Ey Misr ahli! Siz Fira’vning qavmidan bo‘lmang balki Fir’avn oilasining mo‘minlaridan bo‘ling

81
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Ey Misr ahli! Siz Fira’vning qavmidan bo‘lmang balki Fir’avn oilasining mo‘minlaridan bo‘ling

Ey Kinona ahli!

Siz Fir’avn ularga past nazar bilan qaragan kunda unga itoat qilgan qavmidan bo‘lmang, balki Fir’avn oilasining mo‘minlaridan bo‘ling, ma’rufga buyurib, munkardan qaytaring. Ana shunda Alloh Taolo ushbu balo va kufr boshqaruvini boshingizdan ko‘taradi, sizga ne-ne azoblarni tottirgan zo‘ravon G‘arb va uning malaylarini yo‘q qiladi. Sizni yer yuzida xalifa qilib, siz va Ummatga O‘zi rozi bo‘lgan diningizni g‘olib qiladi, xavf-xatardan tinch-xotirjam hayotga chiqaradi. Aks holda, Islom shariatini tatbiq qilmaganingiz uchun – Alloh O‘zi asrasin – Allohdan qo‘rqmaydigan va sizga rahm qilmaydigan kimsalarni ustingizdan hukmron qilib qo‘yadi, xuddi Amerika malayi Sisiy kabi.

Ey Islom Ummati!

Keling, zararkunanda hukmdorlarga yer yuzidan joy bermaylik, chunki agar ular shunday qolsalar, sizni adashtirishda va yurtlaringizni xonavayron qilishda davom etadilar. Alloh Taolo bunday degan:

 يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ اسْتَجِيبُواْ لِلّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُم لِمَا يُحْيِيكُمْ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ الْمَرْءِ وَقَلْبِهِ وَأَنَّهُ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ * وَاتَّقُواْ فِتْنَةً لاَّ تُصِيبَنَّ الَّذِينَ ظَلَمُواْ مِنكُمْ خَآصَّةً وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللَّهَ شَدِيدُ الْعِقَابِ

«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi o‘rtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga to‘planursizlar. Sizlardan faqat zolim kimsalarning o‘zigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir»[Anfol 24-25]

Yana bunday degan:

 وَلاَ تَرْكَنُواْ إِلَى الَّذِينَ ظَلَمُواْ فَتَمَسَّكُمُ النَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ اللَّهِ مِنْ أَوْلِيَاء ثُمَّ لاَ تُنصَرُونَ 

«Zulm yo‘lini tutgan kimsalarga berilib ketmanglar (ergashmanglar). Aks holda sizlarga do‘zax o‘ti yetar. Sizlar uchun Allohdan o‘zga biron do‘st yo‘qdir. Keyin (ya’ni zolimlarga ergashsangiz) sizlarga yordam berilmas» [Hud 113]

Roya gazetasining 2023 yil 8 mart chorshanba kungi 433-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.