Misr ahli o‘zlarining norozilik harakatlari qarshisiga rejim tomonidan qo‘yilgan to‘siqlarni qanday oshib o‘tishlari kerak?

193
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Misr ahli o‘zlarining norozilik harakatlari qarshisiga rejim tomonidan qo‘yilgan to‘siqlarni qanday oshib o‘tishlari kerak?

Ustoz Said Fazl

Hizb ut-Tahrirning Misr

viloyatidagi matbuot bo‘limi a’zosi

Bir necha hafta oldin Sisiy va uning rejimini ag‘darish uchun ko‘chalarga chiqish va namoyishlar o‘tkazish chaqiriqlari yangradi. Bu Sisiyning 11 noyabrda o‘tkazgan iqlim sammiti bilan bir paytda yuz berdi. Keyin namoyishlar boshlanib ketishi oldi olinib, qamoqqa olish kampaniyasi boshlandi va yuzlab inson qamoqqa tashlandi. So‘ng misrlik taniqli yutubchi Abdulloh Sharif odamlarni jumaga o‘tar kechasi namoyishga chiqishga bevosita targ‘ib qildi va buni ertasiga jumadan keyin rejimning odamlarni masjiddan namoyishga chiqarmaslikka urinishi mumkinligini oldini olib shunday qildi. Bir vaqtda, bunga rejim ham reaksiya bildirib, qahvaxona va do‘konlarni yopish, juma kuni ta’mirlash kuni, degan bahona bilan jamoat transportlari harakatini to‘xtatish choralarini ko‘rdi. Hatto, hukumat mikroavtobus haydovchilarini ishga chiqmasliklari uchun kunlik maoshlari o‘rniga ko‘proq pul berib aldadi, degan gaplar ham tarqaldi. Bu esa, tabiiyki, poytaxtdagi harakat va transportni falajladi. Shu orqali rejim shahar maydonlariga yetib boruvchi odamlar sonini ozaytirib olishni hamda ularni o‘z nazoratida ushlab tura olishni ta’minlab oldi. Haqiqatda, rejim istagandek bo‘ldi. Hatto politsiya ushbu maydon va boshqa maydonlarni odamlardan xoli, faqat politsiya bilan to‘la ko‘rinishda suratga ham oldi. Holbuki, u yerlar bir soatdayoq to‘lib, yo‘lovchilar va sotuvchilar bilan gavjum bo‘lib ketar edi… Bu albatta, rejimning ehtimolli namoyish harakatidan qo‘rqayotganini ko‘rsatmoqda.

Namoyishga chaqiriqlar natijasi samara bermasa-da, ammo muvaffaqiyatsizlikka ham uchramadi. Balki muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar namoyishga chaqiruvchilar bo‘ldi. Chunki ular avvalo demokratiyaga sodiqliklarini va Sisiy bilan rejimini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro hamjamiyatni olqishlashni ilgari surishdi. Vaholanki, Misr va uning ahli boshdan kechirayotgan azob-uqubatlarning asosiy sababchilari ham shular. Qolaversa, ushbu demokratiya tarafdorlari islomchilar faoliyatini cheklashdi va ularni cheklash bilan ko‘chaga xalqning har bir qatlamini olib chiqamiz, xalqaro hamjamiyatning ham noroziligiga uchramaymiz, deb o‘ylashdi. Biroq, ular yanvar qo‘zg‘oloni va undan keyingi hodisalarda o‘z isbotini topgan voqelikdan butunlay g‘aflatda qilishdi. Voqelik shuki, Misrning musulmon ahli tabiatan Islom boshqaruvini sevadi, yolg‘iz Islomgina ularning xaloskori ekaniga ishonadi. Biz buni o‘z ko‘zlarimiz bilan ko‘rdik, hodisalarni guvohi bo‘ldik, islomchilar chaqirgan namoyishlar millionlarni tashkil qilib, naqadar ulkan haybatli bo‘lganini, millionlar namoyishlarida maydonda qadam bosgani joy qolmaganini, ilmoniylar chaqirgan namoyishlar esa, atigi bir necha yuzlar va minglarni tashkil etganini, har tomondan o‘lchaganda ular o‘rtasidagi farq ulkan ekanini ko‘rdik. Buning ortidan biz saylovda islomchilarni saylash uchun borgan odamlar sonining ilmoniylarni saylash uchun borgan odamlar sonidan juda ko‘pligiga ham guvoh bo‘ldik. Chunki odamlar islomchilarning muvaffaqiyati Islom boshqaruvini olib keladi, deya ishonganlar. Bundan ko‘rinib turibdiki, Misr ahlini harakatlantiruvchi narsa ularni Islomga bo‘lgan muhabbatlari va haqiqatdan uning boshqaruvi soyasida yashashga rag‘batlaridir. Kimda-kim Misr ahlini Islomdan boshqa narsaga da’vat qilsa va islomchilarni chetlatsa, da’vati hargiz muvaffaqiyat qozonmaydi. Misr ahli boshdan kechirayotgan azob-uqubatlar va ayniqsa, so‘nggi iqtisodiy qarorlardan so‘ng yurtda guvoh bo‘linayotgan misli ko‘rilmagan g‘azab olovi cheksiz… Shuning uchun ham bu rejim o‘tgan yillar mobaynida odamlarga tahdid qilib, qalblariga qo‘rquv joylab keldi… Biroq, bu qo‘rquvni ularning qalbidan hech kim chiqarolmasa-da, ammo Islom albatta sug‘urib tashlaydi.

Butun Misr ahli rejim va uning rahbarining muvaffaqiyatsizligini anglab, unga kechayu kunduz la’nat toshini otmoqdalar. Biroq, bu namoyishga chiqish bosqichi uchun yetarli emas. Chunki namoyish bosqichi uchun avvalo rejim alternativini aniq-tiniq ko‘rish kerak bo‘ladi, toki odamlar Sisiyning zamoni yaxshi edi, demasinlar, xuddi bugun ba’zilar Muborakning zamoni yaxshi edi, deyishayotgani kabi. Shu bois, bugun odamlarni namoyishga chaqirganlardan birortasi ham ushbu qutulish alternativasi haqida gapirmadi. Balki ularning hammasi harbiylarni hokimiyatdan uzoqlashtirish va demokratiya to‘g‘risida gap sotishdan nariga o‘tishmadi, go‘yo krizisga demokratiyani yaxshi tatbiq etilmagani va harbiylarning zo‘ravonligi sabab bo‘lgandek. Go‘yo bu ishlar Sisiy va uning odamlari uchun yangilikdek… Axir, bu yerda hech qanday yangilik yo‘q bo‘lsa. Chunki Amerikaning Misr boshqaruvini harbiylar qo‘liga topshirishi 1953 yil iyul inqilobida yuz bergan bo‘lib, o‘shandan buyon hamon uning malaylar boshqarib kelmoqda. Amerika mamlakatda ularga erk berib qo‘ygan bo‘lib, istagan qilmishlarini sodir etishadi. Bor-yo‘q tashvishlari Amerikaning manfaatlarini saqlab qolishdan iborat. Shu bois ularning zo‘ravonligiga hech narsa to‘sqinlik qilmasligi kerak.

G‘azab va nafratning yolg‘iz o‘zi aslo odamlarni namoyishga chiqishga undov bo‘lolmaydi hamda ularning jonlarini olayotgan yoki qamoqqa tashlayotgan rejimning repressiv mashinasini pisand qilmay, har qanday to‘siqlarini oshib o‘tishlariga turtki bo‘lolmaydi. Balki ularni namoyishga chiqishga undovchi narsa o‘z ahvollarini tubdan o‘zgartirishga bo‘lgan qiziqishlari va shunday o‘zgartirishga qodir haqiqiy alternativani ko‘ra olishlaridir. Demak, namoyish harakatini boshlashlari va muvaffaqiyatga erishishlari uchun ular uch narsaga muhtoj bo‘lib turibdilar: Birinchi: Alloh Azza va Jalla rozi bo‘ladigan va ularni ham rozi qiladigan alternativa hazoriy loyihaga muhtojdirlar. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlati-tuzumi bo‘lmish ushbu Islom loyihasining o‘zi Misrni, uning ahlini, butun Ummatni uyg‘otishga va barcha krizislarni hal etishga qodir. Ikkinchi: Ushbu loyihani ongli ravishda tushunuvchi va uni zudlik bilan tatbiq o‘rniga keltiruvchi xolis guruhga muhtojdirlar. Zotan, siz Misr ahlining orangizda Hizb ut-Tahrir faoliyat qilyapti. Ushbu loyihani u sizga taqdim etib, tatbiq o‘rniga qo‘yish uchun birgalikda harakat qilishga sizni chaqiryapti. Uchinchi: Misr armiyasidagi xolis kishilarning nusrat berishlariga muhtojdirlar. Chunki ushbu ongli guruhga hazoriy loyihani tatbiq qilishiga yordam berishga shu xolis harbiylar qodir. Faqat mana shu narsa odamlarni namoyishga chiqishlariga turtki bo‘ladi hamda ularni rejim qo‘ygan to‘siqlarni va repressiya mashinalarini hatlab o‘tishga undaydi.

Ey Kinona Misri armiyasidagi xolis insonlar!

Robbingizga qanday yo‘liqa olasiz, axir, bu hukmdorlarning sharmandaligi sizlarga bog‘lanib qolgan bo‘lsa, o‘zlari paydo qilgan va o‘zlari sababchi bo‘lgan muammolarni hal qilolmaslikda diningizni ayblashayotgan bo‘lsa?! Robbingizga qanday yo‘liqa olasiz, axir, Islomni qayta tatbiq etishga va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatini barpo etishga harakat qilayotgan xolis insonlarga nusrat bermayotgan bo‘lsangiz?! Siz Misr va uning ahlini xorlik, xo‘rlik ezayotganini, kofir G‘arbga garov qilib qo‘yilganini, boylik va resurslari sariq chaqaga sotilib, talon-toroj etilayotganini, hamma-hammasini ko‘rib-bilib turibsiz. Ummat o‘zgarish yo‘lida qo‘lidan kelgan barcha narsasini qurbon qilayotgan bo‘lsayu, siz uning karvonidan orqada qolib ketdingiz. Axir, siz Ummatdagi quvvat ahlisiz, u o‘z farzandlari nonini sizga to‘kib sochmoqda, Misr va uning ahli nusrat berishingiz uchun sizga ko‘z tikib, sizni yordamga chaqirmoqda! Zero, siz tenglamani yechishga qodirsiz. Amerika buni bilgani uchun ham siz bilan Misrdagi ahlingiz o‘rtasiga to‘siq qo‘ymoqda. Bu rejim sizni o‘ziga moyil qilish va yuvoshlatish maqsadida sizga grantlar, mukofotlar, pullar va unvonlarni to‘kib sochmoqda. Biroq, biz sizdek buyuk fotihlar avlodi orasida yaxshilik ko‘pligini bilganimiz uchun bu yaxshilikni sizlardan qidirib, bo‘yningizdagi rejimga tobelik kishanini uzishga hamda Islomni qayta tatbiq qilish uchun faoliyat qilayotganlarga nusrat-yordam berish uchun Allohga mahkam bog‘lanishga chaqiryapmiz. Shoyad, Alloh Azza va Jalla ushbu nusratni sizga nasib aylab, Xalifalik davlati barpo bo‘lsa. Zero, Xalifalik davlati G‘arbga tobelik zamoniga yakun yasab, G‘arbni o‘zining iniga – agar ini qolgan bo‘lsa – quvib soladi va Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik soyasida Islomni qayta kuch-qudratga to‘ldiradi.

Allohim, bizga ushbu davlatni tezroq nasib et, Misrni uning markaziga, qo‘shinlarini uning ansorlariga aylantir, Allohumma omin.

Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.