بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ey Burhon, kelishuv Shaytonning shogirdlari bilan bo‘lish kerakmi yoki Rahmoning Xalifaligi bilanmi?!
Ustod Abdulxoliq Abdun Ali
Hizb ut-Tahrirning Sudan
viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi
Sudan Suveren kengashi rahbari general-leytenant Abdulfattoh Burhon Ozodlik va O‘zgarish kuchlari bilan kelishuv bitimiga erishishi uchun Amerika tomonidan qaqshatqich va xavfli bosimlarga uchrayotganini oshkor qildi. Buni Xartumdagi mahalliy va siyosiy sektorlar bilan uchrashuvi chog‘ida aytdi. U kelishuv liniyasi bo‘yicha yurishdan o‘zga ixtiyori yo‘qligini ta’kidladi.
Burhonning Ozodlik va O‘zgarish kuchlari bilan kelishuv liniyasi bo‘ylab yurishga va unga rozi bo‘lishga majbur bo‘layotganligi ilmoniy tuzumni muqaddaslashdan boshqa narsa emas. Bu kelishuv taklif qilingan konstitutsiyaga asoslangan bo‘lib, mustamlakachi kofir G‘arbning rejasiga xizmat qiladi, yurt ahlining yaxshi yashash talablariga hargiz xizmat qilmaydi. Bundan ham yomoni, Sudanni bo‘linib parcha-parcha bo‘lish xavfiga duchor qilib, mustamlakachi tomonidan yurt boyliklarining talashini va Ummatning uyg‘onishini oldini olish oson bo‘lishi uchun mamlakatni yanada zaiflashtiradi. Bu kelishuv, shuningdek, havokirlik boshqaruvini hamda Sudanning qabilachilik, irqchilik va mintaqachilik asosida parchalanishini hamda erkinliklar mafkurasini qonuniylashtiradi. Holbuki, G‘arbning o‘zini ham vayron etgan va hayvoniylikdan ham past darajaga tushirgan mana shu erkinlikdir. Bu kelishuv O‘tish davri hukumati mustamlakachi G‘arbning elchilaridan va ichkaridagi gumashtalaridan qabul qilib olgan shaytoniy g‘oyadir.
Erkinliklar mafkurasi aqlan va shar’an botil bo‘lganidan tashqari, kapitalistik jamiyatlarning o‘ziga ham hech istisnosiz buzuqlik, vayronagarchilik va fojialar olib keldi. Sudan konstitutsiyasiga siyosiy tartibga solish uchun hujjat sifatida kiritilgan ushbu erkinliklar G‘arbni shaxsiy erkinliklardan kelib chiqqan ma’naviy tanazzul bilan vayron qildi va SPID kabi halokatli kasalliklarni keltirib chiqardi. Mulk erkinligiga kelsak, uning keltirgan narsasi kapitalistik yirik kompaniyalar, banklar, binobarin, kapitalistlarni butun boyliklarimiz ustidan hukmron qilishi va farzandlarimizni ulardan mahrum etishi bo‘ldi. Kapitalistik G‘arb fikrlarining buzuqligiga eng yorqin misol his qilib, guvoh bo‘layotganimiz voqelikdir. Chunki bu illat fikrlar G‘arb mamlakatlariga, xususan AQSHga ketma-ket iqtisodiy krizislarni olib keldi.
G‘arb tinmay kuylayotgan demokratiyaga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning G‘arb davlatlaridagi yirik kapitalistlarning boshqaruvni o‘z nazoratlariga olishlariga xizmat qilayotganini, xalqni esa hokimiyat va boyliklardan butunlay mahrum etayotganini guvohi bo‘lyapmiz. Bunga dalil, o‘zini demokratligini da’vo qiluvchi har qanday davlatda, ayniqsa, Amerikada kapitalistik partiyalar hokimiyatga tarafdor va ovozlarni sotib olish yo‘li bilan chiqadi, Oq uyga va davlatning boshqa nozik markazlariga faqat mana shu partiyalar chiqadi. Bu esa, demokratiyaning barcha aholisi musulmon bo‘lgan jamiyatda qonun chiqarish huquqini insonga berib qo‘yishdagi buzuqligiga qo‘shimcha yana bir buzuqligidir!
Ey Burhon!
Allaqachon Alloh va Rosuli rozi bo‘ladigan pozitsiyani egallashing vaqti keldi. Bas, Allohning dushmanlariga egilma va botillarida ularga ko‘makchi bo‘lma. Aks holda, shunday qabih xoinlik fitnasini ijro etish bilan odamlarni halokatga olib borasan. Ularning buyruqlarini qabul qilma. Aks holda, mustamlakachi G‘arbning rejalarini bajarish bilan o‘zinga ham, butun Ummatga ham zulm qilasan. Chunki bu rejalar Allohning, Rosulining va barcha insonlarning la’natidan o‘zga narsa olib kelmaydi. Oisha roziyallohu anho Rosululloh ﷺning bunday deganlarini rivoyat qiladi:
«مَنْ الْتَمَسَ رِضَا اللَّهِ بِسَخَطِ النَّاسِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ وَأَرْضَى عَنْهُ النَّاسَ، وَمَنِ الْتَمَسَ رِضَا النَّاسِ بِسَخَطِ اللَّهِ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَأَسْخَطَ عَلَيْهِ النَّاسَ»
«Kim odamlarni g‘azablantirish bilan Allohning roziligini izlasa, Alloh uni ham rozi qiladi, odamlarni ham undan rozi qiladi. Kimda-kim Allohni g‘azablantirish bilan odamlarning roziligini qidirsa, Alloh undan g‘azablanadi va odamlarni ham undan g‘azablantirib qo‘yadi».
Allohning mehribonchiliklaridan yana biri shu bo‘ldiki, U zot bizga la’nati kofirning psixologiyasini ochiq ko‘rsatib berdi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَتَّخِذُوا بِطَانَةً مِنْ دُونِكُمْ لَا يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّوا مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاءُ مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الْآيَاتِ إِنْ كُنْتُمْ تَعْقِلُونَ * هَا أَنْتُمْ أُولَاءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِالْكِتَابِ كُلِّهِ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا عَضُّوا عَلَيْكُمُ الْأَنَامِلَ مِنَ الْغَيْظِ قُلْ مُوتُوا بِغَيْظِكُمْ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ * إِنْ تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِنْ تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُوا بِهَا وَإِنْ تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا لَا يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئاً إِنَّ اللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ﴾
«Ey mo‘minlar, o‘zingizni qo‘yib, (u munofiqlarni) sirdosh-do‘st tutmang! Ular sizga zarar yetkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko‘rishlari og‘izlaridan oshkor bo‘ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgizsangiz, sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik. Hoy (mo‘minlar), sizlar ularni yaxshi ko‘rasizlar-u, ular sizlarni suymaydilar. Siz hamma kitoblarga iymon keltirasiz-u (ular sizning kitobingizga iymon keltirmaydilar). Sizga yo‘liqqanlarida: «iymon keltirdik», deyishadi. O‘zlari xoli qolishganda esa sizni qattiq yomon ko‘rganlari sababli barmoqlarini tishlaydilar. (Ey Muhammad, ularga): «Shu adovatlaring bilan o‘lib ketinglar!» — deb ayting! Albatta Alloh dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir. Agar sizlarga biron yaxshilik tegsa, bu ularni xafa qiladi. Agar sabr-toqat qilsangiz va Allohdan qo‘rqsangiz, ularning nayranglari sizga hech qanday zarar qila olmaydi. Albatta Alloh ularning qilayotgan amallarini ihota qilguvchidir» [Oli Imron 118-120]
Yana bunday dedi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِن تُطِيعُوا الَّذِينَ كَفَرُوا يَرُدُّوكُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ فَتَنقَلِبُوا خَاسِرِينَ * بَلِ اللَّهُ مَوْلَاكُمْ وَهُوَ خَيْرُ النَّاصِرِينَ﴾
«Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizni ortingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasiz. Yo‘q, (ular sizning do‘stingiz emas, balki) Alloh hojangizdir. Va U eng yaxshi nusrat-yordam beruvchidir» [Oli Imron 149-150]
Kofirlarga, xususan kufr va tog‘utning boshi Amerikaga itoat qilishning oqibati muqarrar ziyondir. Bunda na foyda bor, na daromad, aksincha, kufr botqog‘iga butunlay g‘arq bo‘linadi. Chunki musulmon odam kufr va kofirlarga qarshi jihod qilish yo‘lidan yurib, botil va uning ahliga qarshi kurashadi va orqasiga qarab ketmaydi. Zero, kufr, yovuzlik, zalolat, botil va tog‘utga qarshi kurashmagan kimsa albatta xorlikka uchrab, yer tishlaydi. Kimning aqidasi va imoni kofirlarga itoat qilishdan saqlamayotgan bo‘lsa va ularga quloq solib, ishonayotgan bo‘lsa, uning g‘oyat ulkan ziyon ko‘rishi aniq.
Ey Burhon! Amerikani do‘st tutgan, u bilan do‘stlashib, muomala qilgan va unga ochiq malaylik ko‘rsatgan Qobulning qulashidan ibrat olmadingmi. Amerikaning qomusida do‘stlik va hamkorlikning ma’nosi yo‘q. Chunki u pragmatik va ilmoniy fikrlashga ega davlat. Amerikaning instrumentalistik ideologiyasi yuksak tamoyillar va oliy ideallarga asoslangan emas. Bas, Amerikaga itoat qilib, buyruqlariga quloq solib, bajarishgani oqibati nima bo‘lganini, qanday tugaganini o‘zingdan oldingi hukmdorlardan so‘ra! Voqelik eng kuchli dalil. Axir, Amerika ulardan istaganini qildirib foydalanib olgach, halokat jarligiga otib yubormadimi?!… Ba’zilari hasratdan o‘ldi, ba’zilari qamoqda pushaymonlik barmog‘ini tishlab o‘limni kutib turibdi. Shunday ekan, ular chaqtirgan joydan sen ham chaqtirma. Sobiq prezident Umar Bashir ham, undan oldin Husni Muborak ham «Kim o‘ziga Amerikani kiyim qilib olgan bo‘lsa, yalang‘och qoladi», degan so‘zlarni aytishdi.
Ey Burhon! Amerika o‘zining nopok ishlari va rejalarini sening qo‘ling bilan amalga oshirib, yuzingni qaro qilgan ekan, endi uni oqlash vaqti kelmadimi?! Nahotki, hokimiyatni o‘z egasiga, ya’ni Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etishga harakat qilayotganlarga topshirmasang. Buyuk Islom asosiga qurilgan tasavvur va dastur mana shularning qo‘lida, dunyo va oxirat baxti mana shu Xalifalikda, ilgarigi maqomimizga ko‘tarilishimiz shu Xalifalik bilan bo‘ladi! Zotan, buning amalga oshishi Allohga hargiz mushkul emas.
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan