Ey Bangladesh armiyasidagi xolis zobitlar! Quddusni ozod etish uchun zudlik bilan harakatga kelmog‘ingiz lozim

118
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Bangladesh armiyasidagi xolis zobitlar!

Quddusni ozod etish uchun zudlik bilan harakatga kelmog‘ingiz lozim

Yahudiylarning ulug‘ ramazon oyida muborak Aqso masjidiga bostirib kirishlari ortidan, Hizb ut-Tahrir – Bangladesh viloyati matbuot bo‘limi bayonot chiqardi. Bengal qo‘shinlariga murojaat qilinib, muborak zaminni ozod etish va yahudiylardan tozalash uchun harakatga kelish talab qilingan ushbu matbuot bayonotida bunday so‘zlar kelgan:

«Ey bengal armiyasidagi xolis zobitlar! Alloh Taoloning

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انْفِرُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الْأَرْضِ أَرَضِيتُمْ بِالْحَيَاةِ الدُّنْيَا مِنَ الْآخِرَةِ فَمَا مَتَاعُ الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فِي الْآخِرَةِ إِلَّا قَلِيلٌ

«Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga yopishib oldingiz?! Oxiratdan yuz o‘girib, hayoti dunyoga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!» [Tavba 38]

degan kalomini xotirlang. Falastindagi musulmonlarni mag‘lub bo‘lishlariga tashlab qo‘yishingiz mumkin emas. Chunki Aqso masjidini, Rosululloh ﷺning Isro va Me’roj maskanini ozod etish faqat muborak Falastin zaminidagi ahlingizning emas, balki har bir musulmonning aqidasidandir. Uni ozod qilish javobgarligi eng avvalo Falastin atrofidagi islomiy qo‘shinlar zimmasiga tushadi. Hozirda bu qo‘shinlar sukut qilib, harakatga kelmayotgan ekan, Pokistondagi kuchli armiya bilan Bangladeshdagi shijoatli armiya birlashib, ushbu zaminni ozod etishlari shart. Zero, Allohning muqaddas Bayti Quddus, vahi tushgan yer va anbiyolar o‘lkasi bo‘lmish ushbu tuproqda yuzlab payg‘ambarlar yashab, dafn etilgan.

Ey mard zobitlar!

Bugun orangizda Aqsoni ozod etish uchun otlanib, yo‘l-yo‘lakay malay hukmdorlarni ag‘darib ketadigan Salohiddinlar qayda qoldi?! Zotan, siz Falastinni ozod etishning to‘g‘ri va yagona yechimi uni ozod etish ekanini bilasiz. Mudom o‘zingizni G‘arbga malay jinoyatkor rahbarlar kishanidan ozod etib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali Ummatingiz safiga o‘tmas ekansiz, hargiz shar’iy burchingizni ado eta olmaysiz hamda o‘z qadr-qimmatingiz va Falastindagi musulmonlarning qadr-qimmatini tiklolmaysiz. Shuning uchun kechikmasdan Bangladeshda Xalifalik davlatini barpo etish uchun zudlik bilan Hizb ut-Tahrirga nusrat bering. Zero, Xalifalik davlati Quddusni ozod etish va uning – Allohning izni ila – ikkinchi roshid Xalifalik poytaxtiga aylantirishga otlanib, yo‘l-yo‘lakay Bangladeshni Pokiston va qo‘shni yurtlar bilan birlashtiradi».

Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.