Prigojin Ukrainaga rus qo‘shinlari haqida ma’lumot berishni taklif qildi
Rossiyaga oid Vagner yollanma guruhining rahbari Yevgeniy Prigojin jang maydonida o‘zlariga yo‘l ochilishi evaziga Ukraina hukumatiga rus qo‘shinlarining joylarini ma’lum qilishni taklif qilgan. Bu haqida “The Washington Post” gazetasi xabar tarqatdi. Gazetaning yozishicha, AQSHning Massachusets shtatidagi Milliy gvardiyada aviator bo‘lib ishlagan 21 yoshli Jek Teysheyra tarafidan sizdirilgan hujjatlarda, Prigojin va ismi oshkor etilmagan ukrainalik rasmiylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan va Prigojin o‘z taklifini taqdim etgan uchrashuv haqidagi ma’lumotlar oshkor qilingan. Mazkur hujjatlarga ko‘ra, Vagner og‘ir talofat ko‘rgan Baxmutdagi jangning oldingi chizig‘idan chekinishi evaziga Prigojin Ukrainaga rus qo‘shinlarining joylashuv yerlarini oshkor qiladi va Ukraina askarlari hujum qilganda aralashmay turadi.
Ayni paytda ismi oshkor qilinishini istamagan ikki nafar anonim ukrainalik davlat rasmiysi “The Washington Post” gazetasiga bergan intervyusida Prigojin Ukraina razvedkasi vakillari bilan bir necha bor gaplashganini tasdiqladi. Rasmiylardan biri Prigojin Baxmut uchun bir necha bor taklif kiritganini, ammo Kiyev rahbarlari bu taklifni rad etganinni bildirdi. Chunki, AQSH rasmiylari, xuddi Ukraina rasmiylari kabi, Vagner rahbarining niyatlariga shubha bilan qarashmoqda.
Izoh: Rus siyosatchilari uzoqni ko‘ra olmaganliklari tufayli Rossiya Ukrainada AQSHning qopqoniga tushib qoldi. Ukrainani sanoqli kunlar ichida egallab olish haqida katta gapirgan Rossiya, Urush boshlaganiga bir yildan o‘tganiga qaramay, haligacha deyarli hech qanday natijaga erisha olmadi. Bosib olgan hududlarda ham barqarorlik o‘rnata olmadi. Ba’zi mintaqalarni Ukraina qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi.
Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan Vagner guruhining salkam 8 oydan buyon Baxmut shahrini qo‘lga ololmay, og‘ir ahvolga tushib qolgani ham, Rossiyaning kundan kunga holdan toyib borayotganini tasdiqlab turibdi. Rossiyaning o‘zi ham buni his qilmoqda. Rossiya Harbiy-havo kuchlari jang maydonida ko‘rinmay qoldi. Hatto, Rossiyada doimiy hujum uyushtirish uchun yetarlicha raketa va samolyotlar qolmaganligi aytilmoqda.
Bu holat Rossiya davlatiga berilgan “buyuk davlat”, “kuchli davlat”, “qudratli davlat” kabi sifatlarning quruq gapligini va faqat havo bilan to‘ldirilgan shar kabi uning ichi bo‘shligini ko‘rsatmoqda. Shu darajadaki, u jang maydonidagi rus askarlariga qurol-yarog‘ va o‘q-dori yetkazib berishdan ojiz qolmoqda. Natijada dushmanga qarshi tura olmay o‘limga mahkum bo‘layotgan rus askarlari dunyo ko‘z o‘ngida Rossiya davlat rasmiylarini la’natlay boshladi.
Yadro qurollari, uzoq masofaga uchuvchi ballestik raketalari va S-400 kabi havo mudofaa tizimlari bilan dunyoda kuchli super davlat sifatida tasvirlanadigan Rossiyaning haqiqiy jang maydonida nimalarga qodirligi ko‘rinib qoldi. O‘tgan asrning 90- yillarida Rossiya Chechenistonga hujum qilganda bundan ham battar ahvolga tushgan edi. Bu orada “Rossiya bu yerda Ukraina bilan emas, balki Ukraina hududlarida AQSH va Yevropa bilan jang qilmoqda. AQSH va Yevropa davlatlari esa, harbiy jihatdan Rossiyadan kuchli”, degan fikrlar yuzaga kelishi tabiiy. Chunki Amerika boshchiligidagi G‘arb davlatlari Ukrainani zamonaviy qurollar bilan ta’minlab kelmoqda. Biroq o‘sha “dunyoning eng qudratli armiyasiga ega” degan nomni olgan Amerika va uning koalitsiyasi, hech qanday davlatga ega bo‘lmagan Tolibon Mujohidlariga qarshi 20 yil jang qilishi ortidan horlarcha mag‘lub bo‘lib Afg‘onistondan qochib qolganligiga butun dunyo guvoh bo‘ldi.
Demak aytish mumkinki, mustamlakachi davlatlar o‘zlarini har qancha yengilmas qilib tasvirlasada, biroq voqelik buning aksini ko‘rsatib turibdi. Ularning moddiy jihatdan yuksalishi aslo yengilmas kuch ekanligini anglatmaydi. Chunki yengilmas kuchga ega bo‘lish moddiylikka bog‘liq emas, fidoiylikka bog‘liqdir. Bu esa muqaddas Shahodat tushunchasiga ega Islomdan boshqasida mavjud emas. Yengilmas kuch qanday bo‘lishini Islom lashkarlari amalda ko‘rsatib berganligi tarixdan ma’lum. InshaAlloh yaqin kunda Xalifalik davlati tiklanishi bilan ana o‘sha yengilmas kuch Allohning izni bilan yana hayotga qaytadi.
Zohid Zargar