Kurshat Mijan Xalifalikni tiklashga chaqirdi
Fikrda birlik va kurash platformasi rahbari Kurshat Mijan, irqchi Rasmus Paludanning Qur’onni yoqib yuborishiga qattiq munosabat bildirdi. Mijan shanba kuni Istanbuldagi Daniya konsulligi oldida o‘tkazilgan norozilik namoyishi chog‘ida Islomning 13 asrlik homiysi bo‘lgan xalifalikni tiklashga chaqirdi.
“O‘zingizga ma’lum, qo‘g‘irchoq, sharlatan va Islomga qarshi shayton Rasmus Paludan o‘zining og‘alariga suyanib, buyuk kitobimiz Qur’oni Karimga nisbatan jirkanch hujumlarini qo‘rqmasdan davom ettirmoqda. Yevropa davlatlari bu iflosga politsiya himoyasida ruxsat berishmoqda va bu bilan uning bu jinoyatiga sherik bo‘lishmoqda”, “Bu haromining masjid oldida Qur’onni yoqishiga yo‘l qo‘ygan Daniya hukumati va rasmiylarini nafrat bilan qoralaymiz va la’natlaymiz” dedi platforma rahbari Kurshat Mijan.
Shuningdek, G‘arbning ikkiyuzlamachiligiga e’tibor qaratgan Mijan so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi: “Inson huquqlari to‘g‘risida konvensiya qabul qilingan, o‘zicha demokrat, madaniyatli, liberal ko‘ringan, aslida esa fashist, jinoyatchi fanatik bo‘lgan ey Yevropa, biz sizning kimligizni yaxshi bilamiz. Biz sizni o‘rta asrlardagi zulmatingizni, ichida shayton bor deb, ayollarni tiriklayin yoqib yuborganingizni ham bilamiz. Sizning yovoiylik, vahshiylik va fashizm kitobini yozganingizni ham bilamiz…. Salib yurishlaringiz bilan qilgan vahshiyliklaringizni, siz vayron qilgan tuproqlarni, qatliom qilgan mazlumlarni hali unutganimiz yo‘q”, “O‘rta asrlarda qanday bo‘lgan bo‘lsangiz, Xalifalikni parchalanganda ham, bugun ham xuddi o‘shasiz! Aslo o‘zgarmagansiz! Demokratiyangiz ham, soxta sivilizatsiyangiz ham yo‘q bo‘lsin! “2 milliard musulmonning muqaddas kitobini yoqib, haqorat qilish inson huquqlarining buzilishi emasmi? “So‘z erkinligi niqobi ostida iflos maxluqning pastkashligiga ko‘z yumib, uni politsiya himoyasi bilan qo‘llab-quvvatlash Islom va musulmonlarga nisbatan nafratingizning belgisidir. Bu pastkashlikdir. Bu vahshiylikdir. Bu 2 milliard musulmonning boshsizligidan foydalanishdir!”.
Ey Islom olami! Sizga aytar so‘zimiz, uyg‘onaylik. Keling, bu tarqoqlikdan xalos bo‘laylik. Tezroq xalifalikni tiklaylik. Musulmonlar xalifalik bayrog‘i ostida va o‘z xalifasi amri ostida birgalikda harakat qilsalar, dunyoda yo‘qotilgan tinchlik, adolat va tartib qayta tiklanadi.
Biz bu yerdan prezidentimizga ham murojaat qilamiz; Parlament qarori bilan tugatilgan xalifalikni yana qayta parlament qarori bilan qaytarishingizni istaymiz! Bilamizki, xalifalik tiklanmas ekan, musulmonlar birlasha olmaydi, dunyoda zulmlar to‘xtamasdan davom etaveradi.
Albatta, Qur’onimizga cho‘zilgan qo‘l bilan hisob-kitob vaqti keladi! Kofirlar xohlamasa ham, Alloh O‘z nurini tamomiga yetkazadi. Butun dunyo bir bo‘lsa ham Islom nurini o‘chira olmaydi. Alloh Taolo muqaddas kitobimiz Qur’oni karimni qiyomatgacha asraydi, unga cho‘zilgan qo‘llar esa halok bo‘ladi! Biz ham ota-bobolarimiz kabi so‘nggi nafasimizgacha o‘z yuksak qadriyatlarimiz uchun yashaymiz, kurashamiz, kerak bo‘lsa, bu yo‘lda jon berib, jon olamiz!
Izoh: Haqni baralla aytgan Kurshat Mijan birodarimizdan Alloh rozi bo‘lsin! Barcha Ummat vakillari xuddi shunday pozitsiyani egallamoqlari lozim. Chunki bugungi Islomiy o‘lkalar hukmdorlari o‘zlarini haqiqiy ma’noda muhosaba qiladigan ummatni ko‘rmayotganligi uchun Muqaddas Qur’onimiz va sevimli Payg‘ambarimizga nisbatan qilinayotgan haqoratlarga qarshi faqat qoralab qo‘yish bilangina kifoyalanishmoqda. Vaholangki, bunday qoralashlar kufr o‘lkalarining rahbarlari tarafidan ham yangramoqda. Masalan Germaniya tashqi ishlar vazirligi vakili Kristian Vagner, Oq uy matbuot kotibi Karine Jan- Per va Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaharova Shvetsiyada Qur’on yoqilishini qoralab bayonot berishdi. Shunday ekan, Islomiy o‘lkalar hukmdorlarining bulardan nima farqi bor?
Darhaqiqat, Kurshat Mijan ta’kidlaganidek, Musulmonlar bitta xalifalik bayrog‘i ostida birlashmas ekan, bugungi hukmdorlarning qoralashlari va oh-vohlari bilan musulmonlarning muammolari aslo yechim topmaydi. Zero Xalifalik davlati Allohning izni ila Islom va musulmonlarga qarshi haddidan oshuvchilarning tanobini tortib qo‘yadi. Ushbu davlat faqat musulmonlar yurtlaridagina emas, balki, butun dunyodagi barcha zulmlarni bartaraf etadigan va zolimlarga o‘rnini ko‘rsatib qo‘yadigan yagona davlatdir.
Zohid Zargar