Yaman o‘z izzati va kuch-qudratiga Islomsiz aslo erisholmaydi

182
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Yaman o‘z izzati va kuch-qudratiga Islomsiz aslo erisholmaydi

Muhandis Shafiq Xamis

2023 yil 2 mart payshanba kuni AQSHning Yamandagi elchisi Stiven Fagin Bahraynda joylashgan AQSH Beshinchi floti qo‘mondoni bilan birga Mahra viloyatini ziyorat qildi. Ular G‘iza aeroportida Mahra gubernatori Muhammadali Yosir, mahalliy kengashning bir necha rasmiylari va Sohil soqchilik kuchlari tomonidan kutib olindi. Bu ziyoratdan maqsad Erondan Husiylarga yetib kelayotgan qurol-yarog‘larni oldini olish va Mahra sohillari bo‘ylab kontrabandaga qarshi kurash ekani aytildi.

Ammo bu yerda boshqa gap bor!

Ushbu ziyorat bo‘yicha na AQSHning Yaqin Sharqdagi kuchlarini nazorat qiluvchi Pentagon Markaziy qo‘mondonligidan biror tezkor izoh keldi, na Mudofaa vazirligi kotibiyati va na AQSH Tashqi ishlar vaziriligi tomonidan. Biroq bu Oq uyga tegishlik kontekst bo‘yicha ketayotgani aniq. Bundan oldin Kongress Pentagondan va Davlat departamentidan Mahrada qilayotgan ishlari to‘g‘risida izoh talab qilib, buni ikkalasidan ham ololmagach, Oq uydan talab qilgan. Demak, bu ziyoratning sababi ochiqlanmayotganligidan ko‘rinib turibdiki, AQSH kuchlarining Hazramavt va Mahrada mavjud bo‘lishi AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi missiyasi bilan bog‘liq, bu boshqarma esa o‘z faoliyatini ochiqlamaydi.

Hazramavt va Mahradagi voqea-hodisalar Saudiyaning qo‘li bilan tezlashib-davom etayotgan bo‘lib ko‘rinmoqda. Biroq siyosiy ishlarni kuzatib boruvchi shaxs uning Amerika siyosatiga xizmat qiladigan maqsadlaridan g‘aflatda qolmaydi. Hozirda AQSH kuchlarining Hazramavt va Mahrada mavjud bo‘lishi Saudiya harbiy kuchlarini yo‘naltirib, himoya qilishga qaratilgan. Chunki Amerikaning buyrug‘i ostida harakat qiluvchi Saudiya Xarxir-Nashtun neft quvuri liniyasini qurish mashaqqatlariga dosh bera olmagan edi. Ya’ni Saudiya Mahrada infratuzilmani yaxshilash loyihalarini taqdim etishiga va gumanitar yordamlar ko‘rsatishiga qaramay, shuningdek, Saudiya pasportini olmoqchi bo‘lgan mahraliklarga pasport berib, qabila shayxlariga oylik maosh tayinlashiga qaramay, mazkur qurilishni amalga oshirolmagan edi. Shulardan so‘ng Saudiya oldida so‘nggi maqsad – Arab dengizi orqali neft tashish uchun dengiz yo‘lagini qo‘lga kiritish maqsadi qoldi. Darhaqiqat, Saudiya 2015 yildan beri Yamandagi urushga yetakchilik qilib kelyapti. U o‘z faoliyatini bu o‘lkada 2017 yil noyabr oyida Mahra viloyatidan boshlagan bo‘lib, 2019 yilda o‘zining neft konlarini Arab dengizi bilan bog‘lovchi neft quvurlari qurilishini boshlagan. Ali Salim Hurayziy Ummon tomonidan dastaklanuvchi Mahra qabilalari muxolafat kuchlariga qo‘mondonlik qildi. Bu kuchlarga 2006 yildan boshlab shu kunga qadar butun Mahra viloyati bo‘ylab keng ko‘lamda harbiy operatsiyalar olib borishga ruxsat berilgan.

Hisobotlarga ko‘ra, Saudiya harbiy kuchlarining Mahra viloyatidagi lagerlari soni o‘ntadan oshadi. Ularda turli yengil, o‘rta va og‘ir qurollar, zirxli texnikalar, «Apache» vertolyotlari va raketalar mavjud. Bundan tashqari ayni lagerlar Hazramavt va Mahradagi harbiy amaliyotlar maydoniga yaqin bo‘lib, viloyatdagi strategik transport yo‘laklarini nazorat qilishni maqsad qilgan. Saudiyaning Sayks-Piko chegaralari bo‘ylab joylashtirilgan qo‘shinlari soni 5 mingdan 15 mingacha yetadi. Biroq ular Amerikaning Yamanni bo‘lib tashlash rejalari bo‘yicha harakat qilib, mana shu ikki neft viloyatlarini uning manfaati uchun nazorat qilmoqda.

Oli Saud rejimi «urushda vayron bo‘lgan yerlarni qayta tiklash» g‘oyasidan Amerika rejalarini amalga oshirish uchun niqob sifatida foydalanyapti. Shu orqali Yamanga o‘ng qo‘li bilan pullar berib, chap qo‘li bilan unga chang solyapti. Riyoz, shuningdek, Hazramavt viloyatidagi Sayvun shahrini qayta tiklash loyihasini ham taqdim etgan. Mahra viloyati uchun 10 loyiha ishlab chiqqan bo‘lib, unga viloyatdagi port va aeroportlarni qayta qurish ham kiradi. Xarxir-Nashtun neft quvuri liniyasini qurish uchun navbatdagi qadam Saudiya harbiy kuchlarining 2020 yil boshida G‘iza aeroportiga kelib tushishi bilan boshlandi va bu o‘sha yilning oxirida AQSHning Yamandagi elchisi Kristofer Genzelning G‘iza Aeroportini ziyorat qilishiga zamin yaratdi, o‘z navbatida, Genzel ziyorati AQSH kuchlarining kela boshlashiga bir ishora bo‘lgan edi. Bu narsa Ummon sultonligini bezovta qildi va shu sababdan 2021 yil yanvarda u yerga AQSH bilan birga Britaniya kuchlari yetib keldi.

Ilgari Saudiya kuchlari G‘iza aeroportiga joylashib olgach, baliqchilarning baliq tutishlariga taqiq qo‘ydi va bunga «sohil orqali bo‘ladigan kontrabandaga qarshi kurash», degan narsani hujjat qilib keltirgandi. Bugun ham AQSH piyoda kuchlari butun Mahra viloyati sohillariga kuzatuv kameralari va moslamalarini o‘rnatib olib xudda o‘shanday taqiqlarni joriy qilmoqda.

2022 yil kuzda ikki nafar amerikalik harbiy ekspert viloyatni ziyorat qildi. Ommaviy axborotlarda aytilmagan bu ziyoratdan maqsad zohirda Saudiya bilan uning qurilish rejalari bo‘yicha maslahat o‘tkazish ekani aytildi. Ammo aslida ziyoratlari Mahra qabilalarining u yerda Saudiya va uning ortidagi Amerikaning joylashuviga nisbatan qanday reaksiya bildirishlarini kuzatishga qaratilgan. Joriy yilning fevral oyi boshida yana ikki nafar amerikalik harbiy ekspert kelib, butun Mahra viloyatini aylanib, aholini Saudiya armiyasiga, binobarin, Amerika qo‘shinlariga harbiy qarshilik ko‘rsatishdan voz kechishga ko‘ndirishga urinishdi. Shuningdek, neft quvurlarini Saudiya konlaridan Mahra viloyatidagi Nishtun shahri portigacha olib borish rejasiga aholini majburan rozi qilishga ham harakat qilishdi. Amerika kuchlari Hazramavt va Mahraga shu tarzda sizib kirar ekan, u yerda qolishlariga o‘zlarining ishonchi komil emas… Shu sababdan birovning qo‘yniga berkinib, kerak bo‘lsa qochib qolishga tayyor bo‘lib turibdi. Shuning uchun rejasini oldindan ishlab chiqib olgan. Darvoqe, ilgari AQSH tadqiqotlar markazi – agar Amerika Yamanga kirmoqchi bo‘lsa albatta Saudiya orqali kirishi kerak, degan fikrga bir ovozdan ittifoq qilgandi. Britaniya ham avvalda shunday qilgan edi.

Amerikaning mintaqadagi siyosati musulmon yurtlariga aralashishdan hamda ularni himoya qiluvchi Xalifalik davlati yo‘q bo‘lgan bir paytda, u yerlarga o‘z nufuzini kiritib, o‘zi boshqarishdan iborat. Shuningdek, Sayks-Piko chegaralari chizilganidan 100 yil o‘tgandan keyin, «Yangi Yaqin Sharq» loyihasini amalga oshirish uchun ayni chegaralarni qayta chizish, neft tankerlari yo‘nalishini G‘arbda Atlantika okeanidan Sharqda Tinch okeani tomoniga eng kam xarajatlar va eng kam ziyonlar bilan burib yuborishdan ham iborat. AQSHning eng kam xarajatga majbur bo‘layotgani sababi uning doimiy budjeti taqchil ahvolda ekanidir. Eng kam ziyonga majbur bo‘layotgani sababi amerikalik jamoatchilik fikrining siyosiy faoliyatlarga norozi va asossiz-keraksiz urushlarni aslo istamasligidir. Siyosiy jihatdan zaifhol Britaniyaga kelsak, bu mamlakat o‘zining barcha ishlarida Amerikaning egizagi bo‘lib, Yaman prezidentlik kengashi va o‘tish davri kengashidagi o‘z odamlari orqali siyosiy nufuzi ostidagi mintaqalarni himoya qilishdan boshqa narsaga qodir bo‘lolmayapti.

O‘z-o‘zidan muhim savol tug‘iladi: Riyoz avvalda 2003 yil Amerikaga Irog‘ga qilgan urushida yordam berdi va urush badalini Amerikaning o‘rniga Riyoz to‘ladi. U bilan birgalikda Iroqni uch mintaqaga: shimolni kurdlarga, janubni shialarga, markazni sunniylarga bo‘ldi. Keyin Riyoz Husiylarni ba’zilar o‘ylayotganidek yo‘q qilish uchun emas, balki ularni San’oda mustahkamlashga va Amerika nufuzini Adanga kiritib, Hazramavt va Mahrani bo‘lishga 2015 yildan beri bugungi kungacha harakat qilib keldi.

Xo‘sh, shulardan keyin zamon Saudiyaga qarshi o‘zgarib, sharqiy neft mintaqasi yangi Sayks-Piko chegaralari doirasida undan tortib olinsa bunga rozi bo‘ladimi?! Zero, kecha Riyoz Bag‘dodning mag‘lub bo‘lib, Tehronning g‘olib bo‘lganligiga afsuslangan edi. Shu bois, kelajakda Yamanning va uning ortidan o‘zining bo‘linishidan afsuslanishi ham unga aslo foyda bermaydi.

Shuning uchun, butun Yaman, Najd va Hijoz ahli bir o‘ylab ko‘rsinlar: bu ahvollarini nima tuzatadi, G‘arb rejalarimi?! Axir, yuz yildan ziyod vaqt muqaddam ularning Xalifaliklarini ag‘darib, Islomni ulardan uzoqlashtirgan hamda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ta’lim va tibbiyot sohalarida hayotiy ishlarini kufr tuzumi bilan boshqarayotgan mana shu G‘arb emasmi?! Yoki ahvollarini nima tuzatgan bo‘lsa o‘sha narsaga, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikka qaytishlari lozimmi?!

Roya gazetasining 2023 yil 22 mart chorshanba kungi 435-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.