بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Tunis hukmdorlarining bir tomondan muvaffaqiyatsizliklari, yana bir tomondan yalinishlari tinmayapti
Tunis prezidenti Qays Said 2022 yil 4 noyabr juma kuni Qartoj qarorgohida Аrab davlatlari Valyuta Fondi direktorlar kengashi raisi Аbdurahmon ibn Аbdulloh Hamidiyni kutib oldi. Markaziy Bank direktori Marvon Аbbosiy ishtirokidagi ushbu uchrashuvda Hamidiy nutq soʼzlab, ayni uchrashuvning «umumiy oʼzgarishlarning darakchisi ekanini, bu oʼzgarishlar iqtisodiy dastur qabul qilish va shu asosda Xalqaro Valyuta Fondi bilan muvofiqlashish nuqtai nazaridan boʼlayotgani»ni taʼkidladi.
Shu kunning oʼzida Hamidiy Qasabadagi hukumat qarorgohida bosh vazira Najlo Buden Ramazon tomonidan ham kutib olindi. Uchrashuv Tunis bilan Аrab davlatlari Valyuta Fondi oʼrtasida qiymati 74 million dollarda «oddiy kredit» bitim imzolanishi ortidan boʼlib oʼtdi.
Bu xususda Hizb ut-Tahrir – Tunis viloyati matbuot boʼlimi bayonot chiqarib, quyidagi punktlarga toʼxtalib oʼtdi:
– Olinayotgan bu kreditlar davlatni kishanlab, yurt va fuqaroni qashshoqlashtirmoqda hamda yurt qarorini xorijga garov qilib bermoqda. Chunki qarz olish Tunis davlatining birinchi navbatdagi rasmiy iqtisodiy tanlovi boʼlgan va hamon shunday boʼlib qolmoqda. Qoʼzgʼolondan soʼng, qarz olish mutanosiblik, miqdor va sifat jihatidan ortdi va 2011 yil bilan 2022 yil oʼrtasida uning hajmi 115 milliard dollarga yetdi va bu yurtdagi yalpi ichki mahsulotning 80 foiziga teng demakdir.
– Hamidiyning nutqi chirik Аrab davlatlari rejimlari tilidan aytilgan sof kapitalistlik nutqdir. Bu rejimlarning barchasi ajnabiy doiralar va yurtimizni talon-toroj etayotgan mustamlakachi davlatlar mantiqiga hanuz amal qilib kelmoqda. Shubhasiz, bu yurt boyliklarini xususiylashtirish, talon-toroj qilish va Ummatni ushbu boyliklardagi haqqini qaytarib olishga yoʼl qoʼymaslik mantiqidir.
– Prezident qays boshqaruvi yalinish siyosatini qoʼllab, shunga umid bogʼlayotgan ekan, bu narsa Tunisning hargiz biror krizisini hal qilmaydi! Bunday xorlik siyosati oqibatida yurtimiz boshiga tushayotgan ulkan ziyon barchaga oydek maʼlum boʼlib qolgan».
Bayonot soʼnggida bunday deyildi:
Tunis va boshqa musulmon yurtlaridagi iqtisodiy muammolar yechimiga Islomdagi iqtisod nizomini tatbiq etish bilan erishiladi. Buning uchun Аlloh halol qilgan tijorat va pul zakoti, rikoz, xiroj, ushr, fay va oʼljalarni, shuningdek, neftь, gaz, foydali qazilmalar va boshqa jamoat boyliklarini davlat resurslariga aylantirish hamda ularni shariat belgilagan tomonlarga sarflash lozim.
Roya gazetasining 2022 yil 16 noyabr chorshanba kungi 417-sonidan