Qo‘shinlardan nusrat talab qilish Falastinni ozod etishning yagona yo‘lidir

256
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Qo‘shinlardan nusrat talab qilish Falastinni ozod etishning yagona yo‘lidir

Ustoz Abu Hamza Xutvoniy

Falastin Quddus shahri va Aqso masjidini o‘z ichiga olishi ma’lum narsa. Shuningdek, Masjidul Aqso dunyodagi barcha musulmonlarga tegishli ekanligi ham ma’lum. Chunki u haqda kechayu kunduz tilovat qilinadigan Qur’onda oyat kelgan. Alloh Taolo aytadi:

سُبْحَانَ الَّذِي أَسْرَى بِعَبْدِهِ لَيْلاً مِنَ الْمَسْجِدِ الْحَرَامِ إِلَى الْمَسْجِدِ الْأَقْصَى الَّذِي بَارَكْنَا حَوْلَهُ لِنُرِيَهُ مِنْ آيَاتِنَا إِنَّهُ هُوَ السَّمِيعُ الْبَصِيرُ

«(Alloh) bir kecha, O‘z bandasiga (Muhammad)ni — unga oyat-mo‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun Masjidul Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjidul Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir» [Isro 1]

Alloh Subhanahu va Taolo bu oyati karimada Masjidul Aqsoni Masjidul Haromga tenglashtirdi. Bundan Masjidul Harom qanchalik muqaddas bo‘lsa, Masjidul Aqso ham shunchalik muqaddas ekanligi tushuniladi. Demak, Masjidul Aqso musulmonlarga oid bo‘lib, ular unga xuddi Masjidul Harom kabi qaraydilar. Shuning uchun Masjidul Aqsoni himoya qilish Masjidul Haromni himoya qilish kabi bab-barobar farz hisoblanadi.

Agar Masjidul Aqso asirga tushsa, uni ozod qilish barcha musulmonlarga farz bo‘ladi, xuddi nosir Salohiddin Ayyubiy zamonida salibchilardan ozod etganlari kabi. Chunki Masjidul Aqso Qur’oni Karimda kelgani uchun aqidaviy masalaga va har bir musulmon iymonining bir parchasiga aylangan hamda ularning yuraklaridan joy olgan.

Voqedan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, Masjidul Aqsoni to musulmonlarning kifoya qilgudek darajada kuch-qudrati bo‘lmaguncha ozod etishning imkoni yo‘q. Uni ozod etishga kifoya qilgudek qudrat esa, faqat kuch-qudrat egasi bo‘lgan musulmonlarda, ya’ni armiyalarimizdadir. Shu boisdan uni ozod etish uchun qo‘shinlarimizdan nusrat talab qilish shart. Chunki bu ularga farz bo‘lib, to ozod etmagunlaricha bu farz qo‘shinlar zimmasidan soqit bo‘lmaydi.

Shunday qilib, demak, aslida Masjidul Aqsoni najas yahudiylardan ozod etish uchun zudlik bilan harakatga kelish islomiy armiyalardan talab qilinadi. Chunki Masjidul Aqsoni ozod etish uchun yetarli kuchga faqat qo‘shinlarimiz sohib bo‘lgani bois, uni ozod etishlik ularning bo‘ynidagi farzdir. Shuning uchun Masjidul Aqsoni ozod etish qat’iy farz hisoblanadi. Bu vojib vazifani ado etishga qodir bo‘lmagan musulmonlarga esa, Masjidul Aqso ozodligini armiyalardan talab qilish vojib bo‘ladi.

Masjidul Aqsoni qarshilik harakati ozod etadi, yoki shaxs ozod etadi yoxud xalq qarshiligi ozod etadi kabi gaplarning barchasi quruq xomxayoldan boshqa narsa emas. Chunki bu nafaqat maqsadni amalga oshirmaydigan behuda xitob, balki tuyg‘ularni qitiqlab qo‘yishdan nariga o‘tmaydi. Shuning uchun Falastin masalasidek aqidaviy taqdiriy masalani hal qilishda bu kabi gaplarning hech qanday qiymati yo‘q.

Ha, aslida, ushbu ozodlik uchun kerakli kuch-qudrat faqat armiyada bor. Zero, kuch-qudrat kuchli deb hisoblangan tomondangina talab qilinadi. Uni zaiflardan yoki fraksiyalar yoki qurolsiz oddiy odamlardan talab qilinmaydi.

Masjidul Aqso ozodligi faqat Falastin ahliga farz yoki bosqin ichidagi qarshilik harakatiga farz, degan gapda qattiq turib olganlarga kelsak, ular yo shar’iy ahkomlarni tushunmaydigan savodsizlardir yoki Masjidul Aqsoning ozod bo‘lishini istamaydigan til biriktiruvchilardir.

Bundan chiqdi, demak, Aqso aqidaviy masaladir va bunga aslo shubha yo‘q. U milliy masala ham, vatanparvarlik masalasi ham emas. Uni ozod etish bosqin ostida yotgan zaif falastinlik fuqarolarga emas, balki ozod etishga qodir islomiy armiya-qo‘shinlarga farz.

Ba’zan zehnda paydo bo‘layotgan adashtiruvchi fikrlardan biri armiyalardan nusrat talab qilish xoin hukmdorlardan nusrat talab qilishdir, degan fikrlardir. Bu aniq xato fikr! Chunki hukmdorlar boshqa, armiyalar boshqa. Armiyalar Ummatning mulkidir, ularning burchi Ummatning muqaddas dargohlarini mudofaa qilishdan iborat. Xoin hukmdorlar esa, ushbu burchni chalkashtirib-buzib, armiyalarni o‘z taxtlarining mudofaachilariga aylantirib olishdi. Aynan shuning uchun ham bunday hukmdorlarni ag‘darish Aqso ozodligi talab qilingan mana shu armiyalar tomonidan amalga oshishi kerak.

Bas, shunday bo‘lgach, islomiy yurtlardagi armiyalar zimmasida asosan ikkita vazifa bor: Biri hukmdorlarni ag‘darish, ikkinchisi muqaddas dargohlarni, shu jumladan bosqin ostida qolayotgan yurtlarni ozod etish. Ushbu vazifalarni ado etishning yagona yo‘li esa, armiyaning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun faoliyat qilayotgan va bu ishni amalga oshirishga qodir bo‘lgan Ummatdagi faol mabdaiy siyosiy kuchlar bilan ittifoq tuzishidan iborat.

Armiyalarning o‘z kazarmalarida qolib, u yerdan chiqmayotganiga kelsak yoki hech qanday jangovar faoliyat qilmay, faqat chegara qo‘riqchiligi vazifasini qilib, shu asosida dushmanning chegarasini qo‘riqlayotganiga, yoxud faoliyati malay hukmdor jinoyatchilarni mudofaa qilishga cheklanib qolganiga kelsak, Allohga qasamki, bu armiya vazifasini buzib ko‘rsatish va salohiyatlariga tajovuz qilishdan boshqa narsa emasdir.

Shu nuqtai nazardan, Ummatning armiyalari boshqa, hukmdorlari boshqa. Bu narsani ajratib olish zarur. Ya’ni musulmon yurtlaridagi armiya Ummatning mulki va potensiallaridan biridir. Biroq, hukmdorlar ma’lum zamon o‘tib yo‘q bo‘luvchi g‘ayritabiiy narsadir. Chunki armiya qoladi, hukmdor ketadi. Bas, qachon hukmdor o‘z vazifasida yo‘ldan ozgan bo‘lsa, u bilan qo‘shilib armiya ham yo‘ldan ozmasligi hamda zinhor hukmdorning sifatini olmasligi darkor.

Bugungi kunda hukmdorlarning Masjidul Aqsoga va musulmonlarning boshqa masalalariga nusrat-yordam bermayotganliklari armiyaning faoliyatidan alohida ajralib turishi kerak. Chunki armiyaning qo‘rqoq va malay hukmdorlar buyrug‘iga itoat qilishi nojoiz. Balki har doim Islom mudofaachisi, musulmonlarning daxlsizligi va hurmatlarini posboni bo‘lib qolmog‘i darkor.

Qachon musulmonlar o‘z armiyalaridan nusrat talab qilsalar, armiyalar bu talabni qabul qilmoqlari shart va bunga Alloh Taoloning

وَإِنِ اسْتَنصَرُوكُمْ فِي الدِّينِ فَعَلَيْكُمُ النَّصْرُ

«Qachon ular din yo‘lida sizlardan nusrat-yordam so‘rasalar, nusrat-yordam qilish zimmangizdadir» [Anfol 72]

degan kalomi dalildir.

Demak, Aqsoni ozod etish Islomdandir, hatto Islomning o‘zagidir, chunki u muqaddas aqidaviy masaladir. Shuning uchun unga nusrat-yordam berish armiyalarga farz qilindi. Xalqlarga esa qo‘shinlardan nusrat-yordam so‘rash farzdir. Malay va qo‘rqoq hukmdorlar pozitsiyasining hech qanday qadr-qimmati yo‘q.

Roya gazetasining 2023 yil 26 aprel chorshanba kungi 440-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.