Sudandagi hokimiyat uchun kurashning badali Alloh harom qilgan qonlarni to‘kishdan iborat bo‘lyapti

148
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi hokimiyat uchun kurashning badali Alloh harom qilgan qonlarni to‘kishdan iborat bo‘lyapti

Sudanda armiya bilan tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar o‘rtasida sodir bo‘lgan qonli voqealar ortidan Hizb ut-Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) 2023 yil 16 aprel yakshanba kuni nashr qilgan o‘z bayonotida bunday dedi: «Kutilmaganda Xartum va uning atrofida hijriy 1444 yil 24 ramazon, milodiy 2023 yil 15 aprel shanba kuni ertalabdan Sudan Qurolli kuchlari bilan Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar o‘rtasida shiddatli janglar boshlanib ketdi. Bunday o‘zaro harom jang ushbu bayonot yozilgunga qadar har ikkala tomondan yuzlab qurbonlar va yaradorlarni keltirib chiqardi. Hatto bu qirg‘inbarot kurashga umuman aloqasi bo‘lmagan qurolsiz oddiy fuqarolargacha yetib bordi».

Ustoz Abu Xalil qo‘shimcha qilib bunday dedi:

«Haqiqatdan, bu jangning musulmonlar o‘rtasida bo‘lgani, hatto taqvo bilan Allohga tavba-tazarru qilinadigan ulug‘ oyda sodir etilgani taassufli hol. Axir, bu Allohning kalimasini oliy qilish yoki shariatini tatbiq qilish yo‘lida emas, balki botil ustida qilinayotgan jang bo‘lsa! Hokimiyat uchun boshlangan bu urushga mustamlakachi qaror berdi va uni o‘zining tama-istagiga muvofiq yo‘naltirdi, hukm yuritishga kim haqliyu, kimning haqqi yo‘qligini u belgilab, shu orqali kurashning homiysi va faoliga aylanib oldi. Sudandagi siyosiy jarayonni to‘la shu mustamlakachi kofirlar idora qilib kelishganiga qaramay, to‘qnashuvlar kelib chiqib, harom qon oqizilgan paytda misoli iblis kabi «sodir bo‘lgan hodisalar yurtning ichki ishi», degan bayonotlarni berishyapti! Bu so‘zlar, Hadas telekanali xabariga ko‘ra, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning og‘zidan chiqdi. Bundan mustamlakachi kofirlarni daryo bo‘lib oqqan qonlar umuman tashvishlantirmasligini, balki ularda yurt resurslarini o‘zlashtirish va boyliklarini talon-taroj qilishdan boshqa g‘am-tashvishi yo‘qligi yana bir bor isbotlandi».

Ustoz Ibrohim Usmon so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

«Biz Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati a’zolari oqizilgan va oqizilayotgan qonlarning gunohini Sudan Qurolli kuchlari bilan Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar qo‘mondonlari zimmasiga yuklaymiz va quyidagilarni ta’kidlaymiz:

Birinchi: Armiya bilan Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar o‘rtasidagi bu jang shar’an harom bo‘lib, unda o‘ldirgan ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxga tushadi. Zero, Nabiy ﷺ

«إذَا الْتَقَى الْمُسْلِمَانِ بِسَيْفَيْهِمَا فَالْقَاتِلُ وَالْمَقْتُولُ فِي النَّارِ»

«Qachon ikki musulmon o‘zaro qilich bilan to‘qnashsa o‘ldirgan ham, o‘ldirilgan ham do‘zaxi bo‘ladi», deganlar.

Ikkinchi: Islomda armiyaning vazifasi musulmonlar yurtini mudofaa qilish va Alloh yo‘lida jihod qilishdir, hokimiyat talashish emas.

Uchinchi: Shar’an musulmonlar xalifasi amirligi ostida bitta armiya bo‘ladi, bir necha kuchlarning bo‘lishi nojoizdir.

To‘rtinchi: Islom hokimiyatni Ummatga xosladi, faqat Ummat Xalifalik shartlari topilgan insonga Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning Sunnati bilan hukm yuritishi asosida bay’at beradi.

Beshinchi: Islomda hukm va hokimiyat o‘lja emas, balki Allohning ahkomlarini tatbiq qilish, Ummat ishlarini g‘amxo‘rlik bilan boshqarish hamda Rosululloh ﷺ aytganlaridek javobgarlik va omonatdir:

«وَإِنَّهَا أَمَانَةٌ وَإِنَّهَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ خِزْيٌ وَنَدَامَةٌ إِلَّا مَنْ أَخَذَهَا بِحَقِّهَا وَأَدَّى الَّذِي عَلَيْهِ فِيهَا»

«U (rahbarlik) omonatdir va qiyomat kunida sharmandalik va nadomatdir. Faqat uni haqli ravishda zimmasiga olgan va o‘sha zimmasidagi mas’uliyatni ado eta bilgan kishigina bundan mustasno».

Ustoz Abu Xalil o‘zining matbuot bayonotini quyidagicha tamomladi:

«Sudan Armiyasi bilan Tezkor qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar qo‘mondonlariga bizning aytar so‘zimiz: Allohdan qo‘rqing va es-hushingizni yig‘ib, musulmonlar qoni oqizilishini to‘xtating hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish uchun Hizb ut-Tahrirga nusrat-yordam bering… Shoyad, Alloh o‘tgan gunohlaringizni kechirib, sizga ham Rosululloh ﷺga Madinai Munavvarada ilk Islom davlatini barpo etishida nusrat bergan ansorlarning savobini bersa. Darhaqiqat, Alloh Subhanahu ularni madh etib, bunday degan:

وَالَّذِينَ آوَوا وَنَصَرُوا أُولَئِكَ هُمُ الْمُؤْمِنُونَ حَقًّا لَهُمْ مَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ

«(Muhojirlarga) uy-joy berib, nusrat bergan zotlar – ana o‘shalar haqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bor» [Anfol 73]

Roya gazetasining 2023 yil 19 aprel chorshanba kungi 439-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.