Arab davlatlari ruvaybizalari Jiddadan turib yahudiy vujudiga ishonch telegrammalarini yuborishmoqda

160
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Arab davlatlari ruvaybizalari Jiddadan turib yahudiy vujudiga ishonch telegrammalarini yuborishmoqda

Saudiyaning Jidda shahrida Arab davlatlarining 32-sammiti yakunlandi. Ishtirokchilar tomonidan sammitning yakuniy bayonoti ma’qullangani bildirilib, bunday deyildi: «Sammit ishtirokchilari Suriya rejimi delegatsiyasining Arab davlatlari Ligasi kengashida qayta ishtirok etishi bilan bog‘liq qarorni olqishlaydilar. Ular bu narsaning Suriya barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga, uning hududiy yaxlitligini saqlab qolishga va arab dunyosidagi tabiiy rolining tiklanishiga hamda Suriyaning krizisdan chiqib olishi uchun arab davlatlari olib borayotgan sa’y-harakatlarning davom etishiga xizmat qiladi, degan umiddalar». Yana, shuningdek, Falastin masalasi markaziy o‘rinni egallashi hamda keng qamrovli va adolatli kelishuvga erishish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirishning muhimligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, xalqaro manbalarga asosan hamda 1967 yilgi chegaralarda poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlatini tiklashni kafolatlaydigan arab tinchlik tashabbusiga muvofiq ikki davlat yechimi asosida tinchlikka erishish istiqbolini topish lozimligi eslatib o‘tildi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin zaminidagi matbuot bo‘limi bunga quyidagicha izoh berdi:

«Odatdagidek yana arab davlatlarining katta jinoyatkor rahbarlari yig‘ilishdi. Bu safar o‘zlari bilan ishtirok etish uchun Shom tog‘uti Bashar Asadni ham taklif qilib, peshonalaridagi sharmandalik tamg‘asiga aylangan qilmishlarini yana takrorlashdi. Ular shu paytgacha, Falastin ma’muriyati uchun kichik bir zaif davlat qurib berish muqobilida yahudiylarning Falastinning to‘rtdan uch qismini nazorat qilishlariga hamda yahudiy vujudi bilan keng qamrovli arab normalizatsiyasini joriy qilishga imkon beradigan arab tinchlik tashabbusiga o‘zlarining amal qilishlarini ta’kidlab kelishgan edi. Shuningdek, muborak Falastin zaminidagi bosqinchilikni barqarorlashtirib, uning ustunlarini mustahkamlaydigan xalqaro qarorlarga rioya qilishlarini ham ta’kidlashgan.

Bu sammit yahudiy vujudi sodir etayotgan provokatsiya va zo‘ravonliklar avjiga chiqqan bir paytda bo‘lib o‘tdi. Biroq, sammitda ayni zo‘ravonliklar haqida lom-mim deyilmadi. Shu tariqa bosqinchilar rahbarlarini yanada ko‘proq jinoyatlarni sodir etishlari uchun yashil chiroq yoqib berish bilan xotirjam qilishdi».

Matbuot izohida quyidagicha qo‘shimcha qilindi:

«Ha, musibatimiz og‘ir… Boshimizga mana shunday jinoyatkor malay hukmdorlar balosi tushgan. Chunki yahudiylarga Falastinni bosib olishga imkoniyat yaratib berganlar ham, ularning xavfsizligi va chegaralarini qo‘riqlayotganlar ham, yahudiy rahbarlarini shuncha jinoyat va takabburliklaridan so‘ng xotirjam qilayotganlar ham mana shu hukmdorlardir».

Izoh yakunida quyidagilar ta’kidlandi:

«Islom Ummati uchun o‘zining birinchi galdagi vazifasi mana shu hukmdorlarni ag‘darib, taxtlarini vayron qilish ekanini anglab yetish vaqti keldi. Chunki bu hukmdorlar Ummatni yordamsiz qoldirib, mustamlakachilarga yerlarimiz, o‘zimiz va dinimiz ustidan hukmron bo‘lishga imkon berishdi».

Roya gazetasining 2023 yil 24 may chorshanba kungi 444-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.