بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Mal’un Ben-Gvirning Aqsoga bostirib kirishi musulmon qo‘shinlarni qo‘zg‘alishga undaydi
2023 yil 3 yanvar seshanba kuni ertalab yahudiy vujudi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir kuchaytirilgan yahudiy xavfsizligi qo‘riqchilar yordamida Aqso masjidi hovlisiga bostirib kirdi. U Tvitterda bunday so‘zlarni yozdi: «Aqso xalqimiz uchun muhim qadamjodir, yahudiylar u yerni ziyorat qilish huquqlariga ega… Bizga tahdid qilayotganlarga temir qo‘llar bilan muomala qilmoq lozim».
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi bunga izoh sifatida bunday dedi:
«Ben-Gvir bir narsadan ko‘ngli xotirjam bo‘lganligi uchun Aqso masjidiga mana shunday bostirib kirib, ko‘chmanchi yahudiy to‘dalari bilan Aqso hovlisida beboshlik qilib izg‘ishdi. Uning ko‘nglini xotirjam qilgan narsa shuki, Quddus va butun muborak zamin islomiy yurtlar hukmdorlarini umuman tashvishlantirmaydi. Hukmdorlarning Aqsoga vasiyligi va uning qizil chiziqligi to‘g‘risidagi hayqiriqlari va shiorlara esa, quruq media o‘yinidan boshqa narsa emas. Ular shu shiorlar orqali odamlarni gipnoz qilishga urinishyapti. Shuningdek, Alloh, Rosuli va mo‘minlarga xiyonat qilishayotganini, yahudiylar oldida sharmandalarcha tiz cho‘kishayotganini yashirishmoqchi bo‘lishyapti».
Matbuot izohi so‘nggida bunday deyildi:
«Yahudiylarning Rosululloh ning Isro maskanlarida beboshlik bilan izg‘ishlariga va muborak zamin ahliga qarshi har kuni jinoyatlar sodir etishlariga loyiq javob faqat va faqat bitta. U ham bo‘lsa, Ummat va qo‘shinlarining nusrat-yordam berishlaridir. Ummat va uning qo‘shinlari ushbu bosqinchi vujudni tag-tomiridan yulib tashlash uchun muborak zamin sari yurish qilmoqlari kerak. Mana shu to‘g‘ri yechimdir. Bu yechimni kechiktirish va xalqaro hamjamiyatga halloslab chopib, undan bosqinchi dushmanni jilovlashni talab qilish dushmanning buzg‘unchiligini va takabburligini oshiradi, jinoyatlarini kuchaytiradi».
Roya gazetasining 2022 yil 11 yanvar chorshanba kungi 425-sonidan