Ayol salomatligi va bolalar sog‘lomligi

144
0
Tele medicine concept,Medical Doctor online communicating the patient on VR medical interface with Internet consultation technology

Xalifalik davlatida sog‘liqni saqlash siyosati

 Bismillahir rohmanir rohiym

 Jismoniy shaxslarning salomatligini saqlash profilaktikasi

Ayol salomatligi va bolalar sog‘lomligi

  Bugungi kundagi global kapitalistik tuzm sharoitida qashshoq mamlakatlarda ayollar va bolalar o‘limi darajasi sog‘liqni saqlashga yetarli rioya qilinmagani tufayli, qabul qilib bo‘lmas darajada yuqoriligicha qolmoqda. Masalan, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilda homiladorlik va tug‘ish paytida yoki undan keyin 295 ming ayol vafot etgan. Ushbu o‘limlarning aksariyati (94%i) resurlari kam bo‘lgan hududlarda yuz bergan. 2018-yili jahon miqyosida taxmin qilingan onalar o‘limining 76 % i (240 000)    Sahroi Kabir janubidagi Afrika davlatlari hamda Janubiy Osiyo davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

 Islom esa, turmush qurish, farzand orttirish va ko‘payishga targ‘ib qiladi. Shunga ko‘ra, onalarning homiladorlikdan oldin, homiladorlik davrida va undan keyingi salomatligi nazorat ostiga olinadi. Bolalar salomatligini asrashga, balog‘atga yetgunga qadar ularning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishini muntazam ravishda kuzatib borishga e’tibor qaratiladi. Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va balog‘atga yetmagan bolalar sog‘lig‘i muntazam ravishda kuzatib boriladi. Buning uchun har bir aholi punkitida “Ona va bolani pavarishlash”  markazlari tashkil etiladi. Bu markazlar shifokor, hamshira, diyetolog va ijtimoiy ishchilardan iborat bo‘lib, ularning barchasi homilador ayollar, bolalar salomatligi va umumiy salomatlik bo‘yicha qo‘shimcha malakaga ega bo‘ladilar. Bu markazlar birlamchi va asosiy sog‘liqni saqlash markaziga tobe’ bo‘ladilar. Har bir markaz barcha ayol va bolalarni ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi hamda ularning sog‘ligidan javobgar bo‘ladilar.

“Ona va bolani parvarishlash” markazlarining vazifalari:

1 – emlash orqali va keyingi emlash dozalarini qabul qilishni kuzatib borish orqali yuqumli kasalliklarni oldini olish.

2 – vaqti-vaqti bilan tekshiruvlar olib borish orqali sog‘liq muammolarini erta aniqlash.

3 – jamiyatdagi sog‘liq muammolarini kuzatib borish va zarur choralarni ko‘rish.

4 – sog‘liqni yaxshilashga va kasalliklarni oldini olishga maslaxat berish hamda ko‘payishga rag‘batlantirish.

  Turmushga chiqqan va xali homilador bo‘lmagan ayollarga kelsak, sog‘liqni saqlash muassasalari ommaviy ma’ruzalar, risolalar, filmlar hamda onalik va bolalikni muhofaza qilish markazlari tomonidan tarqatiladigan munosib vositalar orqali ayollar bilan bog‘liq muammolar haqida hamda tug‘ish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish haqida ma’lumot va tushinchalar berib boradilar. Ushbu barcha materiallarning chiqarilishi Sog‘liqni saqlash boshqarmasining tajribali guruhi tomonidan nazorat qilinadi. Bir vaqtning o‘zida ham tushinarli va ham foydali ma’lumotlar beriladi. Guruh a’zolari har bir viloyat va mintaqadagi urf-odat va an’analar o‘zgachaliklarini ham nazardan chetda qoldirmaydilar. Ushbu ko‘rsatmalarning maqsadga muvofiqligini va ularni ayollar ongiga yetib borishini diqqat markazidan qochirmaydilar.

  Onalar va bolalani parvarish qilish markazlari homiladorlik jarayonida onaga yoki bolaga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasalliklarni kuzatib boradilar va muolaja taqdim etadilar yoki kerakli maslahatlarni beradilar. Xalifalik davlatida Sog‘liqni saqlash ayollar sog‘ligiga alohida e’tibor qaratadi. Ayol zotiga bo‘lgan bunday e’tibor birinchilardan bo‘lib xulafoi roshidinlar davrida yuzaga kelgan. Rivoyatlarga qaraganda, Uma ibn Xattob raziyalloxu anhu bevalar, keksa yoshdagi ayollar va erlari jihodda yo‘qolib ketgan, shahid ketgan ayollarning dunyoviy ehtiyojlarini qondirishga intilardilar. Shuning uchun davlat homiladorlik jarayonida va homiladorlik bo‘lmaganda ham, masalan, ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun davriy tekshirishlar kabi ayollar salomatligini topografik tekshiruvlarini, tekshiruvlar siyosatida birinchi o‘ringa qo‘yadi. Shuningdek, davlat ayollarni  tug‘ish paytida va undan keyin doyalar bilan ta’minlash vazifasini ham o‘z zimmasiga oladi.

  Xalifalik davlati ayollar salomatligi bo‘yicha yetarli miqdordagi mutaxassislarni tayyorlash ustida ish olib borishi lozim. Erkaklar ayollarni va ayollar erkaklarni shariat ahkomlariga ko‘ra davolashi mumkin bo‘lsa-da, biroq, ayollarni davolash va ularni nazorat qilish ishlari bilan ayollar shug‘illangani afzaldir. Shuning uchun ayollar kasalliklari bo‘yicha, ona va bola salomatligi borasida yetarli miqdordagi ayol mutaxasislarni yetishtirib chiqarish zarurdir. Bunga qo‘shimcha, Xalifalik davlati musulmon mamlakatlaridagi tug‘iriq paytida yoki undan keyin qon ketishi yoki infeksiya tushishi kabi onalar o‘limi holatlarini batafsil o‘rganib chiqishi hamda bu holatlarni bartaraf etishga xarakat qilishi lozim bo‘ladi. Bolalar xali tug‘ilmagan, embrion holatidan boshlab, to tug‘ilgunlaricha va tug‘ilgandan keyin ham Sog‘liqni Saqlash idorasi tomonidan nazorat va parvarish ostida bo‘lishlari lozim. Buning uchun ular ustida embrion holatlarida terepevtik nazoratlar olib boriladi. Ona qornidagi bolaning o‘sishi va uning oziqlanishi tekshiriladi. Tug‘ilgandan keyin bolalarni emlash ishlari amalga oshiriladi va bu emlash eng yaxshi sog‘liqni saqlash me’yorlariga mos kelishi lozim bo‘ladi.

Mehnat jarayonida sog‘likni muhofaza qilish va xavfsizlik

  Mehnat vaqtda sog‘liqni muhofaza qilish – mamlakatdagi ishchi, xizmatchining sog‘lig‘ini, salomatligini va xavfsizligini ta’minlashga aloqador bo‘lgan sohadir. Ishchi yoki xizmatchining sog‘-salomatligi va uning xavfsizligini ta’minlash esa, tayyor maxsulotlar hamda shu maxsulotlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan texnikalar, foydalanilgan materiallar va bu materiallardan tayyorlangan maxsulotlar xavfini kamaytirish, ishchilarga nisbatan ish joylarining xatarlarini ozaytirsh, har hil hodisalar yuz berishini va ish joyidan chiqadigan kasalliklarni kamaytirish orqali hamda ishchilarga bexavotir ishlashlariga imkon beradigan sog‘lom mehnat qilish sharoitini yaratib berish orqali bo‘ladi. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash tashkilotining 2009-yilgi hisobotiga qaraganda, yil sayin taxminan bir million o‘lim mehnat sharoitidan kelib chiqib yuz beradi. Nafas olish kasalliklariga olib keladigan azbest, xavfli kimiyoviy moddalar, biologik xavflar va zarrachalar kabi zarali moddalar mana shu nochor mehnat sharoitlari jumlasidandir.

  Ummat mehnatkashlarining salomatligini asrash Xalifalikning sog‘liqni saqlash tizimidagi eng muhim omildir. Davlat har qanday ish beruvchidan o‘z xodimlariga xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratib berishlarini talab qilishi lozim. Toki, xodimlar jismoniy yoki ruhiy shikastlanish xavfiga duchor bo‘lmasinlar va ertami-kech kasallanishlariga sabab bo‘ladigan moddalarga ro‘baro‘ kelmasinlar. Xalifalik davlatida Hisba apparati mehnat amaliyotlarini nazorat qiladi.  Shuningdek u ish muhitlarini, ularning Sog‘liqni Saqlash boshqarmasi tomonidan tayyorlangan texnik standartlarga muvofiqligini ta’minlashni nazorat qiladi. Davlatning bu talabi zarur hollarda shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishni hamda yong‘in, portlash yoki zararli moddalarga duchor bo‘lish kabi sog‘liqqa xavf tug‘diruvchi xatarlarni kamaytirish uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rishni ham o‘z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar agar kerak bo‘lsa, ayrim kasalliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan kasblarning ayrim turlarida, masalan qurilish ishlari, bo‘yoq va bo‘yoqlar ishlab chiqarish, kir yuvish vositalari va shular kabi o‘pka kasalliklariga olib keladigan zarrachalar ishlab chiqaradigan sohalarda ishlaydigan ishchilarni nazorat qilib borishni ham o‘z ichiga oladi.

  Bunday siyosatning shar’iy asosi davlatning o‘z xalqi qarshisidagi mas’ulitiga qurilgandir hamda bu insonlarga zarar yetkazmaslik talablariga asoslangandir. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

لاَ ضَرَرَ وَلاَ ضِرَارَ مَنْ ضَارَّ ضَارَّهُ اللَّهُ وَمَنْ شَاقَّ شَقَّ اللَّهُ عَلَيْهِ

  “Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q. Kim birovga zarar yetkazsa, unga Allohning o‘zi zarar yetkazadi. Kim birovni mashaqqatga solsa, uni Allohning o‘zi mashaqqatga soladi”. Nabiy sallollohu alayhi va sallam ishchi, xizmatkorga toqatidan ortiqcha ish topshirishdan qaytardilar. Shuning uchun ishchidan bajara olmaydigan yoki uni qiynaydigan ish talab qilinmaydi. Muslim o‘z “Sahih”ida rivoyat qiladi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam marhmat qiladilar:

للمملوكِ طعامُهُ وكسوتُهُ، ولا يُكَلَّفُ من العملِ إلا ما يطيقُ

  “Mamluk-ishchi xizmatchi yeb-ichiriladi va unga kiyim-kechak kiydiriladi. Unga faqat toqati yetadigan ish buyuriladi.” Shuning uchun davlat muhtasibi ish beruvchi va ishchi yollovchilarni ishchi va xodimlarga haddan ortiq ish yuklashlaridan yoki ularni sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan ishlarga majburlashdan qaytaradi. Xuddi shunday, muhtasib xavf-xatardan saqlanish va zarar yetishini oldini olish maqsadida ish beruvchi yoki ijarachini xavfsizlik me’yorlariga rioya qilishga hamda mehnat sharoitida xavf-xatarlarni kamaytirishga majburlaydi.

  Topografik tekshiruv (topografik anatomiya – anatomiyaning odam organlarining qanday joylashganligini hamda qon tomirlariga, nervlarga aloqasini o‘rganadigan bo‘limi) – bu kasallikning alomatlari yoki belgilari bo‘lmagan shaxslarda kasallikni aniqlash maqsadida yalpi aholi uchun olib boriladigan tekshiruvdir. Odatdagi tibbiy ko‘riklardan farqli o‘laroq, topografik tekshiruv hech qanday kasallik belgilari bo‘lmagan shaxslarda o‘tkaziladi. Biroq, bu tekshiruv vakolatli sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan ushbu tekshiruv yashirin kasalliklarni kashf etishga yordam beradi, deb ko‘rilgan holatdagina amalga oshiriladi.

  Ammo, topografik tekshiruvlarning maqsadiga kelsak, u jamiyatdagi kasallikni erta aniqlashdan iborat bo‘lib, bu kasallikdan aziyat chekishni ozaytirish va davolanishning muvaffaqiyat darajasini oshirish imkoniyatini beradi. Misol tariqasida oladigan bo‘lsak, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar muntazam ravishda feniketonuriya (PKU) uchun sinovdan o‘tkaziladilar. Bu ozuqaviy aralashuvsiz aqliy zaiflikka olib keladigan holatdir. Bu  bilan ko‘plab yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning hayotini saqlab qolish imkoniyati tug‘iladi.

  Xalifa sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari bilan maslaxatlashgan holda ushbu topografik tekshiruv dasturlarini ixtiyoriy yoki majburiy bo‘lishi haqida qaror qabul qiladi.  Aholi bunday tekshiruvdan o‘tishga majbur qilinmaydi. Faqat, agar aholi shaxslarining tekshiruvdan o‘tishni rad etishlari oqibatida boshqa shaxslarga ham zarar yetishi xavfi bo‘lsa, bunday holatda

لا ضرر و لا ضرار

“Zarar berish ham, zarar ko‘rish ham yo‘q”, degan hadisga, shar’iy qoidaga asosan zararni bartaraf etish uchun shaxslar ko‘rikdan o‘tishga majbur qilinadilar.

Og‘iz va tishlarning salomatligi

  Og‘iz bo‘shlig‘i salomatligining olamiy dasturlari shuni ta’kidlaydilarki, og‘iz bo‘shlig‘i salomatligi umumiy salomatlikning ajralmas bir qismi bo‘lib, u hayot sifatini belgilovchi omildir. Og‘iz, milk va tish kasalliklari keng tarqalgan muammodir. Sanoati rivojlangan yirik mamlakatlar maktab o‘quvchilarining 60-90 % i va kattalarning aksariyat qismi tish kariyesiga mubtalo bo‘lgan. Xuddi shu holat milk kasalliklariga ham tegishli. Tish kasalliklari azob va og‘riqlarga olib keladi. Shuningdek, u nutq va uning yaxshiligiga ta’sir ko‘rsatadi. Og‘iz xidini buzadi va insonning go‘zalligini o‘zgartiradi. Bundan tashqari, u chaynash va ovqatlanish muammolarini keltirib chiqaradi. Islom og‘iz sog‘ligiga va uning pokligiga e’tibor qaratib, uni asrab avaylashga targ‘ib etdi. Buni Alloh ta’oloning roziligini qozonish bilan bog‘ladi. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Ahmad, Nisoiy, Ibn Mojja, Ibn Xazima rivoyat qilgan va Navaviy sahih degan hadisda marhamat qiladilar:

السِّواكُ مَطهَرةٌ للفَمِ، مَرْضاةٌ للرَّبِّ

  “Misvok og‘izni pok qilguvchi va Parvardigorni rozi qilguvchidir”.

Rasululloh sallollohualayhi va sallam yana marhamat qiladilar:

لولا أن أشُقَّ على أمَّتي لأمَرتُهم بالسِّواكِ مع كلِّ صلاةٍ

 “Agar  ummatimga mashaqqat tug‘dirib qo‘ymaganimda ularni har namozda misvok tutishga buyurgan bo‘lar edim”. Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

لولا أن أشُقَّ على أمَّتي لأمَرتُهم بالسِّواكِ عند كلِّ وُضوءٍ

 “Agar  ummatimga mashaqqat tug‘dirib qo‘ymaganimda ularni har tahortda misvok tutishga buyurgan bo‘lar edim”. Buxoriy rivoyati. Tahorat asnosida misvok qo‘llash bugungi kunda musulmonlar orasida keng ko‘lamda qo‘llanib kelinmoqda. Hadisi shariflar  Islom dini paydo bo‘lishi bilanoq shaxsiy gigenaga, og‘izni pok saqlash uchun misvokning roliga qaratgan ahamitiga ishora qiladilar. Rivoyatlarga qaraganda, Rasululloh sallollohu alayhi va sallam o‘lim to‘shagida yotar ekanlar ayollaridan tishlarini misvok bilan tozalab qo‘yishlarini so‘radilar va bu u Zotning dunyoda qilgan eng so‘ngi dunyoviy ishlari edi. Shunday ekan, qanday qilib tishlarning sog‘lomligi, og‘iz bo‘shlig‘i sog‘lig‘iga rioya qilish Xalifalik davlatining sog‘liqni saqlash siyosatidagi eng asosiy juz bo‘lmasligi mumkin?!.

  Darhaqiqat, Islom jamoat namoziga kirishdan avval birodarini yoqimsiz xidi bilan ozorlantirmasligi uchun musulmondan sarimsoq va piyoz yeyishdan qaytardi. Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qiladilar:

مَنْ أَكَلَ ثُومًا أَوْ بَصَلًا فَلْيَعْتَزلْنَا، أَوْ فَلْيَعْتَزلْ مَسْجدَنَا

  “ Kim sarimsoq yoki piyoz yegan bo‘lsa, bizlardan chetda tursin, yoki masjidimizdan ham chetda tursin”. Og‘iz va tishlarga e’tibor bermaslik ularning xidini buzilishiga va tabiiyki, bu xiddan musulmonlarning ozorlanishiga olib keladi.

 Xalifalik davlati bolalarni voyaga yetgunlariga qadar bepul stomotologiya bilan ta’minlashi lozim. Davlat vaqti-vaqti bilan barcha fuqarolarning, ayniqsa, tishlarini sog‘lig‘ini kuzatish, kasalliklarni va erta chirishini oldini olish va ularni davolash uchun maktab ta’limining turli bosqichlarida bo‘lgan bolalarning og‘iz bo‘shlig‘ini tekshirib turishi lozim. Shuningdek, Xalifalik davlati avvalo Islomning tegishli ahkomlarini o‘rgatish orqali, so‘ngra odamlarga og‘iz bo‘shlig‘i va tish salomatligining ahamiyati va uni qanday saqlash kerakligi xaqida ma’lumotlar berishga qaratilgan ommaviy axborot kompaniyalari orqali og‘iz bo‘shlig‘i gigenasi va tish parvarishining ahamiyatini o‘rgatishga e’tibor qaratishi lozim. Tishlarni parchalanishdan himoya qilish va ularning kasallanish darajasini pasaytirish siyosati qo‘llashi lozim. (davomi bor).

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.