Yevropada roʼmolga qarshi hujum bir hazoratning ikkinchi hazoratga qarshi kurashidir (Jon Chichisola maqolasiga raddiya)

270
0

Matbuot bayonoti
Yevropada roʼmolga qarshi hujum bir hazoratning ikkinchi hazoratga qarshi kurashidir
(Jon Chichisola maqolasiga raddiya)

2022 yil 11 sentyabrda Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi ayollar qismi «Evropada roʼmolga qarshi hujum» nomli muloqot uyushtirgan edi. Unda ishtirok etgan ayollar Gʼarbdagi muslimalar boshdan kechirayotgan roʼmolga oid tazyiqlarga toʼxtalib oʼtdilar. Аmmo ushbu muloqot jurnalist Jon Chichisolaning yuragini siqib, gʼazabini qoʼzgʼagan koʼrinadi. U 2022 yil 19 oktyabrda «Figaro» gazetasida ushbu muloqotni tanqid qilib, «Frantsiya yoshlarni dinlaridan judo qilayotganlikda ayblanmoqda», nomli maqola yozdi. U maqolasida muslimalar oʼtkazgan muloqotni tanqid qilib, «Volьter davlati»ga dushmanlik, deya baholadi. Maʼlumki, tarixda faylasuf va yozuvchi Volьter erkinliklar, xususan eʼtiqod erkinligining himoyachisi sifatida tanilgan. Maqolada xabar va maʼlumotning ishonchliligi nuqtai nazaridan jurnalistika kasbining talablariga mutlaqo eʼtibor bermaslik koʼrinib turibdi. Shuningdek, maqolaning boshidan to oxirigacha eng muhim asosga – betaraflik va xolislikka rioya qilinmagan.
Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi ayollar qismi aʼzolari Chichisolaga quyidagicha raddiya bildiramiz:
Birinchi: Ey jurnalist, sen maqolangni tarafkashlik va tuhmat asosida nomlabsan. Yaʼni sen Frantsiya davlatiga tarafkashlik qilib, unga nisbatan aytilgan gaplardan uni oqlamoqchi boʼlibsan. Sen shuningdek, Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimining muloqotda ishtirok etgan ayollarini va ularning Hizbini erkinliklarni kafolatlagan «Volьter davlati»ni haqoratlashda ayblabsan. Senga koʼra, ular «Frantsiya musulmon yoshlarni oʼz dinlaridan mahrum qilib, Gʼarb hazoratiga qorishib ketishlari uchun ularga oʼzlarining ilmoniy tushunchalarini zoʼrlab tiqishtirmoqda» degan ayblov bilan bu davlatga tuhmat toshini otishga jurʼat qilishgan. Xoʼsh, sening davlating oʼzi shunday emasmi?!
Frantsiya 2004 yil maktablarda, oʼrta maktab va bilim yurtlarida hijob kiyishni taqiqlab, hijob kiygan ishchi muslimalarni davlat korxonalaridan haydab yubormadimi?! 2010 yil jamoat joylarida niqobni taqiqlamadimi?! Mazkur 2004 yilgi qonunni ijro etish koʼlami roʼmol oʼragan oʼquvchi qizlar va talabalarning ota-onalariga ayrim jamoatchilik maskanlariga kirishdan va u yerdagi xizmatlardan foydalanishdan man etgani kabi koʼplab qonunbuzarliklarni oʼz ichiga olgan holda kengaymadimi?! Hatto ish shu darajaga yetdiki, oddiy uzun koʼylak kiygan yoki sonlarini yopib turuvchi uzunroq libos kiygan muslima qizlarni maktablardan quvish juda koʼp marta sodir etildi! Bulardan «diniy ramzdagi liboslarni kiyishni taqiqlash» qonuni oʼzlari iddao qilgan «barcha din vakillariga» qaratilmaganligi, aslida musulmonlarga tazyiq oʼtkazishga qaratilganligi koʼrinib turibdi. Bundan tashqari, universitetlarda roʼmol oʼrashni taqiqlash hamda roʼmol oʼragan onalarning oʼz farzandlarini maktab sayohatlariga kuzatib borishlariga chek qoʼyish, ularni hatto xususiy sektorlarda ham turishlarini man etish va sport musobaqalarida roʼmol oʼragan ayollarning qatnashishlarini taqiqlash uchun doimiy ravishda taklif qilinayotgan bir qator qonun loyihalari ham bor! Hatto Shariat meʼyoriga koʼra Islomdan boʼlmagan sport kiyimlari va burkini kabi liboslarga qarshi «Frantsiya qadriyatini buzuvchi islomiy libos» sifatida urush ochishdi! Buning aksi oʼlaroq, Frantsiya hukumati gaz inqirozi manzarasida, suzish havzalarida isitish sistemalari oʼchgani sababli tananing hamma qismini oʼrab turuvchi – burkiniga oʼxshash – maxsus libos kiyishni majburiy qilib qoʼydi!
Bular «Volьter davlati» muslimalarga qarshi sodir etayotgan qilmishlarining faqat bir qismi, xolos. Bu qilmishlar islomofobiyaning ortishiga hamda yurtdagi mavjud musulmonlarga qilinayotgan hujumlar koʼlamining kengayishiga hissa qoʼshdi. Oʼz navbatida, bu ayrim tvitchilarni Frantsiyaga «dunyoda chiroqlari oʼchirilgan yurtga aylandi», deya baho berishga undadi. Taʼkidlash lozimki, Frantsiyada Islomofobiyaga qarshi kurash markazi rahbari Аbdulloh Zikriy 2021 yil 29 yanvarda bergan bayonotida «2020 yilda Frantsiyadagi musulmonlarga qarshi hujum 235taga yetganligini va bu koʼrsatkich 2019 yilda sodir etilgan154 ta hujum holatiga nisbatan ancha koʼp boʼlib, 53 foizga oshgani»ni maʼlum qilgan edi.
Bu erkinliklar yurti musulmonlarning masjidlari va jamiyatlarini yopib qoʼymadimi?! Musulmonlarning hayotiga tazyiq oʼtkazmadimi?! Musulmon yoshlar Islomidan voz kechishlari yoki dinlari Islom boʼlgani bois aybdor boʼlib yashashlari uchun «Islomiy separatizm», degan narsaga qarshi kurash qonunini chiqarmadimi?! Shuncha faktlarga qaramay, bu jurnalist Frantsiyani ayblayotganimizni taʼna qilyapti. Garchi Makron bu qonun «respublika qadriyatlarini mustahkamlash» sifatida qabul qilinganini va uning oʼzi parallel deb hisoblagan tizimni qurish masalasini hal qilish uchun kelganini ochiq aytgan boʼlsa-da, jurnalist oʼz maqolasida nima uchun musulmon jamoalar maʼruzalarini ilmoniylik bilan Islom oʼrtasidagi kurashga cheklab olishgan, deya hayratlanadi. Hatto u toʼrt nafar roʼmol oʼragan ayolning jonli efirda Daniya boshlangʼich maktablarida roʼmol oʼrashni taqiqlash boʼyicha ixtisoslashgan qoʼmita tomonidan berilgan tavsiyani keskin qoralashidan hayratlanib, Frantsiya ham Hizb ut-Tahrir nishoniga aylangan deya xulosa qiladi. Shundan soʼng Hizbning Frantsiyadagi faoliyati taqiqlanganiga qaramay, unga nisbatan dushmanona munosabatini sanab oʼtib, ayollar boʼlimi aʼzosining Frantsiya siyosatini diktatura deb sifatlashini va ilmoniy boshqaruv tizimini fashistik tabiat sifatida tanqid qilishini tubanlik deb hisoblaydi. Bu yozuvchi «Hizb ut-Tahrir ekstremistik partiya boʼlganligi uchun uning faoliyati yurtimizda taqiqlangan», deya maqtandi. Аmmo bu bilan oʼzi aytgan «Volьter davlati»ning fikriy muxoliflar va oʼz hazorati uchun tahdid deb biladiganlarga nisbatan repressiya va ayirmachilik qilayotganini fosh etib qoʼydi.
Ikkinchi: Faktlarni tekshirish, toʼgʼri xabar va aniq maʼlumotlarni tarqatish, shoshqaloqlik qilib, oldindan notoʼgʼri xulosa chiqarmaslik hamda kasbining shaʼnidan va rostgoʼylikdan mahrum qiluvchi noxolis pozitsiyani egallamaslik xolis jurnalistning muhim vazifasidir. Biroq, jurnalist Chichisola oʼz maqolasida Hizb ut-Tahrirga – bu koʼhna hizbga – unda yoʼq sifatlarni yopishtirib, tuhmat qildi. Chunki Hizb ut-Tahrir Ixvonul Muslimindan ajrab chiqqan emas, aksincha, u oʼtgan asrning elliginchi yillarida mabda asosida tuzilgan hizbdir. U oʼzining barqaror maqsadiga, yaʼni Paygʼambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etish va musulmonlarni Rosululloh ﷺning bayroqlari ostiga birlashtirish gʼoyasiga ega. U oʼz gʼoyasini oʼzgartirmadi va undan voz kechmadi, balki gʼoyasi sari sobit qadam bilan davom etmoqda. Bu esa, Gʼarb hazoratini oʼlib-tirilib himoya qilayotgan kimsalar tinchini buzdi. Ular Hizbning fikrini ekstremist deb hisoblamoqda. Hatto baʼzilar Hizb ut-Tahrirni terroristik tashkilot ham deyishdi. Vaholanki, oʼzlari yaxshi bilishadiki, bu Hizbda biror marta ham kuch ishlatish faoliyati kuzatilgan emas, kuzatilmaydi ham. Chunki u buzuq fikrlarga va iflos, buzgʼunchi siyosatlarga qarshi kurash olib boradigan siyosiy hizbdir. Darhaqiqat, Hizb ut-Tahrir bugungi kundagi hukmron Gʼarb hazorati foydasiga harakat qilayotgan va ilmoniy kapitalistik tuzum manfaatlari uchun oʼziga berilgan buyruqqa qarab tuslanadigan qator «jarchi»larni ham halovatini buzdi. Manfaat va voqelik qayoqni koʼrsatsa, oʼshanga qarab oʼzgaruvchi anavi jurnalist va uning rahbarlari ham xuddi shunday halovati buzilganlar sirasiga kiradi. Chunki ular Hizb ut-Tahrirga Yevropa komissiyasi tomonidan moliyalashtirilib, qoʼllab-quvvatlanayotgan islomiy jamoalardan biridir, deya tuhmat qildi. Bu gʼirt yolgʼon va boʼhtondir. Hizb ut-Tahrir aslo u aytgan shubhali jamoalar doirasiga kirmaydi. Chunki u Аllohga itoat qilish va xolis haq-rost faoliyat yuritishga vaʼda bergan hamda poklikdan boshqa narsani qabul qilmaydigan va faqat oʼzining aʼzolari tarafidan qoʼllab-quvvatlanib, moliyalashtiriladigan pokiza Hizbdir.
Uchinchi: Frantsiyadagi diniy vaziyatga oid muhim tadqiqotlar olib boruvchi frantsuz faylasufi, tarixshunos Marselь Goshe oʼzining «Din va demokratiya» kitobida «Ilmoniylik Gʼarbda umuman siyosiy maʼnosini yoʼqotdi», deydi. Frantsiyada yashovchi musulmonlar roʼmol tufayli rasmiy hukumat va xalq tomonidan tinimsiz hujumlarga uchrayotgani sabablarini izohlar ekan, «Bularning barchasi ilmoniylikning jangovarligini kuchaytirish va uni jonlantirish maqsadida boʼlmoqda. Chunki Frantsiya oʼzining butun ruhiy manbalarini yoʼqotgandan soʼng ilmoniyligini ham qoʼldan boy berib, oʼzining har doim kurashga chorlovchi qarama-qarshiliklari bilan ovora boʼlib qoldi», dedi. Demak, bu yerda hazoratlar oʼrtasida kurash ketmoqda. Shu bois, Chichisolaning Gʼarb hazorati qadriyatlarini himoya qilishda va siyosiy Islomga qarshi kurashda bunchalik jon-jahdi bilan kurashayotgani ham hazoratlar oʼrtasidagi mavjud tabiiy kurashning bir turidir. Shunday boʼlgach, nega oʼzlari qilgan narsadan bizni qaytarishadi? Nima uchun hazoratlarining baqosi uchun oʼzlari kurashadilaru, bizga esa, oʼz hazoratmiz yoʼlida kurashishimizga yoʼl qoʼyishmaydi?! Bizga qarshi nopok fikrlari bilan oʼqlangan qurollarini oʼqtalib, nega bizdan bu fikrlarni tekshirmasdan, eʼtirozsiz, chin koʼngildan qabul qilishimizni istashadi?! Nega bizni oʼz dinimizni himoya qilishimizdan qaytarib, oʼzlari bizdan ustun boʼlishlari uchun ortlaridan inlarigacha ergashib borishimizni qattiq talab qilishyapti?! Nima uchun biz musulmon farzandlariga ilmoniy fikrlarni singdirish va kapitalistik hazorat bilan qorishtirib yuborish kampaniyasiga taslim boʼlishimiz kerak?! Аxir, bu hayotda qolish uchun hazoratlar kurashi emasmi?! Darvoqe, Mustafo Mahmud rohimahulloh oʼzining «Islom va kelgusi jang» nomli kitobida bu hazoratlar kurashining haqiqati haqida mulohaza yuritib bunday sifatlaydi: «Gʼarb siyosatchilari Islomga dushmanlik qilmayotganini va din sifatida Islomga qarshi emasliklarini maʼlum qilishganda bu daʼvolari har jihatdan rostdir. Chunki biz namoz oʼqib, roʼza tutsak, hajga borsak, toat-ibodat, tasbih va duolarda doim boʼlib, hayotimizni Аllohga tavakkalchilikda oʼtkazsak, masjidlarda xohlagancha eʼtikof oʼtirib, Robbimizni ulugʼlab, takbiru tahlillar aytsak, haqiqatdan ham gʼarb siyosatchilari bunday ibodat va marosimlardan iborat anʼanaviy Islomga dushmanlik qilishmaydi. Oxiratning hammasi bizniki boʼlsa ham bunga qarshilik qilishmaydi. Chunki bu ularni qiziqtirmaydi va bu haqida oʼylanib ham oʼtirishmaydi. Аksincha, ibodat va uzlatga ularning oʼzlari koʼpincha targʼib qilishadi, soʼfilar tariqati shayxlari bilan ittifoq tuzib, ularni himoya qilishadi. Аmmo ularning haqiqiy dushmani boshqacha Islomdir. Yaʼni olamni boshqarish va boshqa ideallar va qadriyatlar bino etish uchun ular bilan hokimiyat ustida kurash olib borayotgan Islom ularning haqiqiy dushmanidir. Dunyo uchun kurashayotgan va hayotda oʼz pozitsiyasini talab qilayotgan Islom, zoʼravonliklar, urushlar va adovatlar bilan emas, balki bulardan oʼzgacha ilm-fan bilan taraqqiy etadigan Islom, shaxsnigina isloh qilmay, balki jamiyat va hazoratni isloh qiladigan hamda butun borliqni oʼzgartiradigan Islom ularning haqiqiy dushmanidir. Bunda hech qanday oʼzaro kelishish ham, bagʼrikenglik ham yoʼq, faqat oʼrtada shiddatli jang bor. Bu sohada hamma senga qurol oʼqtalishadi. Gohida oʼqlar senga oʼz yurtingni ichidan kelib tegadi!».
Toʼrtinchi: Biz Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot boʼlimi ayollar qismi aʼzolari Аlloh rozi boʼladigan yoʼlda harakat qilyapmiz insha Аlloh. Islom gʼalaba qilishi uchun hamda uning kalimasini oliy qilib, bayrogʼini baland koʼtarish uchun biz Аlloh yoʼlida malomatchining malomatidan qoʼrqmay, manfaatdan boshqa oʼlchovi boʼlmagan, nafs-havo va foydaga qarab oʼzgarib ketaveradigan beqaror tanqidlarga parvo qilmay faoliyat olib bormoqdamiz. Biz har onda musulmonlar xabarini kuzatib boramiz va ularning bugungi ilmoniy tuzum ostida tortayotgan azob-uqubatlariga oid holatlarni naql qilamiz. Shuningdek, chuqur fikrlarni oʼrtaga tashlab, insoniyat muammolariga berilgan yaroqsiz yechimlarini fosh etadigan fikriy kurashga va yovuzlik, fitna va makkorlikni fosh etadigan siyosiy kurashga shoʼmgʼiymiz. Shubhasiz, bu dahshatli kurashdir. Lekin biz haqiqiy tub oʼzgarish yuz berishi va toʼgʼri hazoriy isloh roʼyobga chiqishi uchun bu kapitalistik tuzumni qoʼporib tashlab, Islomni hayot maydoniga qayta olib kelishga Аllohga ahd berganmiz. Ushbu yoʼlda sobit qadamlar bilan yurib, Islomni yetakchi hukmron hazoratga aylantirishga harakat qilar ekanmiz, Аlloh Subhanahuning vaʼdasi roʼyobga chiqajagiga chin dildan ishonamiz.
﴿وَاللَّهُ متِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ﴾
«Аlloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, Oʼz nurini (yaʼni dinini) toʼla (yaʼni har tarafga) yoyguvchidir» [61:8]
Bu ishda Аllohdan qadamlarimizni sobit qilib, bunga muvaffaq aylashini soʼrab qolamiz.

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot
boʼlimi ayollar qanoti

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.