بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Turk rejimining Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirishiga qarshi namoyishlar qayta boshlandi
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati radiosining 2023 yil 13 yanvar juma kungi yangiliklarida aytilishicha, juma namozidan so‘ng Suriya shimolidagi shahar va qishloqlardan yuzlab insonlar turk rejimining Asad rejimi bilan munosabatlarni normallashtirayotganiga qarshi namoyishlarga chiqdilar. Namoyishlar Idlib, Isqot, Hozim, Kufr-Lusin, Ifrin, E’zoz, Mari’, Dabiq va Jaroblisdan iborat shahar va qishloqlardagi to‘qqizta nuqtada kuzatildi. Namoyishchilar qo‘zg‘olonning o‘zgarmas qarorlarini va qonxo‘r rejimni yiqitishni ta’kidladilar, shuningdek, unga qonuniylik berib-saqlab qolishga qaratilgan har qanday rejaga qarshi chiqdilar. Namoyishchilar, shuningdek, Shimoliy Halabdagi E’zoz shahrida namoyishga chiqqan Suriya Milliy koalitsiyasi raisi Solim Maslatni namoyishdan quvib soldilar. Faollar bir qancha namoyishchilarning Maslatni namoyishdan chiqarib, «arvoh arvoh», deya shahar ko‘chalarida quvib yurishgani, so‘ng mashinasiga urib-tiqib quvib solishgani aks etgan videolarni tarqatishdi. Idlib shahrida namoyishchilar Tafovuz-Muzokara hay’ati raisi Badr Jomusning surati bilan Milliy koalitsiyaning sobiq raisi Anas Abdaning suratini yoqib yubordilar.
Roya gazetasining 2022 yil 18 yanvar chorshanba kungi 426-sonidan