Birinchi qaldirg‘ochlardan bo‘lgan da’vat sohibining ta’ziyasi

176
0

Birinchi qaldirg‘ochlardan bo‘lgan da’vat sohibining ta’ziyasi

مِنَ الْمُؤْمِنِينَ رِجَالٌ صَدَقُوا مَا عَاهَدُوا اللَّهَ عَلَيْهِ فَمِنْهُم مَّن قَضَى نَحْبَهُ وَمِنْهُم مَّن يَنتَظِرُ وَمَا بَدَّلُوا تَبْدِيلاً

«Mo‘minlar orasida o‘zlari Allohga bergan (U zotning yo‘lida jihod qilib, shahid bo‘lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo‘lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o‘z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo‘ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo‘lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o‘xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o‘zgartirganlari yo‘q»

Alloh Subhanahu va Taoloning qazosiga imon keltirgan holda, Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi butun mamlakat ahliga, xususan Hizb ut-Tahrir a’zolariga o‘zining ahdga vafo qilgan, sabr qilib, Allohdan savob umid qilgan a’zolaridan biri ulug‘ olim doktor Abdulhalim Muhammad Rumhiy (Abu Imod)ning vafot etganini xabar qiladi.

Shayx Abu Imod bugun hijriy 1444 yil 11 Ramazon (milodiy 2023 yil 2 aprel) yakshanba kuni tongda 84 yoshida Alloh Taoloning rahmatiga rehlat qildi. U kishi butun umrini Alloh Subhanahu va Taologa itoat qilib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni barpo etish orqali islomiy hayotni qayta boshlash uchun Hizb ut-Tahrir bilan birgalikda faoliyat qilib o‘tazdi. Ushbu harakatidan uni zolimlar qo‘lida chekkan zulmu zo‘ravonliklar ham, uzoq vaqt davom etgan hastaligi ham qaytara olmadi. Bu qiyinchiliklarning barchasini Parvardigoriga imon keltirib, nusratiga ishongan holda sabru sabot bilan, savob umidida qarshi oldi, hech bir narsa shayxning qaddini bukolmadi, ahd-paymonidan qaytarolmadi.

Allohga dou qilib, shayx Abu Imodni O‘zining keng rahmatiga olishini va jannati Fardavsda payg‘ambarlar, siddiqlar, shahidlar va solihlarga hamroh aylashini so‘raymiz, ularga hamroh bo‘lmoq naqadar buyuk baxtdir. Alloh Subhanahudan, shuningdek, bizga va shayximizning ahl-oilasiga va zurriyotlariga sabri jamil berishini ham tilab qolamiz. Alloh Subhanahu va Taolo buyurgan so‘zdan boshqasini aytmaymiz:

 الَّذِينَ إِذَا أَصَابَتْهُمْ مُصِيبَةٌ قَالُوا إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ 

«Ular biror musibat kelganda: «Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga qaytguvchilarmiz», deydigan zotlardir» [Baqara 156]

 Hizb ut-Tahrirning Iordaniya viloyatidagi matbuot bo‘limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.