Kecha qutqaruvchi bo‘lib ko‘ringan yahudlarning bosqinchiligi davom etmoqda
(Isroil) harbiy kuchlari G‘arbiy Sohildagi Nablus shahriga yana vahshiyona qirg‘in uyushtirdi. Qirg‘in natijasida tinch aholidan 11 nafar musulmon, jumladan 72 yoshli inson hayotdan ko‘z yumdi va 100 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.
Turkiya hukumati (Isroil) hujumini “keskin” qoralab chiqdi. Shunga qaramay (Isroil) kuchlari Nablusga uyushtirilgan ushbu qonli bosqindan keyin hujumlarini yanada kuchaytirib, G‘azoga raketa hujumlarini boshladi. Falastin televideniyesi tarqatgan xabarga ko‘ra, Xebron shimolidagi Arrub qochqinlar lagerida (Isroil) harbiylari musulmonlarni o‘qqa tutgani bois, boshidan o‘q yegan 22 yoshli Muhammad Javabreh voqea joyida shahid bo‘lgan. Yana ikki yigitning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Izoh: Turkiyada yuzaga kelgan zilzilada qutqaruvchi sifatida namoyon bo‘lgan yahudiy vujudi haqiqiy basharasini ko‘rsatishda davom etmoqda. Turkiya hukumatining mazkur qirg‘inga nisbatan “keskin” qoralash bilan kifoyalanib, so‘ng o‘zaro aloqalarini a’lo darajada davom ettirishi ham yangilik emas. Zotan bu hukumatning chaqmoqlar va momaqaldiroqlar bilan kelib, yomg‘ir yog‘may o‘tib ketadigan qora bulut kabi faqat baqir-chaqir qilib, amalda hech bir ishga qo‘l urmasligini yahudiylar juda yaxshi biladi. Ammo e’tiborga molik joyi shundaki, 2023 yil yanvar oyining oxirida Quddusda 7 nafar yahudiyning o‘limiga sabab bo‘lgan hujumni Turkiya hukumati “terror hujumi”, deya jar solib, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamda yahud hukumati va xalqiga hamdardlik bildirgan edi. Vaholangki bu hujum yahudiy vujudining Jenin lagerida 9 nafar musulmon, jumladan yoshi ulug‘ onaxonni o‘ldirgan qirg‘iniga javob sifatida uyushtirilgan edi. Shunday bo‘lsa-da Turkiya hukumati bu hujumni “terror hujumi”, deya sifatladi.
Bosqinchi yahudiylar qirg‘in uyushtirib, qurolsiz tinch aholini qatl qilsa oddiy hujum hisoblanadi-yu, musulmonlarning bunga javob qaytarishi terror hujumi sanaladigan bo‘lib qoldimi?! Bunday baho berish musulmon o‘lkalari rahbarlarining og‘zidan chiqishi, Islom Ummati bilan hukmdorlari o‘rtasida katta jarlik mavjudligini ko‘rsatib turibdi. Ummat bir vodiyda bo‘lsa, ular boshqa bir vodiyda. Ummat o‘z hayotida Islomning tatbiq eitilishini hohlab turgan paytda bu hukmdorlar kufr qonunlariga yopishib olgan. Islomni hayotga qaytarish uchun qilinayotgan harakatlarga qarshi turgan asosiy to‘siqlar ham mana shu hukmdorlardir. Shuning uchun bularning hammasini ag‘darib tashlab, o‘rniga bitta Xalifani tiklash Ummat orasidagi shu ishga qodir kishilarning burchidir. Ana shunda Islom Ummati Allohning nusrati bilan muborak Aqso masjidi va uning atrofidagi pok muqaddas zaminni ozod etadi. Islomiy o‘lkalardagi mustamlakachilarni quvib chiqib, barcha yurtlarni ozod qiladi. Nafaqat Islomiy o‘lkalarda, balki butun dunyoda adolatni o‘rnatadi. Natijada bu Ummat o‘zining “insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat” degan sobiq maqomini qayta qo‘lga kiritadi.
Zohid Zargar