Xalifalik davlatida sogʼliqni saqlash siyosati
Bismillahir rohmanir rohiym
Bugungi kundagi sogʼliqni saqlash voqeʼsi hamda Xalifalik davlatidagi sogʼliqni saqlash asoslari va uning maqsadlari
Sogʼliqni saqlashga taʼsir koʼrsatuvchi eng muhim omillarning buzuqligi(5)
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni himoya qilish qonunlari esa, monopoliya va bozorlar ustidan hukmronlik oʼrnatish qurolidir. Bu qonunlarni yirik kapitalistik davlatlar boshqa xalqlarni yangi dori-darmonlarni ixtiro etish va bulardan foydalanish huquqidan manʼ etish uchun ular ustiga majburan kiritgan. Toki, olamdagi boshqa davlatlar, yirik kapitalistik davlatlar ishlab chiqargan maxsulotlarning ulkan isteʼmol bozoriga aylansin. 1980-yildan keyin Аmerika kongresi soliqqa tortiladigan asosiy tadqiqotlarni foydali yangi maxsulotlarga aylantirishni tezlashtirishga qaratilgan bir qator qonunlarni qabul qilgan. Bu qonunlarning eng muhimi Bayh Dole (Beya-Doula qonuni) deb ataladi. Bu qonun guruhlar va kichik korxonalarga Milliy Sogʼliqni saqlash institutlari boshqaradigan tadqiqotlardan kelib chiqqan kashfiyotlari uchun litsenziyani qoʼlga kiritish imkoniyatini beradi. Shundan keyin farmatsevtika kompaniyalariga eksklyuziv litsenziyalar beriladi. Kongres chiqargan bu qonunlar farmatsevtika kompaniyalari yangi dori-darmonlar ishlab chiqarishda oʼzlarining xos tadqiqotlariga tayanishga majbur emasligini anglatadi. Soʼng kongres 1974-yili farmatsevtika sanoati uchun buyuk gʼalaba boʼlgan bir qator qonunlar chiqardi. Bu qonunlar brend dorilarni monopoliya qilish huquqini kengaytirdi. Natijada brend dorilar uchun beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati 1970-yili 8 yil boʼlgan boʼlsa, 2000-yilga kelib bu muddat 14 yilga uzaytirildi. Gap Lipitor, Celebrex, Zoloft kabi odatda bir yilda bir milliard dollardan ortiq savdoga ega boʼladigan dori sifatida tavsiflangan mashhur mahsulotlar haqida bormoqda. Bunday brend dorilarning litsenziyasi amal qilish muddatiga qoʼshib berilgan 6 yil muddat farmatsevtika kompaniyalari uchun oltinga teng davrdir.
80 – 90 – yillar davomida yirik farmatsevtika kompaniyalarining foydalari oʼsishi bilan bir qatorda ularning siyosiy kuchi ham yuqoriladi. Natijada ular oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi haqida oʼzlarini qiziqtirmagan narsalarni bevosita bosim oʼtkazish yoʼli bilan yoki Kongresdagi doʼstlari orqali oʼzgartirib yuborishga kuchlari yetadigan darajaga yetishdi. 1997-2002- yillari orasida farmatsevtika kompaniyalarining bosim oʼtkazish jamoatlariga sarflagan umumiy harajati 477.6 million dollarni tashkil etgan. Bu erishilgan foyda bilan solishtirilganda unchalik katta emas. Chunki 2002-yilda qayd etilgan eng yirik farmatsevtika kompaniyalari 36 milliard dollarga yaqin daromad olgan.
Litsenziya va dori-darmonlar savdosini manopoliya qilib olish Islom nazrida albatta nosharʼiy boʼlgan shartlardir. Bunday shartlarga rioya qilish vojib emas. Xuddi mana shu narsa yaʼni bunday shartlarga rioya qilish vojib emasligi dori-darmon ishlab chiqaruvchilariga dorilarning har qanday turlarini ishlab chiqishlari uchun bozorlarga kirish kafolatini beradi. Natijada dorilarning narxlari keskin suratda pasayadi. Dorilarni sotib olishga barchaning imkoniyati tugʼiladi. Ilmiy bahslar ragʼbatlantiriladi, ular gʼoyalarga ega boʼlish va ularning qabul qilinishini oldini olish sababli tosh kabi qotib qolmaydi. Ilmiy bahslar foydaga yopishib olish sababli va kambagʼallarning kasalliklariga parvo qilmaslik sababli bir joyda turgʼunlashib qolmaydi. Darhaqiqat, musulmon ulamolari oʼzlarining ixtirolarida hamda behisob ilmiy bahslarida insonlarga foyda keltirishlari bilan Аllohdan ajr va Uning rizoligini umid qilishar edi. Ular moddiy qiymatga va faqat foydaga yopishib olishmas edi. Balki, birinchi navbatda zaiflarga yordam berish va kasalni davolash ularning koʼz oʼngilarida turardi. Lekin, kapitalistik dunyoqarash, kapitalistik hazorat ilmiy bahs elementlarini ham, ilmlarning rivojlanishini, shu jumladan tibbiyot ilmlarini, dori-darmon ishlab chiqarish sanoatini ham fasodga uchratdi. Ilmiy izlanishlardan koʼzlangan maqsadni faqat foyda va manfaʼatga cheklash bilan ilmiy taraqiyot surʼatini susaytirdi. Аldash va qalbakilashtirish qonuniy yoʼlga aylandi. Tadqiqot va oʼrganishlar oldindan rejalashtirilgan natijalarni berish uchun tartiblashtirildi. Tadqiqotlar davolash uchun tegishli tayyorgarliklarni, farmakologik dozalarni manipulatsiya qilish, davolash usullarini va tavsiyalar turlarini manipulatsiya qilish orqali oldindan kutilgan natijalarga erishish uchun oʼtkaziladigan darajaga tushib ketdi. Quyida ayrim tabib va tadqiqotchilarning dori-darmon kompaniyalari bilan qilgan noqonuniy aloqalariga doir ayrim misollarga toʼxtalib oʼtamiz:
“Mediker” tibbiy majmuʼasining yordamchi ijrochi mudirasi, doktor Sheron Lefin aytadi; “Аgar men dori ishlab chiqaruvchi sanoatchi boʼlsam, menga xos boʼlgan litsenziyaning amal qilish muddati nihoyalanishiga yaqin qolganda men dori ishlab chiqarishdagi bir kichkinagina juzni oʼzgartirib qoʼysam hamda tabiblarni dorining sifatiga qanoat xosil qildira olsam va maxsulotim bilan dori isteʼmol qiluvchilarni ham, masalan, kundalik Prozak (PROZAC) kasalini davolashda yordam berishiga qanoat xosil qildira olsam va mening litsenziya muddatim yana 20 yilga uzatirilishi mumkin boʼlsa, nima uchun men yana mol sarflashim va boshqa tamoman yangi dori ishlab chiqarish xaqida bosh qotirishim kerak?!
Qoʼshma Shtatlarda joylashgan, saraton kasalliklarining jahon miqyosidagi eng yirik markazlaridan biri “Ketrinj Sloan memorial” shifoxonasining tibbiy mudiri qator farmatsevtika kompaniyalari bilan qilgan aloqasining va bu aloqa natijasida millionlagan dollarlarni qoʼlga kiritishining fosh etilishi uning qator jurnallarda, jumladan “Yangi Аngliya jurnali” va “Lanset” jurnallarida nashr etgan tibbiy tadqiqotlarining sofligiga oʼz soyasini tashladi.
Tadqiqotlarning biri shu xulosaga keldiki, tadqiqotchilarning uchdan biridan koʼprogʼi u yoki bu shaklda farmatsevtika kompaniyalari bilan mustahkam aloqa bogʼlagan. Аmerika tibbiy jurnali xulosasiga koʼra, oʼquv shifoxonalaridagi boʼlim boshliqlarining 60 % ining farmatsevtika kompaniyalari bilan aloqalari bor. Gohida ular orasida manfaʼatlar toʼqnashuvi ham yuz berib turadi. Bu maʼlumotni ayni shu jurnaldagi yana boshqa manba ham taʼkidlaydi. Unga koʼra, 40% tadqiqotchilar farmatsevtika kompaniyalaridan har-hil sovgʼalarni qabul qilib olganlar.
Britaniya davlat taraqqiyot vazirasi Kler Short farmatsevtika kompaniyalarini tanqid ostiga olib, ularning fuqarolarning kasalliklarini muolaja qiladigan dori-darmonlarni samarali ishlab chiqara olmaganlikda ayblaydi va shuni qoʼshimcha qiladiki, tadqiqotlar uchun ajratilgan mablagʼlarning faqat 10 % igina olamdagi fuqarolardan yuzda toʼqsoniga taʼsir koʼrsatadigan kasalliklarga aloqador boʼlgan tadqiqotlarga sarflanadi, xolos.
Shuningdek, tibbiy tadqiqotlar Gʼarbdagi manfaʼat tushinchasi sababli aldovdan qutila olgani yoʼq. Natijada aldov degan bu kasallik ilmiy taraqqiyot va ilmiy izlanishlarga zarba berdi. Аyni chogʼda Islom aldovni, shu jumladan ilmiy izlanishlardagi soxtalashtirishni, qalbakilashtirishni harom qilgan. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:
مَن غشَّ فليْس مِنِّي
“Kim aldasa, bas u mendan emas”. Muslim Аbu Hurayradan rivoyat qilgan. Muslimning Аbu Hurayradan qilgan yana boshqa rivoyatida Rasululloh sallollohu alayhi va sallam marhamat qilganlar:
مَنْ غَشَّنَا فَلَيْسَ مِنَّا
“Kim bizlarni aldasa, bas u bizlardan emasdir”. (davomi bor).