Tunis bosh vazirasining Fransiya g‘aznachiligi bosh direktori bilan uchrashishi tobelikni kuchaytirish va krizisni murakkablashtirishdan o‘zga narsa emas!

129
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis bosh vazirasining Fransiya g‘aznachiligi bosh direktori bilan uchrashishi tobelikni kuchaytirish va krizisni murakkablashtirishdan o‘zga narsa emas!

Bir yil oldin (2022 yil 31 dekabrda) Tunisga kelgan Fransiya g‘aznachiligi bosh direktori Emmanuel Mulen 2023 yil 24 yanvar seshanba kuni Tunis bosh vazirasi Najlo Budin Ramazon tomonidan Qasabadagi hukumat saroyida yana kutib olindi. Unga Fransiyaning Tunisdagi elchisi Agdre Paran hamrohlik qildi.

Hukumat chiqargan rasmiy bayonotga ko‘ra, bu uchrashuv Tunis bilan Fransiya o‘rtasida turli sohalarda, xususan, iqtisodiy va moliyaviy sohalarda o‘zaro maslahatlashuv va fikr almashuv yili doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Bu xususda, ikki fransiyalik rasmiy Fransiya iqtisodiy rivojlanish, o‘sish sur’ati va ijtimoiy farovonlikni tiklash uchun zaruriy islohotlarni amalga oshirishdagi Tunisning sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot bo‘limi bu haqda quyidagilarni ta’kidladi:

«Ushbu shubhali uchrashuvdan Tunis bilan mustamlakachi Fransiya o‘rtasida logistika bo‘yicha bilimlarni muvofiqlashtirish hamda tajriba va fikr almashish maqsad qilingani aytilmoqda. Biroq, uchrashuvning mohiyatiga umumiy siyosiy oqim bo‘yicha hamda Tunis boshdan kechirayotgan xorlarcha qaramlik va barcha sohadagi, ayniqsa pul-kredit sohasidagi krizislar bo‘yicha qarash lozim…

Ming afsuski, bugun yurtimizda shunday hukumatni ko‘rib turibmizki, u mustaqillikni va korrupsiyaga qarshi kurashni da’vo qilib, qo‘zg‘olon shiorlarini ko‘tarib chiqyapti-yu, biroq bir vaqtning o‘zida, odamlarning jonini, nonini va ishlari boshqaruvini biz to‘g‘rimizda va’daga ham, burchga ham boqmaydigan mustamlakachi kofirga topshirib qo‘ymoqda. Alloh Taolo bunday degan:

وَلَن يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلاً

«Alloh hargiz kofirlar uchun mo‘minlar ustiga yo‘l bermagay» [Niso 141]

Ayni damda, bu ilmoniy hukmron sinf butun olam Parvardigori nozil qilgan qonunchilik tizimidan qasddan ko‘z yumib, takabburlik qilmoqda. Vaholanki, ushbu vahi tizimi insonning oziq-ovqat, kiyim-kechak, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamda moliyaviy-iqtisodiy ishlarni boshqarish bo‘yicha hayotining har bir tafsilotidagi muammolarini unga inson degan e’tiborda qarab, hal qiladi. Shunday ekan, bu sinf Allohning ahkom va qonunchiliklariga qachongacha takabburlik qiladi?! Qachongacha Islom tuzumi va tafsilotlariga bunchalik qarshi chiqib, bizga ziyon yetkazish payida yurgan mustamlakachi kofirning qo‘yniga kirishda bir-birlari bilan musobaqalashadilar?!

Roya gazetasining 2022 yil 1 fevral chorshanba kungi 428-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.