NGO‘s tashkilotlari josuslik uyalari bo‘lib, agentlar yetishtirib chiqarish hamda jamiyatlarni buzadigan zahri qotil saqofat tarqatish bilan shug‘ullanadi

209
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

NGO‘s tashkilotlari josuslik uyalari bo‘lib, agentlar yetishtirib chiqarish hamda jamiyatlarni buzadigan zahri qotil saqofat tarqatish bilan shug‘ullanadi

Doktor Ibrohim Tamimiy

Hizb ut-Tahrirning muborak Falastin

zaminidagi matbuot bo‘limi a’zosi

«Falastindagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining 80 %i Mossad va global razvedka uchun uya hisoblanib, Falastin jamiyatini buzib, vayron etishga qaratilgan. Bu tashkilotlar bilan «isroillik» rasmiylar doim aloqa qilishadi va u yerdagi ayrim rasmiylar orqali ularni bevosita va global razvedka xizmatlari orqali bilvosita boshqarib turishadi.

Ushbu fuqarolik tashkilotlarining roli jamiyatni mustahkamlashga emas, balki uning parchalanishiga hissa qo‘shish uchun turli xil ichki muammolarni izlab topish va qo‘zg‘ashdan iboratdir. Bu tashkilotlar Falastin fuqarosi hayotining barcha jabhalari haqida ma’lumot to‘plashga va ularni dushman razvedkasi qo‘liga hech qanday qiyinchiliksiz va to‘siqsiz topshirishga ustalik bilan o‘rgatilgan. O‘z navbatida, dushman razvedkasi ayni ma’lumotlar orqali Falastin ahlining kuchi qayerda, zaif jihati qayerda ekanini o‘rganish, so‘ng ularning harakatlarini nazorat qilish rejalarini ishlab chiqishda bosqinchi yahudiylarga yordam beradi».

Bu iboralar davlat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi rahbari Bassom Zakkornaga mansub bo‘lib, u o‘zining 2012 yil 1 iyulda Maan agentligida e’lon etilgan bayonotida fuqarolik jamiyati tashkilotlarining 80 %iga ta’rif bergan.

Bu to‘g‘ri ta’rif bo‘lib, men uni josuslik va saqofat quroli bo‘lgan «NGOs» jamoat tashkiloti haqidagi ushbu maqolamda keltirmoqni munosib ko‘rdim. Ha, «NGOs»ning faoliyati ikki narsaga cheklangan: siyosiy va saqofiy. Siyosiy jihatdan, rejim ustidan siyosiy nazoratning yirik davlatlar qo‘lida ushlab turilishi ko‘zlangan. Saqofiy jihatdan esa, G‘arbning dinni hayotdan ajratish va turli-tuman atamadagi erkinliklarga asoslangan saqofatini yoyish ko‘zlangan. Shuningdek, G‘arbning hech qanday din, mafkura, tizim va ummatni tan olmaydigan, balki g‘arbcha konstitutsiya va nazariyalarga asoslangan saqofat manbai ustiga qurilgan boshqaruv tizimining shakli va mexanizmini yoyish ham maqsad qilingan. Biz ushbu maqolamizda ayni tashkilotlarning musulmon yurtlaridagi islomiy hazoratini nishonga olgan zulmatli saqofiy jihatlariga diqqat qaratamiz. Yozuvchi Semyuel Xantington «Hazoratlar to‘qnashuvi… jahon tartibini qayta tuzish» nomli kitobida Fernan Brodeldan iqtibos keltiradi: «Har qanday inson zamonaviy dunyoga qanchalik qiziqsa va unda ishlashni qanchalik xohlasa, demak, bugungi kunda dunyodagi mavjud hazoratlarni biz belgilashimiz lozim bo‘ladi. Toki, bu hazoratlarning chegaralarini, markazlarini, atrofini, u bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy va xususiy formulalarni aniqlay olaylik… Aks holda, oqibat dahshatli adashishga olib kelishi muqarrardir». Demak, bu mufakkir va siyosatchilar G‘arbning ilmoniy hazorati va kapitalistik sistemasi bilan to‘qnashadigan qandaydir hazoratning mavjudligi nimani anglatishini bilishyapti. Bas, qandaydir hazorat emas, balki vahi bilan bog‘langan va o‘n uch asrga yaqin dunyoda hukm surgan hazorat bo‘lsa, shuningdek, aqidasi jahonning to‘rtdan biridan ziyod aholisi e’tiqod qilgan Ummat aqidasi bo‘lib, bu aholi yirik boyliklarga to‘la, muhim strategik joylashuvga ega bir yurtlarda yashasa, qanday ahvolga tushishlari mumkin?! Bunga qo‘shimcha, bu yurtlarda Islom sistemasini tatbiq qilish va uning hazoratini butun dunyoga olib chiqish uchun qayta davlat barpo etishni maqsad qilgan tirik siyosiy harakat va tashkilot bor bo‘lsa?!

G‘arb hazorati insoniyatga ruhiy bo‘shliq, axloqiy tanazzul, oilaviy buzilishlar, aholi kamayishi, qashshoqlik, ocharchilik, boyliklarni monopoliya va talon-toroj qilish va xalqlarga zulmdan boshqa narsa olib kelmagan bir paytda, Islom hazorati G‘arb hazorati bilan to‘qnashmoqda, u G‘arb hazoratiga nisbatan alternativani gavdalantirib, insoniyatni bu kufr hazoratidan qutqarishni o‘zining kun tartibiga qo‘ygan… Shu bois, bunday hazorat bo‘lishining xatari va ma’nosi nimani anglatishini fikriy va siyosiy jihatdan tushungan G‘arb, tabiiyki, o‘zining hazoratini turli nodavlat shior va nomlar ostida yoyish ustida ishlovchi saqofiy qurollar, ayniqsa, mazkur tashkilot va jamiyatlarni ishlab chiqmoqda. Bu tashkilot va jamiyatlar Sovet Ittifoqida G‘arb saqofat doiralarini yaratishda g‘oyat muvaffaqiyatga erishdi va bu doiralar Sovet Ittifoqining ko‘plab muammolaridan foydalanib, Ittifoqni ichdan kemirib vayron qilishda katta yordam berdi. Zero, Sovet Ittifoqi muammolari kapitalistik sistema muammolaridan kam emas edi. Biroq, Sovet Ittifoqida kapitalistlar usta bo‘lib ketgan nayrang va firibgarlik yetishmagan. Ayni mana shu muvaffaqiyatli tajriba musulmon yurtlarida G‘arb jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan saqofiy hujumlarga turtki bo‘ldi, ayniqsa, yigirmanchi asr oxirlari va yigirma birinchi asr boshlarida. Sotsialistik sistema vayron bo‘lishi ortidan G‘arb uchun birdan-bir dushman Islom hazorati bo‘lib qoldi.

Shunday qilib, musulmon yurtlarida bu jamiyatlar shu darajada sur’at bilan ko‘paydiki, hatto masalan Falastinda 2500taga yetdi. Livanda – ichki ishlar vaziri Muhammad Fahmiy «Jadid» telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlaganidek – «11.5 ming tashkilot mavjud bo‘lib, ularning teng yarmi xalqaro razvedka qanotlari ostida ishlaydi». Islomiy yurtlarning aksariyatida ham holat shunday.

Bu jamiyatlar siyosiy ishlardan hamda G‘arbga sodiq malaylar va korrupsiyaga botgan rasmiy doiralarni yaratishdan uzoq ravishda, asosiy diqqatini, Islomga fikriy va saqofiy hujum qilishga, xususan, musulmonlar hayotida saqlanib qolgan shar’iy ahkomlarga, Islomning fikr va tushunchalariga qarshi kurashishga qaratgan. Zero, Islom davlatining yo‘qligiga va yuz yildan ziyod vaqtdan beri Islom tatbiq qilinmayotganiga qaramay, shuningdek, kapitalistik tuzum hukmronlik qilib, odamlarga zo‘rlik bilan tatbiq etilayotganiga qaramay, bu fikrlar, tushunchalar va ahkomlar musulmonlar hayotida saqlanib qolgan. Bu fikrlar, shar’iy ahkomlar va tushunchalarning asosiy qismi oilaga taalluqli bo‘lib, ular nikoh, er-xotin o‘rtasidagi mustahkam ahd-paymon, ularning huquqlari, farzand ko‘rishlari, tarbiya qilishlari, hamkorliklari, oilada erning rahbarligi, xarajat qilishi va g‘amxo‘rlik qilishi kabilardan iborat. Shuning uchun bu tashkilotlar shar’iy ahkomlar, Islomning fikr va tushunchalariga qarshi kurash bilan bir qatorda, fahsh, erkak va ayol o‘rtasidagi buzuq aloqa, erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o‘rtasidagi buzuq aloqa, farzand ko‘rmaslik uchun bichish, farzandlarni tarbiya qilmaslik, agar istalmagan holda bola bo‘lib qolsa, uning taqdiri yetimxona bo‘lishi, shuningdek, erkak bilan ayol o‘rtasidagi raqobat va sheriklik hamda bularning egoizm, va materializmga asoslanishi kabi ishlarga e’tiborni qaratdi. Shu bilan birga, bu jamiyatlar ta’lim muassasalarigacha kirib borib, jinsiy tartibsizlikka, erkinliklarga, xususan shaxsiy erkinlikka va dinsizlikka chaqirishmoqda. Fitrat, din, oila va oliy qadriyatlarga isyon qilishga hamda seks, zino, buzuqlik, fisq-fujur, ko‘chada yasanib, ochiq-sochiq yurish kabi jamiyatlarni buzib, vayron qiluvchi bu va boshqa qilmishlarga ochiq targ‘ib qilmoqda. Bu ishlar G‘arb yurtlarini misoli ulkan islovotxonaga aylantirdiki, ularga chek qo‘yish o‘rniga, rasman ruxsat etildi… Shuningdek, bu qilmishlar oqibatida farzand va tug‘ish yo‘q bo‘lgan parokanda jamiyatlar, jinsini o‘zgartirgan buzuqlar bilan to‘la maktabu universitetlar hamda piyonistayu bangi yigitlar va hatto ichkilik va giyohvandlikdan oldin shaxsiy erkinlik bilan mast bo‘lgan yigit-qizlar izg‘iydigan ko‘chalar paydo bo‘ldi!!

Shubhasiz, bu tashkilotlar musulmon yurtlaridagi yovuz niyatli G‘arb qurollari bo‘lib, buning yechimi faqat ularni vayron qilib, yo‘q qilish va G‘arbdan ozuqalanayotgan nafas yo‘llarini kesish, bularga aralashganlaru ularning tepasida turganlarni javobgarlikka tortish bilan bo‘ladi. Biroq, buni amalga oshirish uchun shunday bir davlat kerakki, u o‘zini, suverenligini, hazoratini hurmat qiladi va bu davlat shunday sistema-mabdaga asoslanadiki, unga ziyon yetkazish va hujum qilish ulkan xiyonat sanaladi. Islomiy yurtlarda G‘arbga malay va suverenligini yo‘qotgan rejimlar bor ekan, bu narsani bugungi kunda topib bo‘lmaydi. Ammo bu degani ayni tashkilotlarga sukut qilish kerakligini anglatmaydi. Yo‘q, balki bu siyosiy va fikriy jihatdan albatta bu tashkilotlarni fosh etmoqni, ularga qarshi chiqish, qarshi kurashish va faoliyatlariga chek qo‘yish uchun odamlarni va jamoatchilik fikrini qo‘zg‘ashni, yurtlarimizni ayni tashkilotlarga ochib bergan yuvindixo‘r rejimlarni ag‘darish va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etish uchun jiddiy harakat qilishni anglatadi. Zero, Xalifalik davlatigina G‘arbning yurtlarimizni tishlayotgan tishlarini sug‘urib olib, sochayotgan zaharlarini puchga chiqaradi va Islom sistemasini tatbiq qilib, uni rahmat, haq va adolat sifatida butun dunyoga olib chiqadi, nafaqat musulmonlarni, balki insoniyatni qutqaradi.

Roya gazetasining 2022 yil 18 yanvar chorshanba kungi 426-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.