بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Abdulloh IIning najas Netanyaxuni kutib olishi Iordaniya ahliga dushmanlikdan boshqa narsa emas
Yahudiy vujudi bosh vazirining Iordaniyaga kelishi va bu vujud tinimsiz jinoyatlar qilayotgan bir paytda, qirollik saroyida mamlakat qiroli tomonidan kutib olinishi haqida Hizb ut-Tahrir – Iordaniya viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qilib, quyidagilarni ta’kidladi:
«Netanyaxuning Iordaniyaga kelishi Abdulloh rejimining o‘z strategik munosabatlaridan hamda uning yahudiy vujudini muborak zaminda mustahkamlashdek mustamlakachi G‘arb chizib bergan rolidan aslo voz kechmasligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, yahudiylarning har qancha dushmanlik va terrorchilik qilishlariga qaramay, ular bilan o‘zaro va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik shartnomalarini imzolash hamda Iordaniya ahli, uning suvereniteti, kuch-qudrati va hurmat-izzati hisobiga yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish orqali uni tiriklik vositalari bilan ta’minlashdan hech voz kechmasligiga ham dalolat qilmoqda».
Matbuot bayonotida yana bunday deyildi:
«Iordaniyadagi odamlar yahudiy vujudi bilan bo‘ladigan har qanday aloqada xorlik va sharmandalikdan boshqa narsani ko‘rmayaptilar. U bilan tinchlik, deya iddao qilinayotgan shartnomalardan qashshoqlik, mutelik va yurtning zoye ketishi kabi «samara»lardan boshqa narsani olmadilar. Xalqimiz Falastin masalasining yechimini yahudiylarga qarshi jang qilish deb, ya’ni faqat harbiy yechim o‘laroq ko‘radilar. Chunki ular o‘zlarining bunga tayyorgarlik va son-sanoq jihatidan qodir ekanliklariga va buning uddasidan chiqa olishlariga ishonadilar».
Bayonot so‘nggida Iordaniya ahliga xitoban bunday deyildi:
«Biz yahudiy vujudining sizga, Falastin ahliga va butun musulmonlarga dushman ekanini ta’kidlaymiz. Bu vujud Falastin ahliga ochiq dushmanlik qilib, na xalqaro qonunni tan olyapti, na ikki davlat yechimini va na bitta davlat yechimini. Hatto hukmdorlaringizni ham – har qancha bu vujudga yon berib, u bilan munosabatlarni normallashtirishlariga va unga itoatgo‘ylik qilishlariga qaramay – zarracha hurmat qilmayapti. Yahudiy vujudi bilan bo‘lgan muammoning birdan bir yechimi bu vujudni ildizi bilan qo‘porib tashlashdan iborat. Bu esa, musulmonlar armiyalarini musulmonlar sifatida safarbarlik qilish bilangina amalga oshadi. Bu bosqinchi vujud shunchalik zaif nimjonki, agar mustamlakachi kofir va islomiy yurtlarimizdagi uning malaylari tomonidan tiriklik vositalari bilan ta’minlanmaganda edi, bir zum ham oyog‘ida turolmas edi.
Roya gazetasining 2022 yil 1 fevral chorshanba kungi 428-sonidan