Islom Ummati olamni qutqarishga harakat qiluvchi rabboniy Ummatdir

66
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Islom Ummati olamni qutqarishga harakat qiluvchi rabboniy Ummatdir

Islom kelib, o‘z aqidasi bilan odamlarning aqidalarini va hayot haqidagi fikrlarini o‘zgartirdi. O‘z shariati bilan ularning hayotiy ishlarini tartiblashtirdi. Islomni qabul qilganlar zulmatdagi kimsalarni nurga, bandalarga ibodat qilishdan bandalar Robbisiga ibodat qilishga chiqaruvchi vakillarga aylandilar. Bu ish Rosululloh ﷺning tiriklik chog‘larida ham, vafotlaridan keyin ham musulmonlarning odatiy ishlari bo‘lgan. Sahobiy Robe’ ibn Omir roziyallohu anhuga qarang. Payg‘ambar alayhissalomning maktabini a’lo darajada bitirib chiqqanlardan biri bo‘lmish bu zot odamlarga Islomni juda go‘zal suratda yetkazar edi. Darhaqiqat, Fors qo‘mondoni Rustam undan «bu yerga sizlarni nima yubordi?», deb so‘raganda bunday degan edi: «Alloh bizni o‘zi xohlagan bandalarini bandalarga ibodat qilishdan Alloh Taologa ibodat qilishga, dunyo torligidan oxirat kengligiga, dinlar zulmidan Islom adolatiga chiqarish uchun yubordi. Alloh yana bizni o‘z xalqiga u zotning diniga ularni da’vat qilishimiz uchun yubordi. Kim qabul qilsa, biz ham undan qabul qilamiz va ortga qaytamiz, uni va yerini tark etamiz, yerini o‘zi boshqaraveradi. Kim bosh tortsa, Allohning va’dasiga erishgunimizga qadar urishaveramiz dedi». (Tabariy «Rusul va muluk» kitobida rivoyat qilgan). «Yubordi» so‘zidan murod Alloh Subhanahu va Taolo xuddi rosullari zimmasiga yuklagan vazifani bizning ham zimmamizga yukladi, demakdir. Shunga e’tibor qaratingki, bu Islomni butun insoniyatga taqdim etish vazifasidir. Mudom hayotda anbiyo va rasullar qolmagan ekan, demak, bu vazifa Islom Ummati zimmasiga tushgan. Ummat to qiyomat kuniga qadar yelkasida Islom nuri va adolatini tashish, olamni zalolatdan qutqarish, insoniyatni zulm, baxtsizlik, xorlik va qullikdan xalos etib, Islom boshqaruvi soyasida kuchli va farovon yashashga olib chiqish bilan shug‘ullanadi.

Roya gazetasining 2023 yil 8 mart chorshanba kungi 433-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.