بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Politexnika universitetidagi Al-Va’y guruhi siyosiy qamoqqa olishlarni qoralamoqda
Hizb ut-Tahrirning politexnika universiteti talabalari doirasidagi Al-Va’y guruhi talabalar piketida ishtirok etdi. Hatto universitet talabalarini ham omon qoldirmayotgan siyosiy qamoqqa olishga qarshi o‘tkazilgan ushbu tadbirda uyushma a’zolari so‘zga chiqib, bunday repressiv yondashuvni qoraladilar. Ularning nutqida bunday so‘zlar keladi:
«Siyosiy qamoqqa olishlar musulmon yurtlaridagi rejimlar amalga oshiradigan xavfli hodisaga aylanib qoldi. Maqsadlari Ummatni Islom dushmanlariga tobe va xorlikda ushlab turish, musulmon farzandlaridagi kurashuvchanlik ruhini o‘ldirishdir. Aks holda, nega talabalarni da’vatdan to‘sishyapti?! Allohning buyrug‘ini bajarishga yo‘l qo‘ymaslik va og‘izlarni yopish bilan kimlarni rozi qilishmoqchi?! Nima uchun universitet talabalari faoliyatlari oldiga har turli to‘siqlar qo‘yishgan?!».
Al-Va’y uyushmasi siyosiy qamoqqa olishga nisbatan o‘z noroziligini bildirib, quyidagilarni ta’kiladi: «talabalarga nisbatan qo‘llanayotgan repressiya Ummat allaqachon bosib o‘tgan eski davrga mansub. U davr rejim va uning jallodlaridan qo‘rquv bosqichi edi. Ammo hozir Ummat barcha qo‘rquv devorlarini ag‘darib, o‘zining qo‘zg‘olon bahorida yashamoqda, tog‘utlarni kurashga chorlab, ulardan kattalarini ag‘darmoqda va bu yo‘lda shahidlar bermoqda, o‘zining molu jonini fido etmoqda. Bas, rejim va uning jallodlari o‘zlaridan g‘ururlanmasinlar, balki o‘zlaridan oldin o‘tgan diktatorlarning taqdiri qanday tugaganidan ibrat olsinlar».
Nutqda, shuningdek, universitet rahbarlari va akademiklarga, xususan, talabalar uyushmalariga xitob qilinib, ularni ovozlarini baland ko‘tarib, ilm toliblarining qamoqqa olinishini qoralashga va bunday sharmandali qamoqqa olishlar qarshisida mustahkam to‘siq bo‘lishga chaqirildi.
Nutq so‘nggida talabalar va o‘qituvchilarni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etish orqali butun insoniyat xalos bo‘ladigan islomiy hayotni qayta boshlashga da’vat qilindi.
Roya gazetasining 2023 yil 22 fevral chorshanba kungi 431-sonidan