Asad bilan munosabatlarni normallashtirish Allohga, Rosuliga va musulmonlarga qilingan xiyonatdir

162
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Asad bilan munosabatlarni normallashtirish Allohga, Rosuliga va musulmonlarga qilingan xiyonatdir

Turk rejimining qonxo‘r Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirish qadamlariga izoh sifatida, Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati matbuot bo‘limi o‘z bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:

«Erdogan Asad bilan uchrashishning Allohga, Rosuliga va Ummatga qilingan ochiqdan-ochiq xiyonat ekanini biladi. Bilgani uchun uchrashuv vaqtini uzaytirish orqali musulmonlarning g‘azabini pasaytirishga harakat qilmoqda… Turkiyaning Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirish qadami Suriyada ilgari tashlagan qadamlarining navbatdagisi va Amerika belgilab bergan siyosiy yechimning bir qismidir. To‘g‘ri, turk rejimi suriyalik qochqinlarga kerakli gumanitar yordamlarni ko‘rsatdi. Biroq, bu rejim qo‘zg‘olon boshlangandan beri qonxo‘r rejimni himoya qilishga urindi, zotan, Amerika unga topshirgan rol ham shundan iborat».

Matbuot bayonotida quyidagi savollar o‘rtaga tashlandi:

«Furot qalqoni operatsiyasini o‘tkazish bilan Halabni mag‘lub etgan mana shu Erdogan rejimi emasmi?! Idlibni kuzatuv punktlari bilan o‘rab tashlash bilan qo‘zg‘olonchilarni mudofaa qilish iddaosi bilan aldagan Erdogan rejimi emasmi?! Birinchi Ostona, so‘ng Sochi konferensiyalarida o‘tirib olib, musulmonlar qonini daryo qilib oqizishda Eronu Rossiya bilan hamkorlik qilgan Erdogan emasmidi?!».

Bayonotda yana bunday deyildi:

«Biz ozod etilgan yerlarning yana rejim hukmronligiga qaytarilishidan ajablanmaymiz. Shuningdek, turk rejimining saylovlar sababli qochqinlarni yana Asadning changali ostiga qaytarishidan hayron qolmaymiz…

Ammo asli hayron qoldirayotgan narsa shundaki, bugungi kundagi g‘arbparast rejimlarning musulmonlar boshiga hiyla-nayrang va til biriktiruvlar yog‘dirishdan to‘xtashmayotganini hech tushunib bo‘lmay qoldi. Vaholanki, bo‘lib o‘tgan ishlarning har birida ulardan yaxshilik kutishgan edi!».

Matbuot bayonoti so‘nggida quyidagilar ta’kidlandi:

«Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirish Alloh Taoloning G‘azabidan boshqa narsani keltirmaydi. Bas, Turkiyadagi musulmonlar qo‘llaridan kelgancha bu xiyonatga qarshi turib, Asad bilan – har qanday shart-sharoitdan qat’iy nazar – muloqotga rozi bo‘lmasliklari kerak».

Roya gazetasining 2022 yil 25 yanvar chorshanba kungi 427-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.