بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Nusrat: uning sabab va asoslari
Shayx Isom Amira
«النُّصْرُ nusrat» so‘zi lug‘atda yordam berish bo‘lib, lisanul arab kitobida bunday deyilgan: «نَصَرَ المظْلومَ نَصْراً ونُصوراً mazlumga nusrat berdi degani – unga yordam berdi, demakdir. نَصَرَ الغَيْثُ الأرضَ yomg‘ir yerga yordam berdi, degani – uni o‘z in’omi bilan qamrab oldi, deganidir. «النُّصْرُ nusrat» so‘zining antonimi «الْهَزِيمَةُ» bo‘lib, mag‘lubiyat, sinish, barbod bo‘lish, muvaffaqiyatsizlik, taslim bo‘lish, ziyon va zavolga yuz tutish, baxtsizlik, omadsizlik va yengilish ma’nolarini anglatadi». Nusrat so‘zining istilohiy ma’nosi: g‘oliblik, ustunlik, dushmanni yengish va mag‘lubiyatga uchratishdir. النَّصْرُ go‘zal kalimadir… uning tovush tembri xush yoqib, yuraklarga rohat va xotirjamlik baxsh etadi. «النُّصْرُ nusrat»ning aksi bo‘lgan «الْهَزِيمَةُ» mag‘lubiyat esa, yoqimsiz kalimadir. Uning tovush tembri ko‘ngilga yoqmaydi, chunki unda xorlik, rasvolik, qashshoqlik va dushmanning g‘olibligi kabi mazmunlar bor. «النُّصْرُ nusrat» so‘zining shar’iy ma’nosi raqibni yengmoq, jang va urushlarda dushmanlar ustidan zafar quchmoqdir. Bu so‘z musulmonlarning holini sifatlashda ishlatiladi. Agar ular dushmanlariga qarshi oldinga intilib, chekinmay, Alloh yo‘lidagi janggohda dushmanlari ustidan g‘alaba qozonsalar, shunday sifatlanadilar. Nusrat so‘zi mudofaa jihodida emas, balki aksar hollarda, hujumkor jihodda ishlatiladi. Alloh Taolo aytadi:
وَلَقَدْ نَصَرَكُمُ الله بِبَدْرٍ وَأَنتُمْ أَذِلَّةٌ فَاتَّقُوا اللهَ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
«Alloh Badr jangida kuchsiz bo‘lsangiz-da, sizlarga nusrat berdi-ku. Bas, Allohdan qo‘rqingiz! Shunda shoyad (uning ne’matlariga) shukr qilgaysiz» [Oli Imron 123]
Haq Subhanahu yana bunday dedi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَنصُرُوا اللهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ
«Ey mo‘minlar, agar Allohga yordam bersangiz, U ham sizga nusrat-yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi» [Muhammad 7]
Bu oyatlar Allohning musulmonlarga nusrat ato etib, sobitqadam qilmog‘i uchun ularning ma’lum amallarni Allohning amru farmonlariga muvofiq bajarmoqlari shartligiga ochiq dalolat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nusratning yagona sababi faqat va faqat Alloh Azza va Jalladir. Bunga Uning
وَمَا النَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ اللهِ الْعَزِيزِ الْحَكِيمِ
«Aslida nusrat faqat qudrat va hikmat egasi bo‘lgan Alloh huzuridan kelur» [Oli Imron 126]
degan kalomi dalil. Alloh Subhanahu va Taolo bu yerda nusratni izzat-qudratga bog‘ladi. Chunki nusratni O‘z hikmati asosida nozil qilib, uni o‘zining izzatiga loyiq bo‘lgan zotlarga berishini aytdi. «النُّصْرُ nusrat» so‘zi Qur’oni Karimning o‘nlab yerida kelgan bo‘lib, barchasida nusratning kaliti Alloh Subhanahuning qo‘lida ekani ta’kidlangan. Jumladan:
وَلَيَنْصُرَنَّ اللهُ مَنْ يَنْصُرُهُ إِنَّ اللهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ
«Albatta Alloh O‘ziga (ya’ni diniga) nusrat-yordam beradigan zotlarga nusrat berur. Shubhasiz Alloh kuchli, qudratlidir» [Haj 40]
وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا الْمُرْسَلِينَ + إِنَّهُمْ لَهُمُ الْمَنْصُورُون
«Shak-shubhasiz, payg‘ambar qilib yuborilgan bandalarimizga (ilgari) so‘zimiz o‘tgandir. (Bu) albatta ular, faqat ulargina nusrat topadilar (degan so‘zimizdir)» [Soffat 171-172]
Keyin kofirlar, munofiqlar, yo‘ldan ozganlar va zolimlarga nusrat harom qilingani to‘g‘risida oyatlar kelgan:
وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
«… Ularga nusrat berilmas» [Duxon 41]
وَإِنْ يُقَاتِلُوكُمْ يُوَلُّوكُمُ الْأَدْبَارَ ثُمَّ لَا يُنصَرُونَ
«Agar sizlar bilan urishsalar, ketlariga qarab qochadilar, so‘ngra ularga nusrat berilmaydi» [Oli Imron 111]
Musulmonlar ham – agar nusrat shartlaridan voz kechsalar, ayniqsa, zolimlarga suyansalar – nusratdan mahrum bo‘ladilar. Bunga Alloh Azza va Jallaning ushbu kalomi dalil:
وَلَا تَرْكَنُوا إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُوا فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُمْ مِنْ دُونِ اللهِ مِنْ أَوْلِيَاءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ
«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga nusrat berilmas» [Hud 113]
Nusratning sabab, asos va badallari mavjud. Nusratning sababi Alloh bo‘lib, u yolg‘iz Parvardigorning qo‘lida. Uning natijalari esa, nusrat beriladigan kishining mo‘minligiga bog‘liq. Nusratning Allohdan mo‘minlarga nozil qilinuvchi natijalari Haq Subhanahu tomonidan beriladigan bir tuhfa bo‘lib, mo‘minlar unga nusrat asoslariga amal qilganliklari uchun zulm qilinmagan hollarida erishadilar.
Shuning uchun mo‘minlar Allohga yordam berishlari kerak. Allohga yordam berish haqiqiy ma’noda emas, balki majoziy ma’nodadir. Ya’ni mo‘minlar shar’iy vazifalarni to‘liq ado etsalar va Allohning ushbu kalomida
وَلَوْ أَرَادُواْ الْخُرُوجَ لَأَعَدُّواْ لَهُ عُدَّةً
«Ular (jihodga) chiqishni istaganlarida uning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lur edilar» [Tavba 46]
deyilganidek, nusrat uchun kerakli tayyorgarlik ko‘rib qo‘ysalar, Allohga yordam bergan bo‘ladilar. Chunki Alloh Subhanahu qachon mo‘minlarda xolislik, amal va tayyorgarlik borligini ko‘rsa, istagan vaqtida va istagan tariqa ularga nusrat nozil qiladi.
Nusrat asoslariga kelsak, u Alloh Subhanahuning ulug‘ligini eslash, faqat Allohgina nusrat beradi, deb ishonish va bor kuchi bilan kerakli tayyorgarlikni ko‘rishdir. Alloh Taolo aytadi:
وَأَعِدُّوا لَهُمْ مَا اسْتَطَعْتُمْ مِنْ قُوَّةٍ وَمِنْ رِبَاطِ الْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِ عَدُوَّ اللهِ وَعَدُوَّكُمْ وَآخَرِينَ مِنْ دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ اللهُ يَعْلَمُهُمْ
«(Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zingizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan, Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qo‘rquvga solursizlar» [Anfol 60]
Ushbu oyatda nusrat uchun ikki omil bo‘lishi ta’kidlanmoqda, biri mo‘minlarning g‘olib kelishi, ikkinchisi kofirlarning mag‘lub bo‘lishi.
Biz bugungi kunda musulmonlarning voqeligini muhokama qilish va ushbu murakkab tupikdan chiqish yo‘lini bayon qilishdan avval nusrat masalasi bilan xalifa qilish masalasi o‘rtasini farqlab olmog‘imiz lozim. Chunki nusrat jang maydonida dushmanni mag‘lub etishdir. Xalifa qilish esa musulmonlarning davlatlari yo‘qligi sababli zaifholliklarining tugashidir. Shuning uchun nusrat badal-to‘lovi xalifa qilish badal-to‘lovidan farq qiladi. Nusrat badal-to‘lovi, yuqorida aytganimdek, kofirlarga qarshi urushga kirishish uchun zarur narsalarni tayyorlamoqdir. Xalifa qilish badal-to‘lovi (fikriy va siyosiy) da’vat ishlarini ado etish hamda musulmonlarning hokimiyatini bosib olgan hukmdorlarga qarshi siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanib, ushbu tortib olingan hokimiyatni pokiza shariatimizni ichkari va tashqarida tatbiq qiluvchi Islom davlatini barpo etish orqali qaytarib olishdir. Garchi xalifa qilish majozan nusrat, deb atalsa-da, biroq aslida u nusratga muqaddima va nusratga yetishishning zaruriy sharti hisoblanadi. Boshqacha aytganda, musulmonlar tortib olingan hokimiyatlarini qaytarib olib, Xalifalik davlatini barpo etsalar va Xalifalik davlati Islomni Allohning yo‘lidagi jihod orqali butun olamga olib chiqa boshlasa, ana shunda dushmanga qarshi jang qilib – kuch-quvvatlari qancha bo‘lishidan qat’iy nazar – Allohning izni ila albatta nusratga erishadilar va buni Alloh Taoloning ushbu kalomi tasdiqlab turibdi:
كَمْ مِنْ فِئَةٍ قَلِيلَةٍ غَلَبَتْ فِئَةً كَثِيرَةً بِإِذْنِ اللهِ وَاللهُ مَعَ الصَّابِرِينَ
«Qanchadan-qancha kichik guruhlar Allohning izni bilan katta guruhlar ustidan g‘alaba qilgan. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» [Baqara 249]
Endi, musulmonlarning bugungi ahvolini va ularning qanday mag‘lubiyatga uchraganini to‘g‘ri baholash va zaiflik holatidan xalifa holatiga chiqish uchun to‘g‘ri faoliyat qilish masalasiga kelsak, bu narsa musulmonlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, geografik va boshqa voqeligini tushunish bilan hamda voqelikni muolaja qilish uchun Kitobu Sunnatdan munosib dalilni izlab topish, so‘ng uni tatbiq qilish bilan bog‘liq. Bu esa musulmonlarning holatini diqqat bilan kuzatib borishni va xuddi Rosululloh ﷺ kabi fikriy va siyosiy kurashga sho‘mg‘ishni talab qiladi. Zero, ul zot Makkada fikriy va siyosiy kurashga kirishganlar. Bu kurash ﴿اقْرَأْ﴾dan boshlangan, so‘ng davom etib ikkinchi Aqaba bay’ati bo‘lgan, keyin da’vat bilan nusrat bir-biriga chambarchas bog‘langandan so‘ng Islom davlatini barpo etish uchun Yasribga hijrat qilishga qaror qilingan. Bu narsa habibimiz Muhammad mustafo ﷺning Makkadagi siyratlariga muvofiq qadam tashlashni talab qiladi. O‘shanda sahobai kiromlarning Rosululloh ﷺ boshchiligida bitta uyushmada birlashishlari orqali da’vat faoliyati boshlanib, fikriy va siyosiy faoliyat xususiyatlari aniq-tiniq shaklda chizilgan edi. Sahobalarning mushriklar aqidalarini larzaga keltirishgani, ilohlarini ayblab, xayollarini puchga chiqarishgani, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa tuzumlarini tanqid qilganlari hamda o‘sha buzuq aqida va tuzumlari uchun sog‘lom alternativani, ya’ni Islomni taqdim etganlari doimo ko‘z oldimizda bo‘lmog‘i darkor.
Makkada da’vat qotib qolish darajasiga yetgach, qabila yetakchilaridan qo‘llab-quvvatlov, himoya va yordam talab qilish uchun Makka tashqarisiga chiqishga to‘g‘ri keldi. Bu qabilalardan birortasi ham talabni qabul qilishmagan esa-da, biroq Alloh Taolo o‘z dinini aziz qilishni va da’vatini g‘olib qilishni istab, Payg‘ambar \ga yasribliklarni ro‘para qildi. Ular Makkaga o‘zlarining ayrim qavmlariga qarshi Quraysh bilan ittifoq tuzish maqsadida kelishgan edi. Ana shunda Nabiy ﷺning Yasribdagi tayanch nuqtasiga kirishlari uchun bir yo‘lak ochildi. Rosululloh A Yasribni Islom bilan toblab-eritish va yasribliklardan birinchi kuch-qudrat ahlini kasb qilish, so‘ng ular Nabiy ﷺ va u zotning as’hoblarini qo‘llab-quvvatlashlari hamda Madinada Islom boshqaruvini joriy qilish va musulmonlarning birinchi davlatini barpo etish yo‘lida lozim bo‘ladigan kuch-qudrat bilan ta’minlashlari uchun Mus’ab ibn Umayr Gni Yasribga yubordilar.
Davlat barpo bo‘lib, barqarorlashgach, u juda qisqa vaqt ichida kofirlardan iborat dushmanlarga zarba yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi va bu barchalarini shayton vasvasasiga solgan zarba edi. Ushbu zarba Badrdan boshlanib, Uhudda, undan keyingi ko‘p g‘azotlarda va Hudaybiya sulhida davom etdi. So‘ng Quraysh vujudiga barham berish uchun Makkani fath qilib, hech kimning bir tomchi ham ko‘z yoshini oqizmay, Makkani o‘z viloyatlaridan biriga aylantirdi. Zotan, o‘sha paytda Makka oyog‘ida arang turgan edi.
Bugun biz ham musulmonlar hokimiyatini tortib olgan zararkunanda davlatchalar va ularning ortidagi G‘arbu Sharqning zo‘ravon davlatlari ustida xuddi mana shu holat hukm surishini umid qilyapmiz. Zotan, bu davlatchalar ham oyog‘ida arang turib, ularni ag‘darib tashlaydigan kishilarga muntazir bo‘lib turibdi… Ular Allohning izni ila Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik tomonidan ag‘darib tashlanadi.
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيداً وَنَرَاهُ قَرِيباً
«Ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!» [Maorij 6-7]
Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan