Ularning makr-hiylalari Alloh huzurida ma’lumdir

141
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

وَقَدْ مَكَرُواْ مَكْرَهُمْ وَعِندَ اللَّهِ مَكْرُهُمْ وَإِن كَانَ مَكْرُهُمْ لِتَزُولَ مِنْهُ الْجِبَالُ

«Darhaqiqat, ular (ya’ni Makka mushriklari) o‘zlarining makr-hiylalarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog‘lar yemirilib ketadigan bo‘lsa-da, ularning (bu) makr-hiylalari Alloh huzurida (ma’lumdir)»

Islom Ummati hayotga Islom qaytib kelib, o‘z ahkomlari bilan Ummatni boshqaradigan va zolim boshqaruv zamoniga chek qo‘yadigan kunga intilmoqda. Zero, bu jobir boshqaruv zamonida Islom hokimiyat tepasidan ag‘darilib, boshqaruv choklari so‘kildi, Islom hayot va davlatdan ajratilib, musulmon yurtlarda ilmoniylik mutlaq hukmron bo‘ldi. Ilmoniylar o‘z ko‘ppaklarini Ummatning miyasini g‘ajish uchun qo‘yib yubordi, shu orqali Ummatning aqidasi, merosi va uzoq tarixi o‘rniga G‘arb mafkurasini ekishga urinishdi. Ammo ular bir asrdan ziyod sarflagan shuncha mehnatlari havoga kuldek uchib ketganini ko‘rgach, nima qilishni bilmay qolishdi… Ummatning o‘z Islomini hokimiyatga qaytarish va moddani ruh bilan, siyosatni Allohning ahkmolari bilan qorishtirish hamda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalik davlatini qayta barpo etishda naqadar qat’iy turganini ko‘rib, es-hushlarini yo‘qotib qo‘yishdi. Bu esa, ularning Ummat, uning aqidasi, merosi, ulamolari va da’vatni ko‘tarib chiqayotganlarni yomon ko‘rishlarini ochiq aytishga majbur qilmoqda. Biroq, makrlari albatta ularning bo‘g‘izlariga qaytarib uriladi va Alloh Subhanahu va Taolo Ummatga yana nusrat berib, kuch-qudratiga va O‘zi istagandek, insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat maqomiga qayta ko‘taradi.

Roya gazetasining 2023 yil 5 aprel chorshanba kungi 437-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.