BMT: Afrika shoxi mamlakatlarida ochlik inqirozi millionlagan insonlarning hayotiga xavf solmoqda

205
0

BMT: Afrika shoxi mamlakatlarida ochlik inqirozi millionlagan insonlarning hayotiga xavf solmoqda

Afrika shoxi mamlakatlarida millionlab odamlarni ochlik o‘z domiga tortmoqda. Bu haqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon Oziq-ovqat dasturining Afrika mintaqasi bo‘yicha direktori Maykl Danford matbuotga bergan bayonoti chog‘ida ogohlantirdi. Dunfordning ta’kidlashicha, mintaqada oziq-ovqat va energiya narxlarining yuqoriligi bilan bir qatorda qurg‘oqchilik va suv toshqini hamda Sudandagi to‘qnashuvlar mavjud vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ochlik inqiroziga sabab bo‘lmoqda.

Jahon oziq-ovqat dasturi mintaqaga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun 810 million dollar kerakligini e’lon qildi. Boshqa tomondan, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, izma-iz kelgan inqirozlar millionlab insonlarning hayotini xavf ostiga qo‘yganiga diqqat qaratib, xalqaro hamjamiyatdan Afrika shoxi mamlakatlari uchun zudlik bilan yordam so‘rab murojaat qildi.

“Inqiroz falokatga aylanib ketmasligi uchun uning oldini olishga hozirdan harakat qilishimiz kerak. Agar shoshilinch va katta mablag‘ ajratilmasa, operatsiyalar to‘xtab qoladi va natijada odamlar halok bo‘ladi”, dedi Guterresh Afrika shoxi mamlakatlari uchun mablag‘ yig‘ish tadbirida so‘zlagan nutqida.

Izoh: Afrika shoxi mamlakatlari tarkibiga, Afrika qit’asining shimoliy sharqida joylashgan Sudan, Janubiy Sudan, Somali, Eritreya, Efiopiya, Keniya, Uganda va Jibuti davlatlari kiradi. Aslini olganda bu davlatlar ulkan yer osti va usti boyliklariga ega davlatlardir. Oltin, kumush, olmos, uran, mis, neft, gaz, oltingugurt, nikel, volfram, temir, qo‘rg‘oshin, titan, platina, bazalt, xrom, slyuda, marganes, kaliy tuzi, kvars qumi, trona, kianit, diatomit, ohaqtosh, grafit, polimetall, flyuorit, tabiiy soda, kaolin, gips, asbest, tuz, pezokvars, tantal, niobiy, qalay, urantoriy, marmar, gips, fosforit, kobalt, polimetall rudalar, niobiy, sirkoniy, apatit, asl toshlar, marvarid, korall toshlari kabi qimmatbaho ma’danlar Afrika shoxi mamlakatlarida behisob mavjuddir. Bulardan tashqari chorvachilik, o‘rmonchilik, baliqchilik va dehqonchilik uchun keng imkoniyalarga ega. Shunday bo‘lishiga qaramay, bu mamlakatlarning aholisi ochlik inqirozi girdobida qolib, BMTning sadaqasiga ko‘z tikib o‘tirishini qanday izohlash mumkin?!

Hatto bu tabiiy boyliklar u yoqda tursin, kerak bo‘lsa, birgina Sudanning unumdor yerlari nafaqat Afrika shoxi mamlakatlarini, balki Ispaniyadan tortib, Indoneziyagacha cho‘zilgan butun Islom geografiyasini oziq-ovqat va qishloqxo‘jaligi mahsulotlari bilan bemalol, mo‘l-ko‘l ta’minlashga qodir. Islomiy olam bekorga Sudanga «oziq-ovqat savati» deb nom bergan emas. Ammo voqelikka qaralsa, bugungi kunda Sudanning o‘zi non krizisidan aziyat chekmoqda. Buning sababi nimada?!

Albatta bu holat kapitalistik tuzumning muvaffaqiyatsizligini yaqqol namoyon qilmoqda. Chunki xalqlarni mustamlaka qilish va boyliklarini talon-taroj qilish ochko‘z kapitalistik tuzumning tabiatidandir. Bugungi kunda Afrika qit’asi Kapitalistik tuzumning namoyondalari bo‘lgan Amerika va Yevropaning mustamlakasi ostida qolgan. Ular yuqorida nomlari keltirilgan qimmatbaho ma’danlarni xomashyo sifatida tashib ketishadi. So‘ng ortidan, o‘z boyliklaridan mahrum bo‘lib, ochlik yoqasiga kelib qolgan xalq uchun “timsoh ko‘z yoshlari”ni to‘kib, o‘zlaricha jon kuydirishgan bo‘lishadi.

Shunday ekan, Afrika aholisini og‘ir iqtisodiy ahvoldan qutqarish BMT kabi AQSHning istagiga ko‘ra harakat qiladigan tashkilotlarning yordam chaqiriqlari bilan bo‘lmaydi, aksincha, bu yordamlar Afrika aholisini yana-da qul qilish uchun xizmat qiladi. Axir Afrikaning boyliklarini tashib ketish uchun sun’iy urushlarni chiqarib, uni shu ahvolga solgan Amerika va Yevropaning o‘zi emasmi?!

Bu va bu kabi muammolar faqat va faqat Allohning shariatini tatbiq qilish bilangina hal bo‘ladi. Tarixda Xalifalik davlati soyasida bo‘lgan Afrika aholisi azizlik va xotirjamlikda hayot kechirdi. Musulmonlar ham, zimmiylar ham ocharchilik nimaligini bilishmadi. Masalan, Yahyo ibn Said Afrikada shariat ahkomlari tatbiq qilingan zamonlar haqida shunday rivoyat qiladi: «(Xalifa) Umar ibn Abdul-Aziz meni zakotlarni yig‘ib kelish uchun Afrikaga yubordi. Men ularni yig‘ib oldim. So‘ng zakot oladigan kambag‘allar bormi, deb so‘raganimda biron kambag‘alni ham, bu zakotlarni olishga haqli bo‘lgan biron muhtoj odamni ham topolmadim».

Ha, Islomni tatbiq etish sharofati bilan hayot shunday go‘zal bo‘lgan edi. InshaAlloh yaqinda tiklanib, Islomni tatbiq etajak Xalifalik davlatida ham hayot yana shunday go‘zal bo‘ladi. Xalifalik davlati soyasida hamma – musulmonlar ham, musulmon bo‘lmagan zimmiylar ham – iqtisodiy farovonlik, xotirjamlik, kengchilik ne’matidan bahramand bo‘ladilar.

Zohid Zargar

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.