliklar, balki yevropaliklar va britaniyaliklarning rivojlanayotgan dunyoda, ayniqsa MDHda faolligi oshganiga guvoh bo‘lmoqdamiz – bu shunchaki yo‘l, ular u yerda mazkur mamlakatlar Rossiya Federatsiyasi bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolishiga qarshi ishlamoqda”, -degan edi.
Rossiya Ukraina urushidan holdan toyib borgani sari AQSH va Yevropa davlatlari rasmiylarining mintaqa davlatlari bo‘ylab tashriflari ko‘payib bormoqda. Blinkenning tashrifidan so‘ng joriy yilning aprel oyi oxirida AQSH Moliya vazirligining moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘rinbosari Elizabet Rozenberg va Savdo vaziri o‘rinbosari Metyu Akselrod Qirg‘izistonga tashrif buyurib, hukumat vakillari va Milliy bank rahbari bilan Moskvaga qarshi joriy qilingan sanksiyalarni chetlab o‘tish yo‘llarini to‘xtatish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ma’lumki, AQSH Markaziy Osiyoda Rossiya nufuzini zaiflashtirish uchun “S5+1”, Turkiya rahbarligidagi “Turkiy davlatlar tashkiloti”dan foydalanib mintaqada o‘z ta’sirini kuchaytirishga intilib kelmoqda. Tabiiyki, nufuz va yangi mustamlaka kurashida Yevropa davlatlari ham bir chetda qolayotgani yo‘q. Ammo, Yevropa davlatlari rasmiylarining mintaqa davlatlari bo‘lab amalga oshirayotgan bunday tashriflari ko‘proq AQSHning Rossiyani holdan toydirish va Xitoyning mintaqa davlatlariga iqtisodiy qaramligini kamaytirishga qaratilmoqda. AQSH Ukraina urushini qo‘zg‘ash orqali Yevropa davlatlarini ham o‘z siyosati doirasida harakat qilishga majburlashga muvaffaq bo‘ldi.
Avval aytib o‘tganimizdek, Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O‘Sallivan 28-martda Markaziy Osiyoga mamlakatlariga tashrifini Qirg‘izistondan boshlagan va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga amal qilinayotganini tekshirish uchun O‘zbekiston, Qozog‘istonga ham tashrif buyurgan edi. 28-aprelda esa O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. 2 iyun kuni Qirg‘izistoning Cho‘lpon ota shahrida “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tdi.
AQSH shuningdek, mintaqa davlatlarini Xitoyning iqtisodiy qaramlikdan chiqarish uchun Singapur va Qatar kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarni ham ishga solmoqda. Yaqinda Singapur prezidenti Halima Yoqub Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, bir necha milliard dollarlik shartnomalar imzolangan bo‘lsa, Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, shu kuni kechga yaqin Qirg‘izistonga tashrif buyurdi.
Tabiiyki, mintaqa davlatlariga AQSH va Yevropa davlatlari rasmiylarining serqatnov bo‘lib qolishi Rossiya uchun istalmagan holat bo‘lib, Rossiya mintaqa davlatlarini o‘z changalida ushlab qolish uchun mehnat muhojirlariga nisbatan bosim kuchaytirish orqali mahalliy hukumatlardan g‘arbparast kuchlar va nodavlat tashkilotlarga qarshi kurashishni talab qilmoq.
Bizning hukumatdagilar esa qaysi mustamlakachidan ko‘proq foyda bo‘lishini ko‘zlab, Rossiyani yanada holdan toyishini kutib turishibdi. Agar urush davom etib, Rossiya Ukraina urushiga tomoman botib qoladigan bo‘lsa, rahbarlarimiz hech ikkilanmay mintaqani boshqa mustamlakachi qo‘liga qo‘shqo‘llab topshirib yuborishadi. Ularning yagona maqsadi qanday qilib bo‘lsa ham o‘z taxtlarida uzoqroq qolishdan iborat xolos. Shunday ekan, biz musulmonlar o‘z kelajagimiz va taqdirimizni mustamlakachilar qo‘g‘irchoqlari bo‘lgan hokimlarga topshirib qo‘ymay, bizlarni ikki dunyo azizligiga olib boruvchi islomiy Xalifalik davlatini barpo etish yo‘lida harakat qilishimiz zarur. Faqat Xalifalik davlatigina bu mustamlakachilarning musulmonlar va yurtlarimiz ustida olib borayotgan jirkanch o‘yinlariga chek qo‘ya oladi.
Abdurahmon Odilov