Iordaniyadagi sog‘liqni saqlash tizimi – krizis va yechimlar

132
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Iordaniyadagi sog‘liqni saqlash tizimi – krizis va yechimlar

Iordaniyada sog‘liqni saqlash sohasida o‘nlab yillardan beri davom etayotgan krizislar qarshisida, Hizb ut-Tahrir – Iordaniya matbuot bo‘limi tomonidan nashr qilingan bayonotda quyidagilar ta’kidlandi:

Davlat kasalxonalarining ayanchli ahvoli, shubhasiz, butun Iordaniya ahliga g‘amxo‘rlik qilishda, xususan ularga sog‘liqni saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishda davlatning butunlay beparvo ekanini, jumladan, ilm-fan taraqqiyoti bilan hamnafas xizmatlarni taqdim etishda hamda surunkali kasallarni davolash va dori-darmonlar yetkazib berishda ojizligini yana bir bor isbotladi.
Tibbiyot – insonlar har doim muhtoj bo‘luvchi manfaat va zaruratlardir. Masalan, Nabiy ﷺ musulmonlarga davolanishni buyurganlar va ularga Alloh hech bir kasallikni davosiz va muolajasiz yaratmaganini o‘rgatganlar. Ushbu buyurish va o‘rgatish shunga dalolat qiladiki, ul zot odamlarni davolanishga harakat qilishga va dori-darmonda shifo xususiyatini yaratgan Allohning izni ila darddan tozalanishga targ‘ib qilmoqdalar.
Shariatda sog‘liqni saqlash davlatning va bevosita xalifaning mas’uliyatiga kiradi. Rosululloh ﷺ

«الإِمَامُ رَاعٍ وَهُوَ مَسْؤُولٌ عَنْ رَعِيَّتِهِ»

«Imom-xalifa g‘amxo‘r-boshqaruvchidir va qo‘l ostidagilardan javobgardir», deya marhamat qilganlar. (Buxoriy rivoyati).

Sog‘liqni saqlash fuqaroning asosiy ehtiyojlaridan biridir. Zero, Rosululloh ﷺ marhamat qilganlar:

«مَنْ أَصْبَحَ مِنْكُمْ مُعَافًى فِي جَسَدِهِ، آمِناً فِي سِرْبِهِ، عِنْدَهُ قُوتُ يَوْمِهِ، فَكَأَنَّمَا حِيزَتْ لَهُ الدُّنْيَا»

«Sizlardan kimda kim o‘z uyida xotirjam, tani salomat holda tong ottirsa va bir kunlik yemishi bo‘lsa, go‘yo butun dunyo unga to‘plab berilibdi». (Termiziy va Ibn Moja rivoyati).

Islom fuqaro shaxslariga bir xil nazarda qarashga buyurdi. Davlat shaxslar o‘rtasidagi ishlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishda davlat fuqaroligi bor shaxslar bilan fuqaroligi yo‘q shaxslar o‘rtasini ajratmaydi, ularni na diniga e’tibor beradi, na jinsiga, na irqiga, na yoshiga va na qayerda yashashiga.
Islom davlatida sog‘liqni saqlash bo‘yicha ma’muriy tizim tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va davolashda soddalik va tezkorlikka asoslanadi. Shuningdek, bu tizim boshqaruvga javobgar kishilarning malakasiga ham tayanadi. Bu umumiy manfaatlarga erishish haqiqatidan olingan. Chunki har qanday manfaat egasi unga faqat tezda erishishni va eng to‘liq tarzda erishishni istaydi. Imom «Muslim sahihi»da rivoyat qilingan hadisda Rosululloh ﷺ aytadilar:

«إِنَّ اللَّهَ كَتَبَ الإِحْسَانَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ، فَإِذَا قَتَلْتُمْ فَأَحْسِنُوا الْقِتْلَةَ، وَإِذَا ذَبَحْتُمْ فَأَحْسِنُوا الذَّبْحَ، وَلْيُحِدَّ أَحَدُكُمْ شَفْرَتَهُ فَلْيُرِحْ ذَبِيحَتَهُ»

«Alloh har bir narsada yaxshilik qilishni buyurgan. Bas, o‘lim (jazosi)ni joriy etayotganingizda ham chiroyli suratda amalga oshiring. Hayvon so‘ysangiz ham chiroyli so‘ying. Biringiz pichog‘ini qayrab, qurbonligini qiynamasin».

Davlat o‘z fuqarolariga – ular boy-badavlat bo‘lib, o‘z mablag‘laridan davolanishga qodir bo‘ladilarmi yoki davolanishga qodir bo‘lolmagan kambag‘al bo‘ladilarmi, farqsiz – bepul tibbiy xizmat taqdim etadi. Chunki sog‘liqni saqlash boyu kambag‘al har bir insonning asosiy ehtiyojidir.
Bunday bepul keng miqyosli tibbiy xizmatning davlat g‘aznasiga og‘ir kelishiga qaralmaydi. Balki sog‘liqni saqlash muammosiga iqtisodiy muammo emas, inson muammosi o‘laroq qaraladi va maqsad fuqarolarga eng chiroyli va eng mukammal tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘ladi. Maqsad, davlatni ehtiyot qilish yoki resurslarni tejash bo‘lmaydi.
Sog‘liqni saqlash zaruriy ehtiyojdir, uni ta’minlash Ummatning hayotiy manfaati, deb e’tibor qilinadi, uning yo‘qligi Ummat hayotiga tahdid tug‘diradi. Shuning uchun Islom davlati sog‘liqni saqlash sohasida davlatlar orasida birinchi o‘rinda turishi kerak. Sog‘liqni saqlash uchun zaruriy usul va vositalarni yangilab turish uchun ilmiy va samarali malakaga ega bo‘lgan shifokorlar, professor-olimlar va mutaxassislar guruhini yaratmoq hamda ularga ilmiy tadqiqotlari va innovatsiyalari uchun maksimal imkoniyatlarni ta’minlab berish lozim. Maqsad, Islom davlati sog‘liqni saqlash sohasini o‘z nazoratiga olsin va o‘zini o‘zi ta’minlashga erishsin.

Sog‘liqni saqlash va Ummat manfaatlarini ta’minlash siyosatiga Hizb ut-Tahrirning qarashlari mana shunday. Bu esa Hizbning Ummat bilan birgalikda barpo etishga harakat qilayotgan va yaqinda Allohning izni ila albatta barpo bo‘ladigan Xalifalik davlatiga tayyorligini ko‘rsatadi.

قُلْ هَذِهِ سَبِيلِي أَدْعُو إِلَى اللَّهِ عَلَى بَصِيرَةٍ أَنَا وَمَنِ اتَّبَعَنِي وَسُبْحَانَ اللَّهِ وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ

«Ayting – mening yo‘lim shudir. Men Allohga da’vat qilaman. Men va menga ergashgan kishilar aniq hujjatga-ishonchga egamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni poklayman. (Zero) men mushriklardan emasman»[Yusuf 108]

Roya gazetasining 2023 yil 29 mart chorshanba kungi 436-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.