Eron prezidenti “keskin” bayonot berdi

358
0

Eron prezidenti “keskin” bayonot berdi

 Xabar: Eron prezidenti Ibrohim Raisiy agar (Isroil) hukumati mamlakatga qarshi harakat boshlasa Tel-Aviv va Hayfa shaharlari vayron bo‘lishini aytdi.

 Eron prezidenti armiya kuni munosabati bilan qilgan chiqishida shunday byonot bergan.

 Harbiylarga murojaatida davlat rahbari Eron armiyasi “yaxshi jihozlangan” va “xalq manfaatlari”ga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

 “Amerika qo‘shinlari Yaqin Sharqni imkon qadar tezroq tark etishi kerak, chunki bu ularning o‘z manfaatlari va mintaqa manfaatlariga to‘g‘ri keladi”, – dedi Ibrohim Raisiy.

 Izoh: Eron armiyasi quruqlik kuchlari qo‘mondoni ham 2022-yil iyun oyida (isroil)ga tahdid qilib: “agar bu dushman xato qiladigan bo‘lsa, biz Tel-Aviv bilan Hayfani yer bilan yakson qilamiz”, deb bayonot bergan edi. Ammo, yahud vujudi tomonidan eronlik ulamolar o‘ldirilib, hududlari bombirdimon qilinsa ham qo‘mondon bu harakatlarni “xato” sifatida qabul qilmadi va yahud vujudi tomon loaqal bitta o‘q uzishga buyruq ham bermadi. Eron prezidentining “keskin” bayonoti ham xuddi quruqlik kuchlari qo‘mondonining tahdidi kabi quruq so‘zdan boshqa narsa emas. Agar Eron rejimi so‘ziga sodiq bo‘lganida musulmonlar uchun muborak zamin bo‘lgan yerni bosib olgan, qurolsiz musulmonlarni o‘ldirayotgan, muslimalarni shafqatsizlarcha otib tashlayotgan yahudiylarni tiyib qo‘yish yo‘lida harakat qilgan bo‘lar edi. Hatto bir necha yillardan beri musulmonlar uchn muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida Al-Aqso masjidiga bostirib kirib, namoz o‘qiyotgan musulmonlarga shovqinli granata, zaharli gaz, rezina o‘qlar bilan hujum qilgani uchun tanqid qilishdan boshqasiga yaramayapti. Joriy yilda ham yahud harbiylari 4 aprel kechasi va 5 aprel subhida Al-Aqso masjidida avvalgi jinoyatlarini takrorladi. Ammo, na Eron hukumati va na boshqa islomiy yurt rahbarlari uni tiyib qo‘yish uchun harbiylarini jalb qilish haqida o‘ylashmadi.  

 Eron prezidenti va Eron qo‘mondonlarining bu kabi “tahdidli bayonotlari” “poxol do‘q”dan boshqa narsa emas. Chunki Eron rejimi ham musulmon yurtlaridagi boshqa rejimlar kabi Ummatni parchalash va yahudiylarni Falastin zaminida mustahkamlashga urinayotgan mustamlakachi G‘arb qo‘lidagi qo‘g‘irchoqdir. Shuning uchun Eron va boshqa islomiy yurtlar rahbarlarining ququr po‘pisalargi aldanmay, haqiqiy yechim yo‘lida harakat qilish zarur. Bu yechim – musulmonlar uchun muborak bo‘lgan zamindan yahud vujudini ildizi bilan qo‘porish bilangina hal bo‘ladi, boshqa yo‘l bilan hal bo‘lmaydi. Bu ish Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilangina amalga oshadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.