Rohinga musulmonlari Myanma-Bangladesh-o‘lim qayiqlari orasida

144
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Rohinga musulmonlari Myanma-Bangladesh-o‘lim qayiqlari orasida

«Monte Carlo Doualiya» veb-sayti (hijriy 1444 yil 2 jumodussoniy, milodiy 2022 yil 26 dekabr dushanba kuni) bunday xabar tarqatdi:

«Dushanba kuni BMTga qarashli axborot agentligining Reyterga aytishicha, Bangladesh lagerlaridagi og‘ir sharoit sababli qochqinlar u yerdan qochishga harakat qilganlar. Oqibatda, 180 nafar rohinga musulmonlari mingan qayiq cho‘kib ketgan va bu hodisa 2022 yilni ushbu etnik guruh uchun eng yomon yillardan biriga aylantirgan.

Bir millionga yaqin rohinga musulmonlari Myanmadan qochib, aksar aholisi musulmon bo‘lgan Bangladeshdagi tiqilinch lagerlarga joylashganlar… Ulardan o‘n minglabi 2017 yildagi Myanma armiyasi tomonidan sodir etilgan qatli omdan so‘ng o‘z vatanlaridan qochib kelgan rohingalarni tashkil qiladi.

Aksar aholisi buddist bo‘lgan Myanma rohinga musulmonlarini Janubiy Osiyodan noqonuniy ko‘chib kelgan, degan da’vo bilan ulardan ko‘pchiligiga fuqarolik berishdan bosh tortib keladi».

Roya:

Rohinga musulmonlari Myanma hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan qirg‘in, nomusga tajovuz va o‘z yerlaridan etnik tozalash operatsiyalariga duch kelmoqdalar. Ulardan ma’lum qismi Bangladeshga qochib kelgan. Ammo u yerdagi yashashga yaroqsiz qamoq lagerlarida qurshovda qolib, ochlikdan va ta’qiblardan azob chekdilar. Hasina hukumati ulardan xorij yordamlarini olishda va ichki siyosatda ayyorlik bilan foydalandi. Shuning uchun u yerdagi rohinga musulmonlari dengiz to‘lqinlariga dosh berolmaydigan eski qayiqlarda dengiz bo‘ylab noma’lum manzillarga borish uchun o‘zlarining bor-bud jamg‘armalarini sarfladilar va uchqundan qochib olovga yo‘liqdilar! Tayland, Malayziya va Indoneziya kabi qo‘shni davlatlar esa, ularni mamlakatga kiritmay, cho‘kib o‘lishlariga qo‘yib berishdi!

Garvard universiteti tomonidan olib borilgan «Qochqinlar lagerining geosiyosiy strategiyasi», deb nomlangan tadqiqotda bunday deyiladi: «Qochqinlarga mezbonlik qiluvchi turli rivojlanayotgan davlatlar va dunyoning yetakchi davlatlari qochqinlarni yo chegara yaqinidagi yaroqsiz lagerlarda saqlashyapti yoki o‘zlarining geosiyosiy manfaatlariga qarab ularni qabul qiladigan bir necha davlatlarning yerlariga tarqatib yuborishmoqda».

Allohning izni ila, yaqinda barpo bo‘lajak Xalifalik insonlarni, ular xoh musulmon, xoh g‘ayrimusulmon bo‘lsin, bundan qat’iy nazar, krizisga kiritib qo‘yish bilan hargiz o‘zining siyosiy maqsadlariga intilmaydi. Chunki Xalifalik davlati nafaqat musulmonlarning hayot va hurmatlarini himoya qiladi, balki butun dunyodagi quvg‘inga uchraganlar uchun boshpana vazifasini o‘taydi. Misol uchun milodiy 1492 yilda Usmoniy xalifa Boyazid II Ispaniyaning quvg‘iniga uchragan va surgun qilingan yahudiylarga o‘z darvozalarini ochib, ularni musulmon jamiyatiga qo‘shgan. Boyazid «Kimda-kim musulmonlar himoyasida yashashni istasa, Xalifalik davlatiga kirishi va u yerda tinch yashashi mumkin», deya e’lon qilgan. Mana buyuk Islom, mana uning ahkomlari va davlati.

Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.